Xii jadval qonunlari
Download 66.18 Kb. Pdf ko'rish
|
XII jadval qonunlari (5)
V jadval
1. (Gay. Institutsiyalar, I. 144—145: Ajdodlarimiz hatto balog‘atga yetmagan qizlar ham yengiltakligi sababli nazorat ostida bo‘lishlari kerak deb tasdiqlashar edi. Faqatgina qadimgi rimliklar ularning ilohiy maqomiga hurmat tariqasida (bunday qizlarni) shunday xizmatchi qizlarni mustasno ravishda nazoratdan ozod qilishar edi. XII jadval qonunida shunday deyilgan). 2. (Gay. Institutsiyalar, II. 47: XII jadval qonuni tomonidan agnatlar nazorati ostidagi ayolga tegishli res manciði ayolning o‘z nazorati roziligi bilan berilmasa bu aniqlashtirib qo‘yilgan). 3. Kimki, o‘limidan keyin o‘z xo‘jaligi va qaramog‘i ostidagilarga ko‘rsatmalar qoldirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatmalar ta’minlanadi. 4. Agarda hukmronligi ostida hech kimi yo‘q kimdir vorislik haqidagi ko‘rsatmalarni qoldirmay (o‘ladigan bo‘lsa) o‘lsa, u holda uning xo‘jaligini eng yaqin agnati o‘ziga olsin. 5. Agarda marhumning agnatlari bo‘lmasa, undan qolgan xo‘jalikni uning qarindoshlari olsin. 6. (Gay. Institutsiyalar, I. 155: XII jadval qonuni va vasiyatnoma bo‘yicha homiylari tayinlanmagan shaxslar uchun ularning agnatlari homiy hisoblandi). 7. a) Agar inson aqldan ozsa, uning va mulkining ustidan hukumronlikni uning agnatlari yoki tug‘ishganlari olsin. b) (Ulpian. I. 1. pr. D. XXVII. 10 : XII jadval qonuniga asosan isrofchiga unga tegishli mulkni boshqarish uchun ruxsat berilmas edi). 8. a) (Ulpian. Lib. Sing. Regul, XL I : XII jadval qonuni ozodlikka chiqarilgan Rim fuqarosidan qolgan mulkni patronga topshirar edi, agarda bu fuqaro hukmi ostida hech kimi bo‘lmagan holda vasiyatnoma qoldirmay vafot etsa). 9. a) (Gordian. I. 6. C. III. 36 : XII jadval qonuni bo‘yicha vafot etganning boshqalarga nisbatan qarz talabnomalarida aks etgan mulk bevosita, ya’ni hech qanday yuridik rasmiyatchiliklarsiz vorislar o‘rtasida ularning vorislik ulushlariga mos holda bo‘lib olinadi). b) (Diokletian. I. 26. S. II. 3.: XII jadval qonuniga asosan vafot etgan insonning qarzlari bevosita uning vorislariga ular olgan ulushlarga mos ravishda taqsimlanadi). 10. (Gay. 1.1. pr. D.X. 2: Meros bo‘limidagi da’vo XII jadval qonuni qarorlariga asoslanadi). Download 66.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling