2-mavzu. Antik davr tarix falsafasi Reja


Download 16.69 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi16.69 Kb.
#1717353
Bog'liq
2-mavzu. Antik davr tarix falsafasi Reja-fayllar.org


2-mavzu. Antik davr tarix falsafasi Reja




2-mavzu. Antik davr tarix falsafasi 
Reja: 
1. Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi
2. Polibiyning tarixiy qarashlari
3. Tit Liviy asarlarida tarix falsafasi
4. Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi
Tayanch iboralar: 
Antik ongda tabiat va tarix antitezasi. Antik kosmos: fazo. Antik kosmos: vaqt. 
Teokratik tarix va afsona. Gerodot. Ilmiy tarixning yaratilishi. Yunoniston o’ylarida 
(hayolotida) tarixga qarshi tendentsyiya. Tarix fani va ahamiyati to’g’risida yunon 
ta’limoti. Yunoniston tarixiy usuli va uning chegaralari. Fukidid. Ellin davri. 
Polibiy. Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy Tatsit. Yunon-rim tarixshunosligining 
tavsifiy xususiyatlari. Insonparvarlik.
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar; 
1. Blok M. “Апология истории или ремесло историка”. – M., 1986.
2. Falsafa. Entsiklopedik lug’at. O’zR FА, I. Mo’minov nomidagi falsafa
va huquq inti. –T.:
3. ―O’zbekiston milliy entsiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.
4. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. –T.: Faylasuflar milliy jamiyati
nashriyoti, 2004.
5. G’arb falsafasi. –T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti,
2004.
6. Skirbekk G. Falsafa tarixi. Oliy o’quv yurt. uchun qo’ll. / Rus
tilidan tarj.: V. Kuznetsov. –T.: Sharq, 2002.
7. Falsafa qomusiy lug’at. –T.: Sharq nashriyoti matbaa nashriyoti, 2004.
8. Jo’raev N. Ibn Xaldunning tarix falsafasi. Muloqot jurnali. 2006, 3-4-
sonlar.
9. Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968.
10. Komilov N., Yoqubov А. Markaziy Osiyo xalqlari tafakkuri rivojida
tasavvufning o’rni. – T., Аkademiya, 2005.
11. Ubaydullaev R. Bekmurodov M., ―Аsrlar qaridan kelayotgan sado‖.
Аl-Moturidiy ta‘limoti va uning X-XII asrlarda Movarounnahr
madaniyatida tutgan o’rni. Ma‘ruzalar to’plami. – T.: O’zFА, 1999.
12. Xayrulaev M. Sharqning mashhur mutafakkiri. Аbu Nasr Forobiy.
―Fozil odamlar shahri‖. – T.: А. Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti. 1993.
13. Qur‘oni karim. – T.: Toshkent Islom universiteti nashriyoti, 2001

Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha


tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi
greklar boshqa fanlar singari tarihning ham o’z muzasi bor, bu muza Kliodir Klmo



boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon ayonlari orasida bo’lgan,


deb hisoblaganlar. Greklar tarixiy voqealar to’g’risida chiroyli va pand – nasihatli
hikoyani hammadan ko’proq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy vazifasi pand –
nasihatdan iborat deb hisoblaganlar. Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi
kishilar (logos so’z, grafo-yozaman demakdir) shaharlarning odatda o’zlari
tug’ilgan shaharlarning tarixi to’g’risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi
VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. O’z asarlarida ular biron shaharning
tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar. Geradot – ilmiy
tarixning yaratilishi. Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to’qqiz
to’mli tarix asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o’ziga xos
tarixiy novellalarni o’z ichiga oladi. Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham
katta tasir o’tkazgan, taniqli tadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning
ko’pgina fikrlari Geradotdan olinganligi, Diadorning ko’pgina tasvirlari Fukididga
yaqin turganligi qayd etiladi. Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq
oydin aytadi. Geradot yoshligididan sayohat qilishni yaxshi ko’radi. Galikarnos port
shahri, savdo-sotiq bilan shug’illanuvchi savdogarlar, yo’lovchilar shahri bo’lgani
uchunmi o’spirinlik-yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi.
Dengiz shunqori va sayohlari tilidan g’aroyib sarguzashtlarni tinglashni juda–juda
yoqtiradi. eron tarixi kitobi Geradot etiborini ayniqsa o’ziga tortadi. Xaronning
Eron tarixi kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bo’lgan Osiyodagi ko’pgina
malumotlar haqida qimmatli malumotlar bor. Gerodot tug’ilgan o’lka tarixiy
sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy voqealarni ko’p eshitgan Gerodot
keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori bo’lib, qoladi. Gerodotning ona
shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi ko’tarilgan isyonda Paniasid bilan
bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvg’in qilinadi. Shundan so’ng bo’lajak
tarixchi Osiyo bo’ylab safarga chiqishga qaror qildi. Geradot qora dengiz qirg’oqlari
bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida
qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham skiflar haqida talaygina kitoblarni
o’qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Geradot Samos orolida bir
muncha vaqt bo’lib, Osiyo bo’ylab safarga jo’naydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar
davlatining markazi bo’lgan suz shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida bo’ldi.
Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiyadagi Efrat va Tigr daryolaridan o’tadi.
Geradotning fikricha, Kaspiy bo’ylarida ko’chmanchi massagetlar yashaydi.
Massagetlar baliq go’shti, parranda va sutli taomlarni istemol qilishadi. Bu erning
xalqlari juda jangari bo’lishgan. Aytishlaricha Eron shohi Kir ham ularni o’ziga
bo’ysudira olmagan. Geradot Mesopatamiya va Vaviloniya o’lkalarining tabiatiga
ham keng to’xtaladi. Bu joylar Orol dengiziga yaqin bo’lib, ayrim tadqiqotchilar bu
o’lkalarga Geradot kelmagan deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot O’rta
Osiyo haqida muhim malumotlar keltiradi. Bu erda bir necha hokimliklar
mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi.
Bu hokimliklarni aniq nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy,
so’g’dlar, saklar, xorazmiylar va oriylar, bu o’rinda izoh talab nomlardan oriylar



Afg’onistonning g’arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o’sha


vaqtda Balx shahri bo’lgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi-g’arbiy
qismida joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, so’g’dlar Politmet
(Zarafshon) bo’ylarida, saklar Tyanshan tog’ining g’arbiy etaklarida joylashgan
edilar. Shundan so’ng Geradot Hindiston o’lkasida sayohatini davom ettirib,
Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli ma‘lumotlar
to’playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o’lkalarini ham keng tasvirlaydi.
Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko’rsatuvchi
etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaho va qadrli.
Geradotning skiflar asari jahon xazinasida munosib o’rin tutgan, bu asar juda
ko’plab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bo’lib, jahonga tanitgan ham
Geradotdir, XVII – XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning skiflar asarini
juda katta qiziqish bilan o’qishgan va juda ko’p nusxalarda tarjima qilishga buyuruq
berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi.
Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham yozganlar, lekin
skiflarning haqiqiy va birinchi targ’ibotchisi Geradot edi. Geradotning skiflar
asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha
ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Ya.
Timoshenkoning Geradot va uning asari Vitold Klingerning hikoyachilik motivlari
asarlari shuningdek, sharq xalqlarini tarixiy hikoyalari kabi juda katta ahamiyatga
ega bo’lgan ijod durdonalari yuzaga keldi. Geradot katta ishga qo’l uradi. Faqat
skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto Afrikadagi ko’pgina qabilalarning
hayotiga oid ma‘lumotlarni aks ettiradi. Geradot ijodi Tarix nomli To’qqiz kitobi
katta ilmiy xazinani tashkil etib, bu kitoblarning har qaysisi yuzlab hikoyalarni o’z
ichiga olgan. Geradot antik davrdagi boshqa olimlardan shu bilan farq qiladiki, u
fidoyi tarixchi edi. O’z hayotini tahlikaga qo’yib bo’lsada ijod dardida uzoq yurtlarni
kezdi. Jahongashta tarixchi ne-ne xavf–xatarlarlarga duch kelmadi. Bu safarlarida u
avval o’z ko’zi bilan ko’rib, qulog’i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Har qanday
faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda bo’ladi.
Yuzlab daryolarni kechib o’tadi. O’sha paytda hech bir olimning qadami etmagan
uzoq o’lkalarni kezadi. Hali ko’p ko’rilmagan mavzularni birinchi bo’lib yoritadi.
Shuning uchun ham Geradot nomi tariximizda alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning yaratilishida
Geradotning Tarix asari muhim ahamiyat kasb etadi. Polibiyning tarixiy qarashlari
Eramizdan avvalgi II asrning ikkinchi yarimida Polibiy umumiy tarixni yozgan.
Unda eramizdan avvalgi 264-146-yillardagi voqealar bayon qilingan. Uning bu asari
ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi ana‘nalariga amal
qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning
manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning o’rta dengiz sharqiy qismining hayotiga
aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o’rnatilishi muqarrar degan xulosaga
kelgan. U o’zining asrida Rimning bir qancha qabilalar va xalqlarni o’ziga
bo’ysundirilishining sabablarini ko’rsatib berishga, yani rim davlatining vujudga



kelish tarixini yaratishga harakat qilgan. Polibiy Rim davlatining qudratini uning


davlat tuzumidagi xususiyatlaridan deb bilgan, uning nazarida bu tuzumni idora
qilishining aristokratik, demokratik va monarxik shakllari ajoyib tarzda bir–biri
bilan qo’shilib ketgan. Polibiy manbalarni juda sinchiklab tekshirgan, mamlakatning
geografik holati va uning iqlimini o’rgangan. U antik davr tarixining odat hukmidagi
adabiy usullaridan foydalangan. U voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchi
nutqlarini kiritgan. Polibiy bu bilan ularning gaplariga mumkin qadar haqiqiy tus
berishga harakat qilgan. U manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy
voqealarning sabablarini ayrim shaxsning ish va harakatlarida ko’rgan xolos. Polibiy
tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning keyinchalik taraqqiyot
yo’lini belgilashga imkon beradi. Yani tarix nasihat berishi o’rgatishi mumkin
amaliy jihatdan foydali bo’lishi mumkin deb faraz qilgan. Tit Liviy asarlarida tarix
falsafasi Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o’zi yashagan davrga
o’tgan butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu g’oyat puxta asari 142 ta
kitobdan iborat bo’lgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa ba‘zi kitoblaridan
parchalar saqlangan xolos. Tit Liviy tarixni yodgorlik deb bilgan. Uning fikricha,
tarix o’rnak bo’la oladigan namunalarni ko’rsatishi bizning avlodlarimiz ko’p-yillar
davomida ko’rib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga o’rgatishi lozim. Tit
Liviy voqealarning sababli bog’lanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu voqealar
rostmi – yo’qmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid, Polibiy
asarlariga xos tarixiy tanqidlar yo’q. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga uringan u
bu urinishda muvaffaqiyat qozona olmagan. Uning birinchi ikkinchisidan asrlar
ajratib turgan qahramonni bir xil chiroyli fikr yuritishadi, bir xil harakat qilishadi va
bir xil gapirishadi. Tit Liviyning respublika tarixidan qimmatli manba bo’lish
asarlari muallifning fikricha kitobxonga chuqur tasir qilmog’i lozim 68 bo’lmagan.
Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas, balki V.G.Belinskiy aytganidek, sanatkorning
asari sanat asaridir. Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi Korneliy
Tatsit (taxminan 54-120-yillar) bu davr eng mashhur tarixchilardandir. Zodagon
suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada harbiy xizmatda bo’lgan. U
mashhur lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin do’sti bo’lgan. Imperator
Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik qilgan Tatsit
imperatorning qahridan ko’r qilib bir necha vaqtgacha surgunda yurgan. Domitsian
halok bo’lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan so’ng u senator bo’lib olib,
magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy faoliyati ham ana shu
davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68-yilidan to 96-yiligacha bo’lgan davrni
ichiga olgan tarixlar ni, Avgustning o’limidan (eramizning 14 --yili) Neronning
halokatigacha (eramizning 68 –-yili) bo’lgan davrning -yilnomalar ini, shuningdek
Germaniya nomli kichikroq asarini yozgan. Tatsit bu so’nggi asarida german
qabilalarining va Rim imperiyasi tuprog’idan tashqari yashagan boshqa Yevropa
qabilalari va elatlarining etnografiyasini mufassal bayon qilgan. Tatsit o’z asarlarida
ayniqsa -yilnoma larida Rimning o’tmish respublika davrini ko’klarga ko’tarib
maqtagan bo’lsa, o’z zamonasining siyosiy tartibini Yuliy – Klavdiylar sulolasidan



bo’lgan imperatorning o’zboshimchaligi va istebdodini qattiq qoralab yozgan.


F.Engels Tatsitni eski Rim patritsiylari tafakkurining so’nggi namoyandasi degan
edi. Tatsit siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u o’zining bayon
qiladigan materiallarini asl hujjatlar asosida sinchiklab o’rganib chiqqan -yilnoma
larida keltirilgannutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya malumotlari
bilan tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib
kelgan. Tarixlar ining uchdan bir qismigina saqlangan -yilnomalar ini ko’p qismi
saqlanmagan, shunday bo’lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi
Rim imperiyasi tarixi to’g’risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi.
Savollar:
1. Teokratik tarix va afsona haqida nimalarni bilasiz?
2. Ilmiy tarixning yaratilishi to’g’risida ayting.
3. Tarix fani va ahamiyati to’g’risida yunon ta‘limoti?
4. Rim tarixchilari qarashlarini ayting.
5. Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari?



http://fayllar.org
Download 16.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling