1000 V gacha kuchlanishda ishlatiluvchi apparatlar. Reja: Rubilnik va qaytaulagichlarning vazifasi


Download 217.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.12.2022
Hajmi217.39 Kb.
#1025067
Bog'liq
2-Ma\'ruza



25-Ma'ruza. 
 
1000 V gacha kuchlanishda ishlatiluvchi apparatlar. 
 
Reja: 
1.Rubilnik va qaytaulagichlarning vazifasi. 
2.Avtomatik havouzgichlar va ularning ishlash prisipi. 
Rubilniklar va almashlab ulagichlar. Ikki (ulangan, uzilgan) holatga 
qo‘lda harakatlantiriladigan noavtomatik uzgich rubilnik deb ataladi (8.7-
rasm). Ikkita turli zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat qiladigan 
rubilnik almashlab ulagich deb yuritiladi. 
Rubilnik va almashlab ulagichlarlar 500 V gacha bo‘lgan nominal 
kuchlanishga bir, ikki va uch qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy so‘ndiruvchi 
qurilmasi bo‘lmagan rubilniklar toksiz zanjirlarni uzish va ochiq uzilishlar 
hosil qilishga mo‘ljallangan. 
R va P (uch qutbli) yoki RO, PO (bir qutbli) tipdagi markaziy dastakli 
rubilnik va almashlab ulagichlar 100-600 A toklar uchun ishlab chiqariladi. 
Rubilnikning hamma detalllari izolyaston plitaga o‘rnatiladi. O‘tkazgichlar 
oldi yoki orqa tomonidan ulanish mumkin. Bunday rubilnik va almashlab 
ulagichlar bilan tokni uzish ruxsat etilmaydi, chunki hosil bo‘ladigan yoy 
qisqa tutashuvga olib kelishi yoki ishlayotgan xodimlarni kuydirishi mumkin. 
Richag bilan harakatlantiriladigan rubilnik va almashlab ulagichlar (8.7,b-
rasm) ikki tomondan xizmat ko‘rsatiladigan shchitlarda keng qo‘llaniladi. 
Bunday rubilniklar yoy so‘ndiruvchi panjarali kamera 4 ga ega. Yuritma 
markaziy yoki yon tomondan bo‘lishi mumkin. Nominal tok katta bo‘lganda 
rubilniklar bir necha parallel pichoqlarga ega bo‘ladi. 


8.7-rasm. Rubilnik: a) markaziy dastakli (R tipdagi), b) richag yuritmali (RPS 
tipdagi),
1– pichoq, 2– qo‘zalmas kontaklarning sharnirli stoykalari, 3– kontakt stoyka,
4– yoy so‘ndiruvchi kamera. 
Yoy so‘ndiruvchi kamera bilan jihozlangan 220 V o‘zgarmas va 380 
V o‘zgaruvchan kuchlanish toklariga mo‘ljallangan rubilniklar 
(yuklamaning nominal toki) gacha miqdordagi tokni uza oladi. 
Kamerasizlari mos ravishda 
va 
toklarni uza oladi. 
O‘zgarmas tokning 440 V va o‘zgaruvchan tokning 500 V ga 
mo‘ljallangan kamerali rubilniklari 
tokni uza oladi. Bunday 
kuchlanishda kamerasiz rubilniklar yordamida yuklama tokini uzish 
tavsiya etilmaydi. 
Paketli va kulachokli almashlab ulagichlar bir vaqtning o‘zida bir 
nechta elektr zanjirlarida murakkab qayta ulashlar uchun, masalan, 
boshqarish, o‘lchash va shunga o‘xshash zanjirlarda xizmat qiladi. 
Avtomatik havoli uzgichlar (avtomatlar). Avtomatik havoli 
uzgichlar normal holatda ishlayotgan elektr zanjirlarni avtomatik ajratish 
va normal ish holatlarida, kam hollarda operativ, qayta ulash uchun xizmat 
qiladi. Ularda yoyni so‘ndirish uchun maxsus muhit qo‘llanilmaydi, u 
havoda o‘chiriladi. shuning uchun ham havoli uzgichlar deb yuritiladi. 
n
I
0, 2
n
I
0, 3
n
I
0, 5
n
I


Qutblar soniga qarab avtomatlar bir, ikki va uch qutbli bo‘ladi. 
Ishlash vaqti 
bo‘yicha, ya’ni tekshiriladigan parametr (tok, 
kuchlanish, harorat) belgilangan qiymatdan (avtomatning o‘rnatmasidan) 
ortish lahzasidagi vaqtdan kontaktlarning ajralish lahzasigacha bo‘lgan 
vaqt oralig‘iga qarab avtomatlar u turga bo‘linadi: 
bo‘lgan 
normal avtomatlar; ishlash vaqtini 1 s gacha rostlovchi selektiv avtomatlar; 
bo‘lgan tez ishlovchi avtomatlar. 
Avtomatlar o‘zgaruvchan tokda 660 V gacha va o‘zgarmas tokda 440 
V gacha bo‘lgan kuchlanishli zanjirlarda 6000 A gacha toklar uchun 
mo‘ljallab ishlab chiqariladi. 
Har qanday avtomat qo‘yidagi asosiy elementlardan tashkil topgan 
(8.8-rasm): yoy so‘ndiruvchi tizimga ega bo‘lgan kontaktlar; yuritma; erkin 
ajratish mexanizmi; ajratkichlar; yordamchi kontaktlar. 
ish
t
0,02 0,1
ish
t
s


0,005
ish
t
s



8.8-rasm. Avtomatning asosiy qismlari: 1 – shinachalar, 2 – yoy 
so‘ndiruvchi kontaktlar,
3 – bosh kontaktlar, 4 – elastik bog‘lanish, 5 – bimetall ajratkich, 6 – 
qo‘shimcha qarshilik,
7 – qizidrgich, 8 – maksimal jartkich, 9 – minimal ajratkich, 10 – mustaqil 
ajratkich, 
11 – ajratkichlar bilan mexanik bog‘lanish, 12 – qo‘lda ulash dastagi, 13 – 
elektromagnit yuritma. 14, 15 – erkin jaratish mexanizmining richagi, 16 – 
kontakt richag,
17 – uzuvchi prujina, 18 – yoy so‘ndiruvchi kamera. 

Download 217.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling