Mavzu: Kimyodan o’tkaziladigan kechalar ularning ish mazmuni, tashkiliy yo’llari o’tkazish va yakunlash. Ma’ruzachi: O’


Download 85.73 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi85.73 Kb.
#1776458

Mavzu:Kimyodan o’tkaziladigan kechalar ularning ish mazmuni, tashkiliy yo’llari o’tkazish va yakunlash.
Maruzachi: Orinova O
Reja:
  • Kimyo kechalarini tashkillash
  • Kimyo kechasining xillari
  • Ularni o‘tkazish metodikasi

Sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakllaridan hisoblangan kimyo kechalari maktab hayotida katta bir voqea bo‘ladi. Maktab kimyo kechalari to‘g‘ri tashkil etilsa, kimyo kursining bir qator ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini hal qilishiga yordam beradi, kimyo kechalari:
a) o‘quvchilarni ajoyib va ilmiy jixatdan juda muxim dalillar bilan boyitadi; b) o‘quvchilarda kimyoga havas uyg‘otadi va bu havasni o‘stiradi; v) o‘quvchilarga buyuk kimyogarlarning hayoti va ijodiyotini, hozirgi zamon kimyosining muvaffaqiyatlarini va boshqalarni ancha qiziqarli hamda ancha keng qilib ko‘rsatishga imkon beradi; g) kimyo xavaskorlarining o‘z ijodiy ishlarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini ko‘rsatishning nihoyatda qulay formasi bo‘ladi.
Maktablarda eng ko‘p o‘tkaziladigan kechalar: a) qiziqarli kimyo kechalari; b) yubiley kechalari; v) o‘quvchilarning ijodiy ishlarini ko‘rsatish kechalari; g) hozirgi zamon kimyosining va kimyo sanoatining muvaffaqiyatlarini ko‘rsatish kechalaridir.
Afsuski, qiziqarli kimyo kechalari tashkil etishda katta kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘pincha, qiziqarli kimyo kechalari o‘tkazish, «fokuslar» ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qoladi, kecha qatnashchilari «odatdagidan tashqari» hodisalar ko‘rsatib, hozir bo‘lganlarni «hayratda qoldiradilar»: rangsiz moddani qizil, oq, sariq va boshqa tusdagi moddalarga aylantiradilar, suvdan «oltin», «sut», «qon» hosil qiladilar, yog‘ochni olov yoqmasdan ko‘mirga aylantiradilar, moddalarni gugurt chaqmay o‘t oldiradilar, fotoapparatsiz «suratga oladilar», olov bilan «rasm soladilar» va hokazo; hozir bo‘lganlar hayratda qoladilar;
O‘quvchilar, masalan: a) kimyoviy viktorina b) qiziqarli, ayniqsa, eksperimental kimyoviy masalalar, krossvordlar, v) «hikoya-topishmoqlar» va boshqalardan muvaffaqiyatli suratda foydalanadilar. Bu kechalarda o‘quvchilar asosiy e’tiborni kimyoning mohiyatiga qaratadilar; bu erda kechaga kelganlarga beriladigan savollar, masalalar va boshqalarning qiziqarli bo‘lishi katta rolg‘ o‘ynaydi. Bunday kechalarning qiymati shundaki, ularni tashkil qilishda 2-3 dokladchi emas, balki ko‘pgina o‘quvchi qatnashadi.
YUbiley kechalari, ko‘pincha, kimyogarlarning: M.V.Lomonosov, D.I.Mendeleev, A.M.Butlerov, N.D.Zelinskiy, A.Lavuaze, I.Kyuri-Skladovskaya, F.Jolio-Kyuri va boshqalarning hayoti hamda ijodiyotiga baishlanadi. Ba’zan, «Ulug‘ rus kimyogarlari», «O‘zbek kimyogarlari» degan va boshqa mavzularda umumlashtirish kechalari o‘tkaziladi. Kimyo tarixining muxim masalalariga, chunonchi, «D.I.Mendeleevning davriy qonuni va davriy sistemasining 138 yilligi», «M.V.Lomonosovning Rossiyada dastlabki ilmiy kimyoviy laboratoriyani tashkil etganligining 250 yilligi», «A.M.Butlerovning organik birikmalar tuzilish nazariyasining 145 yilligi» kabi masalalarga baishlanadigan yubiley kechalari ham bo‘ladi.
YUbiley kechalari ta’lim-tarbiya jihatidan g‘oyat katta ahamiyatga ega. Bu kechalar: a) o‘quvchilarni buyuk kimyogarlar hayoti va faoliyatining sharoiti bilan sinfdagidan ko‘ra batafsilroq tanishtiradi; b) o‘quvchilarni ochiq-oydin va ajoyib misollar bilan qiziqtirib yuboradi -ularda kimyoga chuqur havas uyg‘otadi; v) o‘quvchilarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalaydi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 85.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling