Xii jadval qonunlari


Download 66.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi66.18 Kb.
#1829261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XII jadval qonunlari (5)

VII jadval
(yerlar, yo’llar va chegaralar haqida) 
1. (Fest. Deverb. Signif., 4: Aylanib o‘tish joyi, ya’ni imorat atrofidagi
qurilishsiz joy 2,5 fut kengligida bo‘lishi kerak).
2. (Gay. 1.13. D. X. 1: Chegara olish haqidagi da’volarda aytishlaricha 
Afinada Salon tomonidan o‘tkazilgan qonun kuchga ega bo‘lgan farmoyish 


misolida quyidagi XII jadval qonuni ko‘rsatmalariga amal qilish kerak: 
agar qo‘shni uchastka bo‘ylab g‘ov qaziladigan bo‘lsa, chegaradan o‘tish 
mumkin emas, agar devor olinsa, qo‘shni uchastkadan 1 fut ichkariga olish 
kerak, agar turar joy bo‘lsa 2 futga, agar chuqur yoki qabr qazilsa, qancha 
chuqur bo‘lsa, shuncha tashlab, quduq bo‘lsa 6 fut tashlab, agar zaytun 
ekilsa, qo‘shni uchastkadan 9 futga, qolgan daraxtlar uchun esa 5 fut joy 
tashlash kerak bo‘ladi).
3. (Pliniy. Tabiiy tarix, 19. 4. 50: XII jadvalda «xumor» so‘zi umuman 
ishlatilmas edi. Uni belgilash uchun esa, ko‘pincha hortus— chegaralab 
olingan joy so‘zidan foydalanar edilar. Bunda unga ota mulki ma’nosida
qaralar edi).
4. (Sitseron. Qonunlar to‘g‘risida, 1.21.55: XII jadval qadimiyligi bo‘yicha 
5 fut kenglikdagi oraliqlarni sotib olishni taqiqlar edi).
5. (Sitseron. Qonunlar to‘g‘risida, 1.21.55: XII jadval qaroriga asosan, 
chegaralar haqida tortishuvlar yuzaga kelsa, biz chegara olishni 3 dallol 
ishtirokida amalga oshirishimiz lozim).
6. (Gay. 1. 8. D. VIII. 3: XII jadval qonuni bo‘yicha to‘g‘ri yo‘llarning 
kengligi 8 fut, burilishlar 16 fut qilib belgilangan).
7. Yo‘l chetidagi uchastkalarning egalari yo‘lni o‘rashsin. Agar tosh 
yotqizishmasa, egarlanadigan hayvonlarda xohlagan yerlarda yurishlari 
mumkin.
8. a) Agarda yomg‘ir suvi zarar yetkazsa ... 
b). (Pavel. 1. 5. D. XL, III, 8: Agar jamoat yeridan oqib o‘tuvchi irmoq 
yoki ariq xususiy mulkka zarar keltiradigan bo‘lsa, unda mulk egasiga XII 
jadval qonuni asosida zararni qoplash haqida da’vo berilar edi).
9. a) (Ulpian. I. 1. 8. D. XLIII, 27: XII jadval qonuni, bog‘ soyasi qo‘shni 
uchastkalarga zarar yetkazmasligi uchun 15 futdan baland daraxtlarni 
kesishni buyurar edi). b) (Pomponiy. I. 2. D. XLIII. 27: Agar qo‘shni 
uchastkadagi shamoldan sening uchastkangga egilsa, unda sen XII jadval 
qonuniga asosan uni yig‘ishtirib olish uchun da’vo berishing mumkin).


10. (Pliniy. Tabiiy tarix, XVI. 5.15: XII jadval qonuni qo‘shni uchastkadan
tushuvchi yong‘oqlarni terishga ruxsat berardi).
11. (Yustinian. I. 41. I. II. 1: Sotilgan va berib yuborilgan narsalar 
sotuvchiga sotib olish narxini to‘laganda yoki uning talablarini boshqa 
yo‘llar bilan qondirgan taqdirdagina oluvchining xususiy mulki bo‘ladi. 
Masalan, kafilni ko‘rsatsa yoki garovga u bu narsa bersa. XII jadval 
qonunida shunday ko‘rsatilgan).
12. (Ulpian. lib. Sing. Regul. II. 4: Agar vasiylik beruvchi quyidagi 
ko‘rsatmalarni bergan bo‘lsa, qulni mening vorisimga 10000 sestersiyni 
to‘lash sharti bilan ozod qilaman, unda bu qul vorisdan begonalashtirilgan 
bo‘lsa-da, u oluvchiga bu summani to‘lab ozodlik (chiqish)ni qo‘lga kirita 
oladi. XII jadval qonunida shunday qaror qilingan). 

Download 66.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling