Induktivlik gʻaltagi - sigʻimi va faol qarshiligi ancha kichik boʻlgani holda katta induktivlik qosil qiladigan spiralsimon oʻtkazgich. Bir tolali, baʼzan, koʻp tolali izolyasiyalangan simni silindr, toroid yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklli dielektrik-karkasga oʻrab tayyorlanadi. Karkassiz Induktivlik gʻaltagi ham bor. Induktivlik gʻaltagi simini bir qatlamli va koʻp qatlamli qilib oʻrash mumkin. Gʻaltak induktivligini oshirish uchun, koʻpincha, ferromagnit (elektrotexnika poʻlati, permalloy, ferrit va boshqalar), oʻzak qoʻllaniladi. Induktivlik gʻaltagi induktivligi gʻaltak oʻlchamlariga, oʻramlari soni kvadra-tiga va oʻzakning magnit singdiruvchanligiga toʻgʻri proprsional boʻladi. U elektr filtrlar va tebranish konturlarining elementi sifatida, transformatorlarda, rele, magnitli kuchaytirgich, elektromagnit va boshqa da qoʻllaniladi. L harfi bilan belgilaniladi. Genrilarda o'lchanadi.Mikromodullarda qoʻllaniladigan yassi bosma gʻaltak, elektr mashinalarining chulgʻamlari, ramkali va ferrit antennalar ham Induktivlik gʻaltagi xillari hisoblanadi.Almashlab ulagichlar — suyuqlik, gaz yoki elektr toki yoʻlini oʻzgartirishga imkon beruvchi qurilma. Gidravlik, pnevmatik yoki elektr A. u. q. boʻladi. Suyuqliklar va gaz Almashlab ulash qurilmasi koʻp yoʻlli kran, ventil va bugʻ taqsimlagich boʻlishi mumkin. Elektr zanjirlarini almashlab ulashda turlicha tuzilishdagi Almashlab ulash qurilmasi ishlatiladi. Mas, rubilnik, paketli viklyuchatel. Radioapparatura va aloqa qurilmalarida galetli qurilma, tumblerlar va b. qurilmalar Almashlab ulash qurilmasi vazifasini oʻtaydi. Elektr mashinalari va energetika qurilmalarini tok b-n taʼminlash va boshqarish zanjirlarini almashlab ulash uchun turli viklyuchatellar, kontrollyorlar, kontaktsiz elektr apparatlari ishlatiladi.
17Sanoq tizimlari Bul algebrasining asosiy aksioma va qonunlari.
Sanoq sistemasi – bu sonlarni maxsus belgilar – raqamlar yordamida ifodalash turiga aytiladi.
Sonlar: 123, 45678, 1010011, CXL
Raqamlar 0, 1, 2, … I, V, X, L, …
Do'stlaringiz bilan baham: |