Mavzu. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili
Download 0.94 Mb.
|
Xurramov Firdavs
Debitor va kreditor qarzdorlik bilan ishlash bir muncha murakkab jarayon. Negaki, ularning ikkinchi tomonga bog‘langanligi doimo ham manfaatli yechimlar chiqarishga imkon bermaydi. Bu borada analitiklar nimalarga ahamiyat qaratishi lozim: Birinchi navbatda analitiklar korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini monitoring qilishi, moliyaviy aktivlar va passivlarni inventarizatsiyalashni amalga oshirishi lozim. Avvalo, navbatda qarz mavjudligi, uning miqdori, asosi va uni yuzaga kelish muddatlari dalilini aniqlashi lozim. Ikkinchidan vujudga kelgan qarzlarni so‘ndirish bo‘yicha yondashuvni tanlab olish lozim.Qonunchilik me’yorlari kreditorga o‘z ixtiyoriga ko‘ra sudgacha hal qilish tusidagi choralarni ko‘rishga, sud instansiyalariga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan yoki qarzni undirish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan bevosita murojaat qilishni tanlash imkoniyatini ham ko‘zda tutadi. Uchinchidan qarzni undirishning tanlangan strategiyasiga (talabnomani qarzdorga yuborish, sudga murojaat qilish uchun hujjatlarni tayyorlash, majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish va h.K.) Muvofiq amalga oshiriladigan qarzni so‘ndirishga qaratilgan aniq harakatlarni amalga oshirish orqali mavjud chigallikni hal etish yoki uni yumshatish choralarini ko‘rish lozim. Qonunchilik bilan belgilanishicha, vujudga kelgan paytdan boshlab 90 kun o‘tgan debitorlik qarzi muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi deb tan olinadi. Korxonada buning mavjudligi uning mansabdor shaxslariga 10 dan 15 EKIH miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.2. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil etishda ularning shakllanishiga, qarzdorlikning o‘zgarishiga, qarzdorlikning muddati o‘tgan, uzaytirilgan qismiga muhim e’tiborni qaratish lozim. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining katta summada shakllanishi korxona mablag‘larining immobilizatsiyasi, oborotdan chiqib ketishiga, likvidlikning tushishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga sabab bo‘ladi. Muddati o‘tgan, uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik qarzdorligi ayniqsa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari o‘zaro hisob-kitoblarda mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritish va ular bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirishning turli hisobot sanalariga tushishidan ro‘y beradi. Agarda kelishilgan muddatlar yoki qonunchilikda belgilangan muddatlar oshib ketmasa, ularning yuzaga kelishi hech qanday salbiy oqibatlar olib kelmaydi. Korxonada debitorlik va kreditorlik qarzlarining bitta korxonada yuzaga kelishi faqat uning o‘zigagina jarayonlarni murakkablashtirmaydi, balki qarshi tomonlar bilan bog‘langan butun bir tizimdagi holatni ham izdan chiqishiga olib keladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini haqiqiy miqdorini bilish uchun ularni inventarizatsiyalash zarur. Inventarizatsiya natijalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek‚ ularni o‘tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak. “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining buyrug‘iga ko‘ra buxgalteriya balansida debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibining quyidagi qatorlari tarkiblanadi.Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling