Xii jadval qonunlari
III jadval (qarzdorlik haqida)
Download 66.18 Kb. Pdf ko'rish
|
XII jadval qonunlari (5)
III jadval
(qarzdorlik haqida) 1. Qarzdorga o‘z qarzini tan olgandan yoki sud tomonidan unga qarshi qaror chiqqanidan so‘ng 30 kun berilsin. 2. Ko‘rsatilgan muhlat tugaganidan so‘ng da’vogar qarzdorni ushlasin va qarorni bajarish uchun sud so‘zlashuviga olib kelsin. 3. Agar qarzdor sud qarorini bajarmasa va sud so‘zlashuvida uni hech kim javobgarlikdan ozod qilmagan bo‘lsa, da’vogar uni o‘zi bilan olib ketsin va og‘irligi 15 funtdan kam bo‘lmagan kishan bilan kishanlasin. 4. Qarzdor tutqunlikda xohlasa o‘z hisobiga boqilsin. Agar u o‘z qaramog‘ida bo‘lmasa, uni tutqunlikda ushlab turuvchi kuniga 1 funtdan, xohlasa undan orttirib un bersin. 5. (Avl Geliy. Antik kechalar, XX. 1.46: Qarzdor tutqunlikda da’vogar bilan yarashish huquqiga ega. Agarda yarasha olmasa qarzdor tutqunlikda 60 kun qolar edi. Bu muhlat ichida ularni bozor kunlari ketma-ket uch marta komitsiumga, pretorning oldiga olib kelishgan va u yerda ularning qarzlari e’lon qilingan. Uchinchi bozor kunida ularga o‘lim jazosi qo‘llanilar yoki chet elga Tibr yurtiga sotuvga yuborilar edi). IV jadval (oilaviy munosabatlar) 1. (Sitseron. Qonunlar haqida, III. 8.19: XII jadvaldagi kabi yengillik bilan, haddan tashqari badbashara chaqaloq hayotdan mahrum etilgan). 2. Agar ota o‘z o‘g‘lini uch marta sotsa, o‘g‘il ota hukmidan ozod bo‘lsin. 3. (Sitseron. Filiðpiklar, II. 28.69: XII jadval qonunidan foydalanib, o‘z xotinimga o‘ziga tegishli narsalarni olishni buyurdim va kalitni olib qo‘yib, haydab yubordim). 4. (Avl Geliy. Antik kechalar, III. 16.12: Menga ayol erining vafotining 11 oyida tug‘ganida, u erining vafotidan keyin homilador bo‘lgan degan ish yuzaga kelgani ma’lum. Chunki detsemvirlar odam 11 oyda emas, balki 10 oyda tug‘iladi deb yozishgan). Download 66.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling