1. Birinchi Jahon urushining Turkiston o`lkasiga tasiri


yil qo`zg`olonining turli viloyatlardagi o`ziga xos xususiyatlari (Xo`jand, Samarqand, Toshkеnt, Farg`ona, Jizzax va boshqalar)


Download 23.02 Kb.
bet4/9
Sana21.11.2023
Hajmi23.02 Kb.
#1790852
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Birinchi Jahon urushining Turkiston o`lkasiga tasiri-fayllar.org

1916 yil qo`zg`olonining turli viloyatlardagi o`ziga xos xususiyatlari (Xo`jand, Samarqand, Toshkеnt, Farg`ona, Jizzax va boshqalar). 4-iyulda savdo va hunarmandchilik markazi bo`lgan Xo`jand shahrida, undan keyin Samarqand, Jizzax, Kattaqo`rg‘on kabi shaharlarda ham xalqning norozilik harakatlari bo`lib o`tdi. Bu yerlarda tezda yetib kelgan rus askarlari qo`zg‘olonchilar harakatini shafqatsiz ravishda o`qqa tutdilar.

Mustamlaka ma’muriyati zulmiga qarshi qo`zg‘olonlarning eng kattasi Jizzax shahrida bo`lib o`tdi. Nazirxo`ja eshon boshchilik qilgan bu qo`zg‘olon shu qadar katta bo`ldiki, bu tarixda “Jizzax qo`zg‘oloni” nomini oldi. 1916-yil 12-13 iyul kunlari boshlangan g‘alayonlar natijasida qo`zg‘olonchilar qo`llariga nima tushsa qurollanib, eski shahardan yangi shahar tomon yo`l oldilar, uezd ma’muriyatini yakson qildilar. Jizzaxning yangi shahar bilan eski shahar o`rtasida yordamga kelgan jazo otryadi qo‘zg‘olonchilarni o`qqa tutdi. To`qnashuvlarda 11 kishi halok bo`ldi. Olomon orqaga qaytishga majbur bo`ldi.


  • Mustamlaka ma’muriyati zulmiga qarshi qo`zg‘olonlarning eng kattasi Jizzax shahrida bo`lib o`tdi. Nazirxo`ja eshon boshchilik qilgan bu qo`zg‘olon shu qadar katta bo`ldiki, bu tarixda “Jizzax qo`zg‘oloni” nomini oldi. 1916-yil 12-13 iyul kunlari boshlangan g‘alayonlar natijasida qo`zg‘olonchilar qo`llariga nima tushsa qurollanib, eski shahardan yangi shahar tomon yo`l oldilar, uezd ma’muriyatini yakson qildilar. Jizzaxning yangi shahar bilan eski shahar o`rtasida yordamga kelgan jazo otryadi qo‘zg‘olonchilarni o`qqa tutdi. To`qnashuvlarda 11 kishi halok bo`ldi. Olomon orqaga qaytishga majbur bo`ldi.

  • Bunday voqealardan so`ng qo`zg‘olonchilar yana eski shahar aholisini oyoqqa turg‘izib, temir yo`l tomon borib, temir yo`l izlarini, ko`priklarni buzib, telefon simlarini uzib tashlaydilar. Hamma yerlarda mustamlakachilarga qarshi harakatlar boshlandi. Turkiston general-gubernatori tomonidan polkovnik Ivanov qo`mondonligi ostida yuborilgan jazo otryadi eski Jizzaxni ayovsiz o`qqa tutdi. Zomin va Forish qishloq aholisidan qaqshatqich ravishda o`ch olinib, duch kelgan kishilar otib tashlandi.

17-iyulga kelib butun Turkiston o`lkasida harbiy holat e’lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma’murlarga juda katta huquqlar berildi. Shu munosabat bilan aholining ko`cha va maydonlarda to`planishi taqiqlandi. Imperiya ma’murlari harbiy kuch ishlatib, bu yerdagi qo`zg‘olonni bostirishga mavaffaq bo`ldilar. Jizzax qo`zg‘oloni bo`yicha mingga yaqin kishi qamoqqa olindi. 151 kishining ishi sudga berildi. Shulardan 84 kishi osib o`ldirishga hukm qilindi, biroq bu jazo ham keyinroq “yumshatilib” boshqa jazolar berildi.



Download 23.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling