1 Birinchi avlod kompyuterlari va ulardagi qurilmalar haqida tarif bering


Kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va qanday ishlashlari


Download 78.8 Kb.
bet12/12
Sana08.02.2023
Hajmi78.8 Kb.
#1168768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
konpyuterning fizik asoslari

Kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va qanday ishlashlari. Protsessor kompyuteringizning eng muhim komponentlaridan bir sanaladi. Aynan ushbu komponentdan kompyuterni jamlashni boshlash kerak. Hozirda barcha forumlarda protsessorlarni solishtirish muhokama qilinadi. Asosan ushbu solishtirishlar Intel va AMD protsessorlar orasida bo’ladi. Protsessor kompyuterdagi barcha buyruqlarni ishlab chiqaradi. Protsessor tanlashda kompyuterni ishlashini ko’rsatadigan belgilarga e’tibor qaratish kerak. Bular:
— Har bir yadroning chastotasi.
— Kesh (1,2,3 urovenli)
— Shinaning chastotasi.
— Fizik yadroning soni.
Har bir yadroning chastotasi.Kesh (1,2,3 pog’onali) Kesh — Operativ xotira va MP (Markaziy protsessor ) orasidagi aloqa bo’lib, unda ma’lum vaqtda unda murojaat qilinganlik to’g’risida ma’lumot joylashadi (oddiy qilib aytganda, hozirgi paytda ishlayotgan protsessor ma’lumotlari). Kesh operativ xotiraga qaraganda ancha tez. Boshqa so’z bilan aytganda, kesh xotirasiz, protsessor butun kuchi bilan ishlamagan bo’lardim biz esa qiyin bo’lmagan buyruqlarni ancha vaqt bajarilishini kutgan bo’lardik. Shuning uchun kesh xotira hajmi, protsessor kabi juda zarur. Kesh xotiraning 3 ta pog’onasi mavjud va siz ular bilan quyida tanishasiz: 1-pog’ona. Eng tez harakat qiluvchi ,shuning uchun eng kichik kesh xotiraga ega. Ijrolar uchun kamida 128 Kb ketadi. 2- pog’ona. 1-ga qaraganda sustroq harakat qiladi, ammo 3-pog’onaga qaraganda ancha tez bajaradi. Ijrolar uchun har bir yado uchun kamida 1Mb sarf qiladi 3-pog’ona. Protsessorning eng sust ishlaydigan keshi, ammo OZU ga qaraganda ancha tez ishlaydi. Ushbu kesh xotira katta hajmlarda uchraydi: 6-12 мб — optimal varianti. Kesh xotiraning ushbu pog’onasi ko’pyadroli protsessorlarda effektli ishlayapdi ( 3-yadroli va undan yuqori). Narx borasida ular ikki yadroli protsessrorlardan katta farq qilmaydi, shuning uchun agar yuqori tezlanishda ishlashni hohlasangiz, yaxshisi pulni bunga tejab qolmang.
Protsesso tanlashda hajmiga e’tibor qarating. Esda turingki, kesh xotira butun protsessorg mo’ljallangan, uning ayrim yadrolar uchun emas. Agar 6-yadroli protsessor sotib olayotgan bo’lsangiz, kesh xotiraning esa 2-pog’onаsi 3-6 Mbdan past bo’lsa, bu aniq siz uchun emas!Juda ko‘p kompyuter foydalanuvchilari Windows(Linux,..) operatsion tizimi bir nechta razryadlarga(x32, x64, x86) bo‘linishidan xabari bor. Shu qatorda ko‘p foydalanuvchilar bu nima uchun kerakligini bilishmaydi. Undan tashqari bu razryadlarga tegishli ko‘plab miflar ham mavjud. Hozirgi kunda faqat 2 tipdagi razryadlar mavjud bo‘lib,bular x32 va x64 dir. X86 esa x32 ning sinonimi hisoblanadi(qayerdadir x86 razryad bilan uchrashib qolsangiz, bilinki bu x32 dir). Agar bitta o‘rnatiladigan diskda ham 32 ham 64 razryadli operatsion tizimlar mavjud bo‘lsa, o‘rnatish jarayonida sizga tanlashga imkon beradi. Odatiy o‘rnatilish(по умолчание) x32 o‘rnatiladi. Bu razryadlarni qaysi biri o‘rnatilganini qayerdan bilish mumkin? Demak Мой компьютер ga sichqonchani o‘ng tomoni bosilib, свойство bandiga kiriladi va ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi(Rasmda windows 7 uchun ko‘rsatilgan, XP va boshqa distributivlarda salgina farq qilish mumkin )
42 Kompyuter arxitekturasi tushunchalari Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil
etuvchilardan iborat: - protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira);ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, monitor, printer,modemlar). Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi deganda –ma’lumotlarni kiritish-chiqarishqurilmalarini (MKChQ), kompyuterningboshqa qurilmalari bilan qanday bog‘langanligi va ular o‘zaro qandayma’lumotlar almashinishi tushuniladi. Kompyuterning asosiy platasida (rus tilida – материнская плата) – protsessorning mikrosxemasi, asosiy xotiramodullari bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalari (rustilida – разъѐмы) va turli xil yordamchi mikrosxemalar bilan birga –shinalar ham joylashgan bo‘ladiShinalar, na faqat MKChQ kontrollerlari tomonidan, balki protsessor tomonidan, buyruqlar va ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladi. Kompyuter shinasi orqali – ma’lumotlar, adreslar va boshqarish signallariuzatiladi, ya’ni shina uch qismdan iborat bo‘ladi:
1).Ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qismi (8, 16, 32, 64 va
128 bitli).2).Asosiy xotira adresini uzatish uchun mo‘ljallangan qismi, 16 razryadli
– 64 Kbayt, 20 razryadli – 1 Mbayt va 32 razryadli – 4 Gbayt hajmga egaxotirani adreslash uchun.
125 3).Ma’lumot almashinish jarayonini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallar to‘plami qismi. Aksariyat zamonaviy kompyuterlarda markaziy protsessor (CPU) deb nomlangan mikrochip mavjud.Agar protsessor miyaning mantiqiy markazi bo'lsa, ma'lumotni vaqtincha yoki uzoq muddatli saqlash uchun xotiraga ega bo'lish foydalidir. Kompyuterlarda "ishchi xotira" (yoki qisqa muddatli xotira) sifatida ishlaydigan dasturlar tomonidan faol foydalaniladigan ma'lumotlarni saqlash uchun tasodifiy kirish xotirasi (RAM) mavjud.RAM ma'lumotlar bitlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan xotira manzillari to'plamidan iborat. C kabi eski tillarda dasturchilar ko'rsatgichlar deb nomlangan xususiyatdan foydalangan holda to'g'ridan-to'g'ri xotira manzillari bilan ishlash imkoniyatiga ega, ammo zamonaviyroq tillarda bu kam uchraydi. Qattiq disk - bu kompyuter o'chirilgandan keyin ham saqlanib qolishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni saqlaydigan ichki yoki tashqi qurilma.



Download 78.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling