Zafar Diyor bolalar adabiyotining o’ziga xos sahifalarini yaratgan ijodkor


Download 3.32 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi3.32 Kb.
#1537718
Bog'liq
Zafar Diyor

  • Zafar Diyor bolalar adabiyotining o’ziga xos sahifalarini yaratgan ijodkor.

  • Zafar Diyorning ijodiy yo’li o’tgan asrning o’ttizinchi-qirqinchi yillariga to’g’ri keladi
  • Zafar Diyorning ijodiy yo’li o’tgan asrning o’ttizinchi-qirqinchi yillariga to’g’ri keladi. Bu davr adabiyoti haqida fikr yuritganda, avvalo, badiiy adabiyot to’laligicha sho’ro siyosati manfaatlariga bo’ysundirilganini qayd etish joiz. Ijodkorlar xohish-istaklaridan qat’iy nazar, xalq xo’jaligining barcha sohalaridagi yutuqlar, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat sohalaridagi ijobiy natijalarni sho’rolar tuzumining afzalliklari sifatida madh etishga majbur edilar.

She’rlari

Vatan

  • Yana gulga
  • To’lgay Vatan,
  • Biz qo’ynida yayraymiz;
  • Gul novdaga
  • Qo’nib turgan
  • Bulbul kabi sayraymiz…
  • Biz shu ko’rkam
  • Gulbahorning
  • Go’zal asl gullari!

Atir hidi sochildi, Chakkangga taq, chakkangga. Lazzat olib hididan Bolarilar uchadi. Ipakqanot kapalak Barglarini quchadi. Seni maqtab kuylaydi, Bog' aylanib qushchalar. Darak berib bahordan, Quvontirding shunchalar. Binafshaxon, binafsha Kulishlaring chiroyli. Ko'ksimizda hid sochib Turishlaring chiroyli!

  • BINAFSHA
  •  Binafshaxon, binafsha
  • Kulishlaring chiroyli:
  • Bog'imizda ochilib
  • Turishlaring chiroyli.
  • Hamma chiqar dalaga
  • Binafshalar tergali,
  • Men ham terdim bir dasta
  • Opamizga bergali.
  • — Mana, opa, binafsha,
  • Qarang, qanday chiroyli.
  • — Yuring, — dedi opamiz,
  •  — Binafshalar teraylik.
  • Binafshalar ochildi
  • Chakkangga taq, chakkangga:

KAPALAK Hoy, kapalak, kapalak, Qanotlaring ipakdak. Muncha shoshib uchasan, To'xta, so'zlayin andak. Uchrataman har kuni Seni har kun bog'chamda, So'rib gullar sharbatin O'ltirasan olchamda. Borib ushlay deganda Shoshib darhol uchasan. Sira tutqich bermasdan Guldan gulga ko'chasan. Mendan aslo qochmagin, Do'st bilaman o'zimga. Pildir-pildir uchishing, Oh, yoqadi ko'zimga.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 3.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling