Mavzu: O`zbek bolalar adabiyotidagi vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Reja:
1. Bolalar adabiyoti
2. O`zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi.
3. Bolalar adabiyotini davrlashtirish.
Bolalar adabiyoti — bolalar va o`smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o`zbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, o`yin qo`shiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga mo`ljallab yaratilgan og`zaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyoti ni bevosita bolalarga mo`ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo`ljallanmagan bo`lsada, keyinchalik Bolalar adabiyoti ga o`tib qolgan asarlarga ajratish mumkin.
Bolalar adabiyoti ning o`ziga xos xususiyati — o`zgaruvchan hodisa bo`lib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog`liq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyoti ning eng asosiy xususiyatlaridandir. Maye, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu ko`rgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy ko`rinishdagi ziddiyatlariga asoslangan bo`lsa, o`smirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.
Bolalar adabiyoti ning yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyoti da syujetga bo`lgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi.
Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mav`izatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyoti ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mav`izatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Bo`ston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida o`zbek Bolalar adabiyoti ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa o`zbek Bolalar adabiyoti ning mumtoz namunalari bo`lib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Bolalar adabiyoti ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan ma’rifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog`liq. O`zbek Bolalar adabiyoti ning barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi — 20-asr boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa o`nlab ma’rifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi o`zbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va o`qish kitoblari o`zbek Bolalar adabiyoti ning tom ma’nodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyoti ga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning o`ziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir.
O`zbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyoti ning ilgor an’analari ta’sirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyoti ning nodir namunalari o`zbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom tog`aning kulbasi" (BicherStou), "So`na" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari o`zbek bolalarning ham mulki bo`lib qoldi.
Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yo`nalish bo`lsa, G`arb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini o`zbekchalashtirish ikkinchi yo`nalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va o`qish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyoti ning o`ziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-asrning 20—30- yillarida Hamid Olimjon, G`afur G`ulom, G`ayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Jo`ra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Po`lat Mo`min va boshqa ijodkorlarning asarlari o`zbek Bolalar adabiyoti ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
O`zbek Bolalar adabiyoti da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurg` yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Sa’dullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Jo`raning "Zangor gilam" va "Qaldirg`och" singari adabiy ertaklari xalq og`zaki ijodi an’analari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30- yillarda o`zbek bolalar she’riyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
40—60- yillarda o`zbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi To`xtaboyev, Tolib Yo`ldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uyg`un, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va o`simliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yo`g`rilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan e’tiborga sazovor.
50—60- yillarda G`afur G`ulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "O`tmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Ko`rgankechirganlarim" qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush bo`lib qo`shildi. Xudoyberdi To`xtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariqdevni minib", "Sariq devning o`limi" asarlari ham sara asarlar qatoridan o`rin oldi. Bular ko`pgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "Sunmas chaqmoqlar", "Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning o`ziga xosligi bilan e’tibor qozondi.
80- yillar Bolalar adabiyoti da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan e’tiborga sazovor bo`ldi.
Bolalar adabiyoti da badiiylik bilan bir qatorda ma’rifiylik ham yetakchi o`rin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyoti ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma’rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham ko`zga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida o`zbek Bolalar adabiyoti da ko`proq ma’rifatparvarlik g`oyalari yetakchilik qilsa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80- yillar Bolalar adabiyoti da psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, o`z qarashlariga ega bo`lgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
O`zbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90- yildar yangilanish davri bo`ldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli ta’sir qildi, ularning asarlarida haqiqiy o`zbek qiyofasi tasviri yetakchi o`rin egallay boshladi. Bolalar adabiyoti ning o`ziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon bo`ladi. Mac, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari ko`proq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targ`ibiytashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30- yillar Bolalar adabiyoti da ko`proq xalq og`zaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yo`q edi. 50—60- yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi o`rin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyoti ga aylandi. 70—80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga o`z nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik ta’riflardan ko`ra tanqidiy nigohi o`tkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda o`zbek Bolalar adabiyoti ga ilk bora bolalarning o`ziga xos, endigina uyg`onib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90- yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, o`zbek bolasi o`zbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulug` ajdodlarga munosib bo`lish ruhidagi, tom ma’nodagi vatanparvarlik g`oyasi ustuvor asarlarni o`qish baxtiga musharraf bo`ldi.
Ijodkor xalq badiiy so`zning yosh avlod tarbiyasidagi kuchi va jozibasiga qadim zamonlardanoq ishongan . U o`zining eng noyob asarlarini so`z mo``jizasi bilan dunyoga keltirgan. Hali yozuv nimaligini bilmagan vaqtlarda ham odamlar o`yin-kulgini, surat chizishni bilganlar. Xalqimiz orasidan buyuk iste`dod sohiblari baxshilar, naqqoshlar, sangtarolar va roviylar yetishib chiqqanlar.Ularning asarlarida ko`hna tarix izlari, xalq termalari, dostonlarida ona allalari va bola o`yinlarida saqlanib qolgan. Ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar bolalarning dunyo qarashini kengaytiradi, bolaning ma`naviy dunyosini shakllantiradi. Bolalar endi o`z harakatlarida kattalarga taqlid qiladilar.
Bolalarni yoshligidanoq foydali ishlarga o`rgatish mashg`ulotlar, qo`shiqlar, ertaklar orqali amalga oshiriladi. Bola allalagan ona o`ziga xos poeziya yaratadi. U beshik ustida bugun aytgan so`zlarini ertaga takrorlamaydi, nimadir qo`shib boyitibroq aytadi. Shu yusinda allalar, ermaklar, qo`shiqlar, termalar, topishmoqlar yig`ilib katta bir dengizni hosil qiladi. Bolalar folklori bola uchun ilk tarbiya darsligi, ma`naviy boyliklarning bitmas tuganmas xazinasidir.
Har bir xalq bolalar adabiyotining vujudga kelishi o`sha xalqning ma`naviy tafakkuri bilan bog`liq. Shu tariqa xalqning o`zi farzandlari uchun maxsus adabiyotni maydonga keltirish tashabbuskori bo`lib chiqqan.
Rus xalqi orasida jodugar kampir YaGA, yalmog`iz uchar ilon, TO`G`RI va EGRI to`g`risidagi ertaklar; turkiy xalqlar orasidagi ShIROQ, TUMARIS, GULDURSUN haqidagi afsonalar shuhrat qozongan. Xolbuki, bu ertaklarning yaratilishi eramizdan avalgi 6-4 asrlarga borib taqaladi.
Shuningdek, turkiy xalqlar orasida hind va arab folklori namunalari ham keng yoyildi. Masalan: ”PANCHATANTIRA”, ”KALILA va DIMNA”, ”Romayana”, ”MAXOBXARAT”, “MING BIR KECHA” shular jumlasidandir. Bu holat yangi eraning boshlanishiga to`g`ri keladi.
Eng qadimiy janrlardan biri bu qo`shiq janridir. Qo`shiqlarning ham eng qadimiysi bu beshik qo`shiqlari hisoblanadi. Bola tug`ilib tili chiqqunga qadar kattalar ularga Alla aytib beradilar, tarbiyachilar turli mashg`ulotlar o`tkazadilar, turmushga zarur bo`lgan dastlabki hayotiy qoidalarni o`rgatadilar.
Beshik qo`shiqlari hamma xalqlarda bor. Xususan, ming yillar ilgari ham beshik qo`shiqlari bo`lgan. Beruniy, Ibn Sino asarlari orqali juda ko`p qo`shiqlar yetib kelgan. Beshik qo`shiqlarini kengroq ma`noda allalar, ovunmachoqlar, ibrat-o`gitlar deb aytiladi.
A L L A L A R. Beshik qo`shiqlari bu alla demakdir. Allani qadimda “B a l u – b a l u” deb ham aytganlar. A.Navoiy esa allani “n a v o g o`” deb atagan.
Alla turli xalqlarda turlicha atalgan: turklarda “ninni”, tatarlarda “elli”, ”belli”, qoraqalpoqlarda “heyya”, va “heyya” va hokoza. Ularning vazifasi bir xil – bolalarni uxlatish, ovutishdir.
Ibn Sino allani bola tarbiyasi haqidagi rolini quyidagicha ifodalaydi:
“Bolani mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak. Biri bolani beshigini sekin tebratmoq , ikkinchisi uni uxlatish uchun Alla aytishdir. Bu bilan bolaning tanasi va ruhi orom oladi. Xatto, ona bu holatda g`azab, g`amginlik, cho`chishdan holi bo`lishi kerak.”-deydi.
Alla bolam, Alla,
Jonim bolam Alla.
Ikki ko`zim Alla,
SHirin so`zim alla.
Alla qilsin bolam-o
Uyquda orom olsin-o
O V U N M A Ch O Q L A R . Onaning bola bilan bo`lgan munosabatlarida qadimiy odatlarni kuzatish mumkin. Hozir ham bunday holatni ba`zan uchratamiz. Masalan: bolani beshikka belayotganda o`ng qo`li bilan to`shagini tekislab, bolani yotqizayotganda e g a l a r i k i r s i n , b o b o v l a r i ch i q s i n ! Yechib olayotganda u y q u s i b ye sh i k d a q o l s i n deydi. Ikki narsaga diqqatingizni qarating.Bolani beshikka belaguncha vaqtincha farishtalar egallab turisharkan.Ikkinchisi uyqu boladan ajralib beshikda qolsin. Qoshg`ariy :» I s i r i q i s i r i q , Ey j i n , e s x u sh i n g n i y o` q o t” deydi.
Ovutmachoqni alladan farqi bor: Alla chaqaloqni tinchlantiradi, ovutmachoq esa bolani bir narsa bilan mashg`ul qilishga katta rol o`ynaydi.
Chaqaloqning qiz yoki o`g`illigiga qarab erkalatuvchi so`zlar tanlanadi. O`g`il bolaga kiyim kiydirish vaqtida aytiladigan so`zlarga diqqatingizni qarating:
Chaqaloqqa chakmancha,
Olib keling dadasi
Yoqasiga tugmacha
Taqib keling dadasi.
Qiz bolaning sochlari haqida kup qo`shiqlar mavjud. Onalar qizaloqlarini sochlarini parvarish qilib silab-siypalab qo`yidagicha erkalatadilar:
Qizim , Qizim qizomadi,
Sochlari nega uzomadi.
Onasi yuvib taramadi
O`shaning uchun uzomadi.
Yoki osmondagi oyni bolaga tanishtirish lavhasiga diqqatingizni qarating:
Oymo`ma illa
Qanoti tilla.
Jo`ravoyning yuzini
Sovuq suvga yuvma.
Shundan keyin bolaga oyni ko`rsatasiz, bola oyni taniydigan bo`ladi.
M A Q O L L A R : shaklan ixcham, mazmunan chuqur ma`no anglatuvchi hikmat. Maqollar bolalarning axloqiy qiyofalarini tarbiyalashda yordam beradi.”Inson qo`li gul”, “Bugungi ishni ertaga qo`yma”, “kup o`yla oz so`zla”, “Ona yurting OMON bo`lsa rangi ro`ying somon bo`lmas” kabi ko`plab xalq maqollarini ishlatamiz.
: Xalq og`zidagi iboralar ibratli – ugit so`zlar deb yuritiladi. Ibrat-ugitlar turli ko`rinishlarda uchraydi
I B R A T L I U G I T S O` Z L A R. Kattalar bolalarni yaxshi ugitlarga o`rgatar ekan inson uchun zarur qoidalarni shu tarzda bolaga o`rgatadi va talab qiladi: ”Suvga tupirma”, ”nonning ushog`ini yerga tashlama”, “kitobni bosma”, ”kosaning tagida qoldirma”, “kechasi tirnoq olma”, kabi iboralar «yomon bo`ladi”, “go`noh bo`ladi”, “uvol bo`ladi” kabi so`zlar bilan qo`shib aytiladi.
T A Q I Q L O V Ch I I B O R A L A R ni izohi bilan aytiladigan turlari bor: Masalan: “Yong`oq tagida yotsa ajina chalib ketadi “, “behudaga yig`lasa boshi kal bo`lib qoladi”, “yolg`on gapirgan pes bo`lib qoladi” kabi iboralar izoh talab qilmaydi.
To`g`ri ma`nodagi t a r b i ya v i y x a r a k t ye r d a g i iboralar: ”bola degan oz gapiradi”, “Kechasi uy supirib bo`lmaydi”, “Nonni tanlamasdan olinadi” kabilar ham izoh talab qilmaydi.
Bolaga aytiladigan m a j o z i y g a p l a r ham bor .Ular ko`chma ma`noda ishlatiladi: “ko`zingga qarab yur”, “og`zingga qarab gapir”, “tilingni shirin qil” kabi iboralarni bolalar birdan tushunavermaydilar. Asta-sekin hayot tajribasi ortishi bilan tushunib oladilar. Bir qancha iboralar borki, bolaga baho berishda uning xulqini belgilashda ishlatiladi: “Hoy bola qadamingni to`g`ri bos”, ”Teringga somon tiqdiraman”, ”Sulaymon o`ldi devlar qutildi”, “Sayoq yurma-tayoq yeysan”, ”Yeb to`ymagan yalab to`yadimi” kabi.
Yana bir turkum ibrat so`zlar borki, ularni v o q ye a b a n d i b r a t so`zlar deymiz. Ular kichik didaktik hikoyalar bo`lib , mazmunida biror bir maqol keltiriladi: Masalan: Luqmoni Hakim o`g`illarini uylantirmoqchi bo`libdilar. Yaxshi qiz topish maqsadida o`g`illarini kuchaga odamlarga ko`rsatib urib ketaveribdilar. Bu voqeani ko`rgan qizlar : bobo nega bu bechorani urayapsiz, desalar, Luqmoni Hakim bo`lsa: Bir ishni men aytmasam o`zidan bilib qilmaydi deb javob beribdilar. Qizlar bolaning holiga achinishibdi. Faqat bir qiz: Urush kerak , yaxshi odam o`zidan bilib ish qilishi kerak , debdi. Luqmoni Hakim u qizning uyini bilib, ertasiga sovchi yuboribdi. Bolam ishni o`zi bilib qilishda hikmat ko`p.
Rasulolloh suv so`raganligi haqidagi rivoyat.
Aka- ukalarni ittifoqligi haqidagi rivoyat.
Sadoqat otini tanlagan yigit haqidagi rivoyat.
O`zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. Yozma adabiyotning vujudga kelishi barobarida bolalar tarbiyasiga bag`ishlangan asarlar ham paydo bo`ldi. Lekin bu maxsus bolalar adabiyoti vujudga keldi degani emas. Negaki, bunday asarlarning aksariyati didaktik xarakterda bo`lib, ularda kattalarning hayot va tarbiya haqidagi mulohazalari berilgan. Bu xildagi asarlarni bolalar adabiyoti tarzida emas, bolalar kitobxonligi tarzida qarashni lozim deb bilamiz. Chunki bolalar adabiyoti tushunchasi bilan bolalar kitobxonligi tushunchasi bir-biridan farq qiladi.
Masalan: S.Ayniyning «Esdaliklar” memuar asari, Oybekning “Bolalik”, A.Qahhorning “O`tmishdan ertaklar” asarlari bolalar adabiyotining namunalari sanaladi. Aslida bu asarlarning qahramonlari bolalar ( Sadriddin, Mussa, Abdulla ) bo`lsalar-da, voqelik kattalar didi bilan idrok qilingan. Demak, bolalik muammolari kattalargagina xos badiiy tafakkur sintezidan o`tkazilib o`sha davrga munosabat bildirilgan. Bunday asarlar bolalar yosh xususiyatiga dunyoqarashi bolalar tili gapirish manerasiga xos belgilarga rioya qilinmagan. Keyinchalik bolalar uchun alohida adabiyot yaratish ehtiyoji paydo bo`ldi.
O`zbek bolalar adabiyoti uchun maxsus adabiyotni vujudga keltirish harakatlari XX asr boshlarida bolandi. Bu haraktning boshlovchilari Hamza, Ayniy, Avloniy, Azjiy kabilar bolalarni ma`rifatga chorlovchi yangi usuldagi maktablar ochdilar va darsliklar yaratdilar. Albatta bu darsliklar bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq bo`lishiga alohida e`tibor berdilar.
30 - yillarda G`.G`ulom, Oybek, H.Olimjon, Uyg`un kabi yozuvchilar bilan bir qatorda bolalar adabiyotining Zafar Diyor, Sulton Jo`ra, Adham Rahmat, Shukur Sa`dulla, Ilyos Muslim, Quddus Muhammadiy kabi vakillari ham kirib keldilar. Bular o`zbek bolalar adabiyotini shakllantirishda muhim hissa qo`shdilar. Mana shu yillar bolalar adabiyotini davrlashtirishga ham katta e`tibor qaratildi.
Bolalar adabiyotini pedagogik –psixologik xususiyatlariga qarab 3 davrga bo`lindi.
Bolalar adabiyotini davrlashtirish
1.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yogacha)
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligining xususiyatlari
Bola yetti yoshga tulguncha atrofdagi hayotiy yangiliklarni tez ilg`aydigan bo`lib o`sa boshlaydi. Bu ishlarni faqat bolani kelajakka tayyorlash deb tushunish kamlik qiladi. Chunki bolalik – inson uchun navqironlik fasli hamdir. Insondagi salbiy va ijobiy fazilatlar xuddi shu davrda shakllana boshlaydi. Darhaqiqat, hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Bolalikdagi har qanday taassurot xotiradan o`chmaydi. Demak, bolani kichkintoyligidan so`z san`ati bilan sehrlash lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o`qishni bilmaydilar. Ular uchun dunyo noma`lum. Ularda ana shu noma`lum narsalarni bilishga intilish, qiziqish kuchli bo`ladi. Bunda ota-onalar, bog`cha tarbiyachilari kata rol o`ynaydilar. Bu yoshdagi bolalar kattalarga taqlid qiladilar. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga mo`ljallangan kitoblarda hayvonlar, parrandalar, hashoratlar, o`simliklar bo`lsalarda ular odamlarday gapirishadi, fikr yuritishadi, kichkintoylarning dunyoqarashlarini shakllanishida muhim rol o`ynashadi. Sog`lom bola 7-9 oyligidayoq ayrim tushunchalar mohiyatini anglay boshlaydilar: qo`lingni ber, tur, o`tir va xokozo. Bir yoshga kirgan bola 10 yaqin so`zni tushunadi va ayta oladi. Ikki yoshda esa so`zlar miqdori 300 ga yetadi. Endi u “U nimah”, “Bu Kimh” savollar takrorlay boshlaydi. 3 yoshga to`lganda bola o`rgangan so`zlar miqdori 1200-1300 tani tashkil qiladi. Endi u grammatik qoidalarsiz o`zi so`z yasay boshlaydi, so`zlarni mantiqan aloqaga kiritib fikrini bayon qiladi. Umuman maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va bog`cha tarbiyachilari tomonidan amalga oshiriladi. Hali o`qish, yozish, chizishni bilmaydigan bola dunyo sirlaridan bexabar bo`ladilar. Shunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o`rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog`chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ularga badiiy asarlardan parcha o`qib berishlari lozim. Bolalarga o`qib beradigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo`lishi talab etiladi. Bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo`lishi maqsadga muvofiq.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko`pchiligi ertak, qo`shiq, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og`zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim xarakterli voqealar va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga xos tilda ularning yoshi, ruhiyati, saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Ma`lumki, tarbiya jarayoni, ayniqsa еtti yoshgacha bo`lgan bolalar tarbiyasi nihoyatda murakkabdir. Maktabgacha tarbiya pеdagogikasida bolalarni har tomonlama kamol topishida tarbiyaning asosiy xillari jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, mеhnat tarbiyasi va estеtik tarbiya ekanligi ilmiy asoslab bеrilgan.Bu tarbiya xillari bir-biri bilan uzviy bog`langandagina yaxshi natijaga erishish mumkin. Estеtik tarbiya tushunchasi badiiy tarbiya bilan birga qo`llanadi. Badiiy tarbiya tushunchasi esa san`at turlarini o`rgatadi. Ya`ni, badiiy adabiyot musiqa, tasviriy san`at, kino, tеatr va boshqalar nazarda tutiladi. Bog`chalarda tarbiyalanayotgan bolalar ham maktabgacha oqilona harakat qiladilar, tеvarak-atrofni mustaqil kuzatadilar, ravon so`zlab fikr yurita oladilar, bilim va malakaga ega bo`ladilar.Bolalarning o`ziga xos duyosini, ruhiyatini chuqur bilmagan yozuvchi ularga ma`qul bo`ladigan asar yarata olmaydi. Bolalar adabiyotining tarixiy ildizlariga bir nazar tashlaydigan bo`lsak 1920 yillarda mustaqillikka qadar ko`plab maqola, darslik va qo`llanmalar yaratildi. Lеkin hali ham bu sohada kam va mutloqo o`rganilmagan muammolar еtarli emas. Bolalar adabiyoti nazariyasi yaratilmagan, maktabgacha bolalar adabiyotining janr turlari shе`riyat, nasr, dramaturgiya va ularning janriy xususiyatlari ilmiy asoslanmagan. Maktabgacha yoshdagi bolalar nasri haqida yirik ilmiy ishlar yaratilmagan. Masalan: N.Qo`shoqovning 50 yillar o`zbеk bolalar adabiyotida mahorat masalalari nomli dissеrtatsiyasining 2-bobi bolalar nasrini tеkshirishga bag`ishlangan. Muallif bobning bir joyidagina Mirmuhsinning “Moskva”, “Hasan va Husan”, “Kichkina tеrimchi”, “Olxo`ri va o`rik”, “Yulduzlar”, “Botinkasiz tovuqlar” hikoyalarini maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yozilganligini qayd etadi xolos. O`.Oxunboboеv va S. Olimovning ertaklar haqidagi nomzodlik ishlarida ilmiy nazariy xulosalar bor.Bu kuzatishlar ham o`rta va katta yoshdagi o`quvchilar uchun yozilgan ertaklarning o`ziga xos tomonlari ochib bеrilgan.
Bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyati nimadan iborat.Bolalar adabiyoti o`ziga xos xususiyati nimadan iborath Bolalarga qanday yozuv kеrakh Bolalar adabiyoti bormih Ularga bolalar adabiyoti kеrakmih dеgan savollar paydo bo`ladi.
Bolalar adabiyoti o`ziga xos xususiyatlari haqida 20-30 yillarda ham munozaralar bo`lib o`tgan edi. Bu munozaralarda bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyati bolalar yozuvchisi bo`lib tug`ulishida. Dеmak, bolaning dunyoqarashini birinchi o`ringa quyadi.
Matyashov bu bahslarni umumlashtirib bolalar yozuvchisi bolaning fiziologik, ruhiy tomonlarini to`liq o`rgangan bo`lishi va narsalarni bola ko`zi bilan ko`rishi, fikrlashi va his qilishi kеrak. Bolalar adabiyotining o`ziga xos qirralarini ochish uchun bolalar adabiyoti nazariyasi yaratilishi lozim dеb uqtiradi. Bu nazariyani yaratish uchun bolalarning yosh xusусияти, билим доираси, руhиятини, hисобга олмай туриб амалга ошириш мумкин эмас.
Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab yoqimli ona allasini eshitadi. Alla bola ongiga ona suti bilan kiradi. Bola ulg`ayib borgan sari, qo`shiqlar ohangi ham o`zgarib boradi. Ruhshunoslar fikriga qaraganda bolalarni ona qornida tarbiyalamoq lozim deb uqtiradilar. Ular dunyoga kelgan kunidan boshlab tarbiyalash yaxshi natijalar beradi.Buning uchun bolalarning yosh xususiyatiga qarab guruhlarga ajratamiz:
Ilk yoshdagi birinchi bolalar guruhi (bir yoshgacha bo`lgan bolalar)
Ilk yoshdagi ikkinchi bolalar guruh (1 yoshdan 2 yoshgacha)
A). 1 yoshdan 1,5 yoshgacha. B). 1,5 yoshdan 2 yoshgacha
3. Kichik yoshdagi bolalar guruhi
A) birinchi kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
B). ikkinchi kichik guruh (3 yoshdan 4 yoshgacha) .
4. O`rta yoshdagi guruh (4 yoshdan 5 yoshgacha)
5. Katta guruh. (5 yoshdan 6 yoshgacha).
6. Maktabgacha tayyorlov guruhi (6-7 yoshgacha)
Har bir guruhga mansub bolalar uchun so`zlab beradigan materiallar bir-biridan farq qilishi lozim. Chunki har bir yosh davrida bola o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi. 1 yoshgacha bo`lgan bolalarga qo`shiqlar, allalar, ovunmachoq, erkalamalar tavsiya etiladi.
2.Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi.(7 yoshdan 11-12 yoshgacha)
2 yoshli bolalar bilan 1 yoshlilarni qiyoslab bo`lmaydi. Chunki ularga nisbatan ancha o`sgan bo`ladi va ularda endi mustaqil yurish ko`nikmasi paydo bo`ladi. 3 yoshli bolaning xotirasi nutqi, idroki rivojlana boshlaydi qisqa ertak va hikoyalarni tinglab, tushunganlarini gapirib berish imkoniga ega bo`ladi. 4 yoshda esa qiziquvchanlik keskin o`stadi. Lug`at boyligi oshadi tevarak atrof haqida fikr yurita boshlaydi. 5 yoshli bola tafakkurida jiddiyroq o`zgarish sodir bo`ladi. Savollariga o`zlari javob topishga harakat qiladilar.6 yoshli bolaning xatti-harakati erkin bo`ladi, xotirasiga ko`p narsalar qolib ketadi.
7 yoshli bolaning jismoniy va aqliy qobiliyati 4-5 yoshli boladan 2-2,5 baravar farq qiladi.Bu yoshda bolalarda xotira, iroda, xayol kabi ruhiy jarayon o`sadi, ixtiyoriy diqqat ancha rivojlangan bo`ladi.
Ertakka qiziqmaydigan, ajoyib va sehrli olamga maftun bo`lmagan bolani topib bo`lmasa kerak. Ertak o`zining jozibali kuchi bilan bolani jalb etadi, vatanga, xalqqa sadoqat, mehnatsevar, halol va pok vijdonli inson qilib tarbiyalashda katta rol o`ynaydi.Maktabgacha yoshdagi bolalar ertagining o`ziga xos xususiyatlari, g`oyaviy-tarbiyaviy ahamiyati o`rganilmagan. Biz ana shu xususiyatlarni hisobga olib ertaklarning tabiati, xilma-xilligi g`oyalarning o`ziga xos aks etishi, tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritamiz.
Ertak xalq og`zaki ijodining eng qadimiy janrlaridan biridir. Ertakshunos olim K.Imomov yozganidek:”Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy va hayotiy o`ydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea-harakatlarning ajoyib-g`aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning g`ayri tabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi.”1 Ertak janriga xos bo`lgan asosiy belgilar to`qima, uydirma, xayoliy tusda bo`lishi, an`anaga aylangan ifodalar (boshlama, tugallanma) bilan tasvirlash ertaklarga xos xususiyatdir. Qanday asar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qiziqarli bo`ladih V.M.Fedyayevskaya shunday yozadi : “Butunlay yangi narsa bolani qiziqtira olmaydi, shuningdek birorta yangilik bermaydigan hikoya ham. Bolaning ilgarigi o`z tajribasi uning yangi hikoyani tushunishiga yordam berishi kerak. Shuning uchun hikoyachi bolaga tanish bo`lgan narsadan kelib chiqishi va yangilikni shunday berishi kerakki, u eski narsalar asosiga qurilishi lozim.” Bolalar eshitayotgan voqealarni shaxsiy hayot tajribalari bilan bog`laydilar Masalan: “Qizg`anchiq it” ertagi syujetiga e`tibor qilaylik. Itni bolalar yaxshi bilishadi. Suyakni yaxshi ko`rishi ham bolalarga ma`lum.Lekin itlar orasida qizg`anchiq va ochko`zlari bori ular uchun yangilik. Ertakni voqeasini qiziqib tinglar ekanlar personajlarning “yaxshi”yoki “yomon” deb baholaydilar.
3.O`rta va katta maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi.(13-17 yoshgacha)
Bolalar shoiri Anvar Obidjon “Suhbat” nomli she`rida bolalar yaxshi ko`radigan g`ozlar to`g`risida so`z yuritadi. Voqea juda oddiy va soda.O`zaro suhbatdan ma`lum bo`ladiki, g`ozlarning qorni och,ularni boqish kerak. Buni shoir o`yin vositasida ifodalaydi:
G`ozlar bir so`z deysizmih Nega patni silaysizh
G`a-g`a, g`a ! G`oq-g`oq,-g`oq.
Totli suli yeysizmih Mendan nima tilaysizh
Ha-ha,ha! Boq-boq, boq.
Bu xildagi she`rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga turmush taassurotlarini to`plab, ulardan xulosa chiqarishga o`rgatadi. Bolalar shoiri Yo`ldosh Sulaymonning “Qug`irchoq” she`rida qug`irchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o`yinchoq vositasida kattalarning mehnatini e`zozlash masalasi o`rtaga tashlanadi.
Quyosh bilan teng turib, Qo`ldan qo`ymaymiz sira
Ozoda kiyintirib, Yuqtirmaymiz gard , shira.
Senga taqamiz marjon Ovunchoqsan bizlarga
Qo`g`irchoqjon qo`g`irchoq. Qo`g`irchoqsan qizlarga.
Bolalar o`zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr oqibatli bo`lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o`rganadilar.
Maqollar: Xalq yaratgan g`oyat ixcham, chuqur va tugal ma`noli gaplar m a q o l deb yuritiladi. Maqol xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir.Maqollarda hayotning achchiq – chuchugini tatib ko`ogan, turmushdagi hodisalarga aql ko`zi bilan qaraydigan, sof vijdonli, olijanob mehnat ahlining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Maqollar bolalarni to`g`ri mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lunda bayon etishga o`rgatadi.Ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so`z boyligini ham oshirishga ko`maklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi:
Ona yurting OMON bo`lsa,
Rangi –ro`ying somon bo`lmas.
Dustlik, birodarlik , dushmanga nafrat, ahillik va birdamlik g`oyalari ham maqollarning asosiy mag`zini tashkil etadi.
Do`st so`zini tashlama ,
Tashlab boshing qashlama.
Maqollarda mehnat insonning ko`rki, ziynati sifatida ifoda etiladi.
Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.
Daraxt yaprog`i bilan ko`rkam,
Odam mehnati bilan ko`rkam.
Topishmoqlar: Topishmoqlar bola taqdirida muhim o`rin tutadi, bolaning intellektual o`sishida ,poetik va aqliy rivojida asosiy rol o`ynaydi. Mahmud Qoshg`ariy “Devonu lug`atit turk” asarida topishmoqlarni “tabzug`” deb ataydi. Hozir topishmoq so`zi topishmachoq, topmacha, jumboq, cho`pchak, topar cho`pchak, top-top cho`pchak, chiston, matal, top-top matal, muammo, masala, ushuk, lug`z kabi so`zlar bilan atalsada asosan bir ma`noda – ma`lum bir predmetning, hodisaning belgisi, sifatlari va xususiyatlarini ikkinchi bir narsaga ishora, ramz orqali o`xshatilishi va uni topish, yechib berish ma`nolarini anglatadi.Odatda topishmoq, jumboq terminlari – o`zbek xalq og`zaki ijodiyotida,chiston , muammo, muvashshah deb ataladi.Topishmoqlarni quyidagicha xususiyatlarga bo`lish mumkin: ba`zi bir topishmoqlar bir necha predmetlarni o`z ichiga oladi: “Uzun terak , ichi kovak” (miltiq, qamish, mo`ri) va xokazo. ba`zi topishmoqlar narsaning bajaradigan vazifasiga, harakatiga, uning nimadan yoki qanday ishlanganligiga qarab, shu xususiyatlar asosida yaratilishi mumkin: “Qo`li yo`q, oyog`i yo`q uy poylar ” (qulf).topishmoqlar istiora asosida qurilgan bo`lishi mumkin: “Tepdim teshik, mindim beshik, oldim ajriq, orqam qamish” (otning uzangisi, egari, yoli va dumi ), “Tagi tog`ora, usti nog`ora, qirq ming gul chechak, biri gullola” (er,osmon,yulduzlar va oy ).mubolag`a yo`li bilan yaratilgan topishmoqlar ham uchraydi: “Bir chuqurda ming chuqur” (angishvona), “O`zi bir qarich soqoli ming qarich” (ip-igna)ba`zi topishmoqlar so`zlarning ohangdosh bo`lib kelishiga asoslanadi: “Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar, doston o`qir, g`alvir to`qir ” (ari), “Osti tosh , usti tosh, o`rtasida jonli bosh” (toshbaqa).savol-javob shaklidagi topimoqlar ham bor: Maxtumqulining “Durdi shoir bilan aytishuvi”.
Tez aytishlar: Tez aytish ham xalq og`zaki ijodining o`ziga xos janri hisoblanadi.Tez aytish bolalarda aqliy o`tkirlikni tarbiyalaydi.Masalan: “O`ktam ko`m-ko`k, ko`rkam ko`klam rasmini ko`p ko`k qalamda chizmoqchi ”, “Zanjir, sarjin, anjir”.Xalq og`zaki ijodida alleteratsiya hamda muayyan tovushlar takrori asosiga qurilgan tez ayti namunalari she`riy shaklda ham yaratiladi:
Sora allalaydi,
Lola arralaydi.
Non yasashasanmi,
Choli sanashasanmih
Bolalarni biyron so`zlashga o`rgatib, ularga estetik zavq beradigan , fikr va qobiliyatlarini o`stiradigan, xotiralarini mustahkamlaydigan bunday o`yinlarning kichkintoylar adabiyotidagi roli va o`rni katta.
Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar psixologlarning gaplariga qaraganda 3600 tacha so`zdan foydalanar ekanlar.Bolalar 7-9 yoshlarida hayvonlar, qushlar, hashoratlar, o`simliklar to`g`risidagi ertaklarga juda qiziqadilar.Yozuvchilar insonlar bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlarni ularni gapirtirish orqali amalga oshiradilar.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilar va ota-onalar yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, bu yoshdagi bolalar esa boshlang`ich sinf o`qituvchilari va mustaqil o`zlari o`qib o`rganadilar.Bu yoshdagi bolalar ko`proq tevarak atrofdagi turli voqea hodisalarga qiziqadilar.Endi ular mustaqil ravishda sehrli ertak, fantastik ertak, sarguzasht,hikoya va dostonlarni sevib o`qiydilar. “Zumrad va Qimmat” ertagi, Olloyorning “Fazogir chumoli”, Anvar Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon”, Q.Muhammadiyning “Erkinjon oyga chiqibdi” kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo`ljallab yozilgan.
O`rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar o`zlari mustaqil ravishda kitob o`qib, o`qigan kitoblari qahramonlarining hatti-harakatlarini baholashga o`rganadilar va ular harakatlarini takrrlaga hozirlanadilar.Bu yoshdagi bolalarga o`tmish va kelajak haqidagi asarlarni o`qish tavsiya etiladi.SHiroq, Tumaris, kabi afsonalar bilan bir qatorda Oybek, G`.G`ulom, Zafar Diyor, Q.Muhammadiy, Anvar Obidjon, T.Adashboev va boshqa ijodkorlarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi sara asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy, Ahmad Yugnakiy, Al-Buxoriy, Farobiy, Beruniy, Yassaviy, Navoiy, Bobur kabilarning pand-nasihat ruhidagi yozilgan asarlari bolalar dunyoqarashini shakllantirishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bu yoshdagi bolalar kutubxonalardan mustaqil ravishda o`zlariga ma`qul ertak, doston kitoblarni olib o`qiy boshlaydilar. Masalan : “Uch og`a-ini botirlar”, “Egri bilan To`g`ri”, “Donishmand qiz” kabilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |