Xii jadval qonunlari


Download 66.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana31.01.2024
Hajmi66.18 Kb.
#1829261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XII jadval qonunlari (5)

VI jadval 
1. Agar kimdir o‘zini garovga qo‘yish (bitimini) va narsani 
begonalashtirish bitimini 5 guvoh va tarozibon ishtirokida tuzsa, bunda 
aytilgan so‘zlar uzilmas deb hisoblansin.
2. (Sitseron. Majburiyatlar to‘g‘risida, III. 16: XII jadval qonuniga asosan 
bitim tuzilayotganda aytilgan so‘zlarni keltirish yetarli isbot hisoblangan. 
O‘z so‘zlaridan tonganlar ikki karra jarimaga solinar edi).
3. (Sitseron. Tor. IV. 23: Yer uchastkasiga nisbatan egalik qilish muddati 
ikki yil boshqa narsalar uchun esa 1 yil o‘rnatilgan).


4. (Gay, Institutsiyalar, 1.3 XII jadval qonuni tomonidan eri bilan uzoq 
muddat birga yashayotganligi fakti ostida o‘zining ustidan erining 
xokimiyati o‘rnatilishini xohlamagan ayol har yili o‘z uyidan uch 
kechaga chiqib ketishi va shu tariqa o‘zining ustidan yillik egalikni uzgan 
bo‘lishi aniqlangan).
5. a) (Avl Geliy. Antik kechalar, XX. 17. 7.8: Sud so‘zlashuvida o‘z qo‘li 
bilan o‘z narsasini turib berish — bu sud so‘zlashuvida tortishuv 
borayotgan narsaga qo‘lini tekizishi demakdir. Ya’ni, boshqacha aytganda, 
raqib bilan musobaqada tortishuvga sabab bo‘layotgan narsani ushlab 
olmoq va tantanali iboralar bilan unga bo‘lgan haqqini talab qilmoq. 
Narsaga qo‘lini qo‘yish ma’lum joyda, pretor xuzurida, agarda kimdir o‘z 
qo‘li bilan o‘z narsasini sud so‘zlashuvida talab qilayotgan bo‘lsa, XII 
jadval asosida amalga oshirilar edi). b) (Pavel. Fragm. Vatic., 50: XII 
jadval qonuni 5 guvoh va tarozibon ishtirokida bitim yo‘li bilan narsani
begonalashtirishni, hamda sud so‘zlashuvida pretorning oldida bu narsaga
egalik huquqidan voz kechish yo‘li bilan begonalashtirishni tasdiqlaydi).
6. (Tit Liviy. III. 44: Appiy Klavdiy qonunlariga asosan himoyachilar 
(Verginiya himoyachilari) qizlarga nisbatan fikrlash erkinligi berilishini 
o‘zining dastlabki farmonlarida mustahkamlab qo‘ygan). 
7. Egasi boshqa odam tomonidan imorat qurishga yoki tok o‘tkazishga
ishlatilgan, o‘z xoda va ustunlariga tegmasin va tortib olmasin.
8. (Ulpian. I,I pr. D. XLV1I. 3: XII jadval qonuni qurilishga yoki tok 
o‘tkazishga ishlatilgani o‘g‘irlangan ustunlarni o‘z mulki sifatida na talab 
qilishga, na tortib olishga yo‘l qo‘yar edi, lekin materiallar bahosining ikki 
barobarida ularni ishlatishda ayblanayotgan shaxsga da’vo qilinar edi). 

Download 66.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling