Mavzu. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili
Download 0.94 Mb.
|
Xurramov Firdavs
MAVZU. DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TAHLILIReja: 1.Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil qilish maqsadi va vazifalari. 2.Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi. 3.Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bo‘yicha tahlili.1.Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlilining mazmuni, ularni tahlil qilish maqsadi va vazifalari Debitorlik va kreditorlik qarzlarini doimiy tahlil etish to‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish imkoni, qarzdorlikni maqsadli boshqarish imkonini beradi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini (qarzlarini) tahlil etish orqali iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida, sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan to‘lov intizomi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash, soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq to‘lanishi masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yish imkoni tug‘iladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rishda subyektlarning rolini, e’tiborini oshirishni talab etadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va o‘z vaqtida to‘ldirilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ulligini oshirib borish, o‘z navbatida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ham yaxshilashga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zaruriy sharti hisoblanadi.Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling