Xii jadval qonunlari
Download 66.18 Kb. Pdf ko'rish
|
XII jadval qonunlari (5)
XI jadval
1. (Sitseron. Davlat haqida, II, 36. 36: Detsemvirlar ikkinchi chaqirig‘i adolatsiz qonunlarning ikki jadvalini qo‘shishdi, vaholanki eng g‘ayri insoniy qonun bilan plebeylar va patritsiylar o‘rtasidagi nikohning man etilishini qarorlashtirib qo‘ydilar). 2. (Makrobiy. Sat., 1. 13. 21: Ikkita jadval qo‘shgan detsemvirlar xalqqa taqvimni o‘zgartirishni taklif qildilar). XII jadval 1. Agar qarzni undirish maqsadida qarzdorning biror narsasi (buyum, ashyo, boylik) egallansa bunga qonun tomonidan ruxsat etiladi. Ammo XII jadval qonunlariga ko‘ra, kimki qurbonlik keltirish maqsadida pulini to‘lamagan holda hayvonni qo‘lga kiritgan yoki ijaraga berilgan markabning xizmati evaziga hech narsa bermagan holatlar bundan mustasno. 2. a) Agarda qul o‘g‘irlik qilsa yoki zarar yetkazsa jazolanadi. b) Ozod bo‘lmagan shaxslar yoki qullar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tufayli, yetkazilgan zarar bo‘yicha da’volar paydo bo‘ladi. Mazkur da’voga ko‘ra, qulning egasiga yetkazilgan zararni qoplash yoki aybdorni topshirish majburiyati yuklanadi. Ushbu da’volar qonun yoki pretor ediktlari bilan o‘rnatiladi. Qonun bilan o‘rnatilgan da’volarga XII jadval qonunlarida bayon qilinganidek, o‘g‘rilik haqidagi da’vo kiritiladi. 3. Agar sud jarayoniga soxta ashyoni keltirsa yoki sud guvohligini inkor qiladigan bo‘lsa, u holatda pretor 3 nafar xolisni tayinlasin va ularning qaroriga ko‘ra bahslashilayotgan ashyoning 2 baravar qiymatini to‘lasin. 4. XII jadval qonunlariga binoan sud muhokamasining predmeti hisoblangan ashyoni diniy muassasalarga qurbonlik qilish taqiqlanadi. Aks holda o‘sha ashyoning 2 baravar qiymati jarima sifatida to‘lanishi shart. Ammo mazkur jarimani davlatga yoki da’vo bilan chiqqan shaxsga berish qonunda ko‘rsatilmagan. 5. XII jadval qonunlarida xalq yig‘inlarining har qanday qarori qonun kuchiga egaligi haqida qaror qilingan. Ushbu to’plamdan tijorat maqsadlarida foydalanish qat’iyan taqiqlanadi. Download 66.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling