Xii jadval qonunlari
Download 66.18 Kb. Pdf ko'rish
|
XII jadval qonunlari (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Behruz Shamsutdinov tomonidan ayrim o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. I jadval.
XII JADVAL QONUNLARI Professor S. L. Utchenko tahriri ostida 1962 yilda nashr etilgan «Qadimgi Rim tarixi xrestomatiyasi» kitobidan olingan hamda Behruz Shamsutdinov tomonidan ayrim o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. I jadval. (sud jarayoni haqida) 1. Agar kimdir sud so‘zlashuviga chaqirilsa, borsin. Kelmaydigan bo‘lsa, chaqiruvchi guvohlar oldida buni tasdiqlashi va kuch ishlatib olib kelsin. 2. Agar chaqiriluvchi odam har xil bahonalar o‘ylab topadigan, yashirinishga harakat qiladigan bo‘lsa, chaqiruvchi uni ushlab olsin. 3. Agar uning kasalligi yoki qariligi sabab bo‘ladigan bo‘lsa, chaqiruvchi odam izvosh yuborsin. Xohlamasa majbur emas. 4. Sud so‘zlashuvi jarayonida o‘z xo‘jaligi bilan yashovchi uchun o‘z xo‘jaligiga ega bo‘lgan kafil bo‘lsin. Xo‘jaliksiz fuqaroga kim xohlasa kafil bo‘laversin. 5. Nimani kelishishgan bo‘lsa, sud so‘zlashuvida da’vogar o‘sha haqida so‘rasin. 6. Agar tortishuvchi tomonlar kelisha olishmasa, choshgohgacha forumda yoki komitsiumda uchrashishsin. Tortishuvchi tomonlar o‘z huquqlarini (galma-galdan) navbat bilan himoya qilishsin. 7. Choshgohdan so‘ng magistrat sud so‘zlashuvida hozir bo‘lgan tomonning talabini tasdiqlaydi. 8. Agar sud so‘zlashuvida ikki tomon ham hozir bo‘lsa, quyosh botishi sud so‘zlashuvining nihoyasi bo‘lsin. II jadval 1. (Gay. Institutsiyalar, IV.14: 1000 ass va undan ortiq da’volar bo‘yicha pontifiklar kassasiga 500 assdan iborat kafillik summasi qo‘yilar edi. 1000 assdan kam da’volar uchun 50 ass, bu XII jadval qonunlari tomonidan o‘rnatilgan edi. Agar tortishuv qandaydir insonning erkinligi ustida borayotgan bo‘lsa, uning narxi nihoyatda baland bo‘lsa-da, yuqoridagi qonunda tortishuv atigi 50 assdan iborat kafillik summasi haqida borishi ko‘rsatilgandi). 2. Agar og‘ir kasallik yoki sud kunining kimnidir xoinlikda ayblashga to‘g‘ri kelib qolishi sudyaga (to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa) uchinchi hakam vositachi tortishuvchi tomonga sudga kelishga to‘sqinlik qilsa, unda sud tortishuvlari boshqa kunga qoldirilishi kerak. 3. Guvohlik ko‘rsatmalari yetishmayotgan tortishuvchi sudga kelmagan guvohning eshigi oldiga borsin va hamma eshitadigan qilib, uch kun davomida uni insofga chaqirsin. Download 66.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling