Mavzu. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili
Debitorlik majburiyatlarining shakllanish qatorlari
Download 0.94 Mb.
|
Xurramov Firdavs
Debitorlik majburiyatlarining shakllanish qatorlari
3. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi va muddati bo‘yicha tahlili Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi deganda ularning yuzaga chiqish qatorlari tushuniladi. Qatorlarning yagona tarkibini buxgalteriya balansining tegishli qatorlariga mos ravishda tuzib chiqish mumkin. Debitorlik qarzlari: xaridor va buyurtmachilarning qarzi, ajratilgan bo‘linmalarning qarzi, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi, xodimlarga berilgan bo‘naklar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi, xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi va boshqa debitorlik qarzlari. Kreditorlik qarzlari: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz, sug‘urtalar bo‘yicha qarz, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz, ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz va boshqa kreditorlik qarzlari. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik tahlilida qarzlarning tarkibi, muddati, hajmigagina emas, balki ularning balansiga ham muhim ahamiyat qaratiladi.Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling