Xii jadval qonunlari


Download 66.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi66.18 Kb.
#1829261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XII jadval qonunlari (5)

IX jadval 
(o’lim jazosi haqida) 
1.2. (Sitseron. Qonunlar haqida, 111. 4. 11. 19. 44: Imtiyozlarni, ya’ni
qonundan o‘z foydasi tomon chetlashishlarni so‘rashmasin. Rim 
fuqarosining o‘lim jazosi hukmi faqatgina senturiat komissiyalarda 
chiqarilsin. XII jadval qonunining shonli qonunlaridan biri alohida 
shaxslar foydasi uchun qonundan istalgan holda chetga chiqarishni yo‘q
qiluvchi, ikkinchisi Rim fuqarosiga o‘lim jazosi hukmini senturiat
komissiyadan tashqariga chiqarishni taqiqlagan).
3. (Avl Geliy. Antik kechalar, XX, 17: Nahotki sen sud so‘zlashuvida ishni
ko‘rib chiqish uchun tayinlangan va bu ish bo‘yicha pora olganda
ushlangan sudya yoki vositachini o‘lim jazosi bilan jazolovchi qonunni 
og‘ir deb hisoblasang)?
4. (Pomponiy. I. 2. 23. D. 1.2.: O‘lim jazosini amalga oshirishda ishtirok 
etayotgan Kvestorlar jinoiy kvestorlar deb atalgan. Ular haqida, hatto 
XII jadval qonunlarida ham aytib o‘tilgan ).


5. (Marsian. I.3. D. XLVII. 4: XII jadval qonuni Rim xalqi dushmanini
Rim davlatiga hujum qilishga gij-gijlovchi yoki Rim fuqarosini 
dushmanga sotuvchini o‘lim jazosiga mahkum qilishni buyuradi).
6. (Salvian. Boshqaruvchi xudo haqida, VIII. 5: XII jadval qarorlari 
insonni hech qachon sudsiz hayotdan mahrum qilishni taqiqlagan). 
X jadval 
(dafn etish qoidalari haqida) 
1. Marhumni shaharda ko‘mish va yoqish mumkin emas.
2. Marhumni yoqish uchun tayyorlangan gulxanga o‘tin bolta yordamida
yorilsin va keragidan ortiq tayyorlanmasin.
3. (Sitseron. Qonunlar haqida, II. 23.59: XII jadval qonuni dafn marosimida 
xarajatlarni cheklash maqsadida uchta kafanlik, bitta alvon rangli rido va 
o‘nta fleytachini (cholg‘uchi) hamda marhumning ruhiga tilovat qilishni 
taqiqlaydi). 
4. Ayollar dafn marosimida yuzlarini yulmasinlar va marhum ruhiga tilovat 
qilmasinlar.
5. (Sitseron. Qonunlar haqida, II. 23. 59: Dafn etish uchun ataylab 
murdaning suyaklarini yig‘masinlar, bundan jang maydonida yoki yot 
yerlarda o‘lganlar holati mustasno).
6. a) (Sitseron. Qonunlar haqida, II. 23. 59: Undan tashqari, qonunlarda 
yana quyidagi qoidalar belgilangan: mo‘miyolash, iforli suvlar sepish, 
qullarni jazolash hamda jomlarda ichimlik ichish bekor qilinadi. 
«Dabdaba bilan iforli suvlar sepilmay, uzun gulchambarlar osilmay, 
tutatqilar tutatilmay dafn etilsin»). b) (Fest. De verb. Signif. 154: XII 
jadvalda marhumlar yoniga duo o‘qilgan ichimliklar qo‘yishni bekor 
qilish e’tirof etilgan).
7. Agar kimdir shaxsan o‘zi yoki otlari, qullari (o‘yinlarda qatnashganligi 
uchun) ko‘rsatgan qahramonligi uchun chambar bilan taqdirlangan bo‘lsa, 
u odam o‘lganida unga gulchambar qo‘yish taqiqlanmagan, shuningdek, 
uning qarindoshlariga dafn marosimida chambarlar taqib qatnashishga 
ruxsat berilgan.


8. Marhumni dafn etayotganda unga qo‘shib oltin ko‘milmaydi. Agar 
marhumning tishlari tilla bilan qoplangan bo‘lsa, u holda jasadni 
shundayligicha ko‘mish yoki kuydirish qoralanmagan.
9. (Sitseron. Qonunlar haqida, II. 24. 61: Qonun mulkdorning roziligisiz 
unga tegishli binodan 60 futdan yaqinroq masofada marhumga dafn 
gulxanini yoqish yoki qabrga dafn qilishni taqiqlaydi).
10. (Sitseron. Qonunlar haqida, II. 24. 61: Qonun avvaldan dafn yoki 
jasadni kuydirish uchun joy hozirlab qo‘yishni taqiqlaydi). 

Download 66.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling