Qazib olish tizimi


Download 16.62 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi16.62 Kb.
#1303468
  1   2   3
Bog'liq
Қазиб олиш тизими uz-assistant.uz



Qazib olish tizimi
Qazib olishbu qaziladigan uchastkadan rudani massivdan ajratib olib, hosil bo‘lgan bo‘shliqning turg‘unligini saqlab turishga qaratilgan turli texnologik jarayonlar majmuidir.
Qazib olish tartibi – qazib olinadigan uchastkani qazib olishda, qazilgan bo‘shliq harakteri bilan harakterladi.
Qazish ishlari texnologiyasi deganda, foydali qazilmani samarali va xavfsiz qazib chiqarish jarayonlarini maʼlum mexanizasiya vositalari yordamida qazib olish, hamda ishni tashkil qilishni o‘zaro bog‘lab olib borishni taʼminlaydigan, qazish uchastkasi hududida joylashgan kon lahimlari majmuasining bunyod etilishi tushuniladi. Foydali qazilmalarni qazish ikki ko‘rinishda, yaʼni qazilmaning agregat holatini o‘zgartirmasdan qazish va o‘zgartirib chiqarib olish ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.
Qazish tizimini tanlab olishga juda ko‘p kon-geologik va kon-texnik omillar taʼsir etadi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz. Ruda tanasi qalinligi qazish ishlari va kon lahimlarini o‘tkazish texnologiyasiga taʼsir ko‘rsatadi. Masalan, yupqa va o‘rtacha qalinlikka ega bo‘lgan ruda tanalari, shuningdek, qalin o‘ta qiya joylashgan qatlamlarning bir ismi butun qalinligi bo‘yicha qazib olinadi, qalin yotiq tanalar esa tabaqalarga ajratib qazib olinadi. Ruda tanasi og‘ish burchagi rudani kavjoy bo‘ylab tashishga taʼsir etadi: og‘ish burchagi 20–25° gacha bo‘lganda foydali qazilma mexanik vositalar yordamida tashilsa, og‘ish burchagi katta bo‘lgan sharoitlarda ruda o‘z og‘irlik kuchi taʼsirida tashish shtrekiga tushadi. Ruda tanasi atrof jinslarining parchalanini yoki ohista egilish xususiyati kon bosimini boshqarish usulini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jinslarning bu xususiyati qazish ishlarini mexanizasiyalash vositalariga ham taʼsir ko‘rsatadi. Turg‘unlik xususiyati esa kon-tayyorlov lahimlarini qatlam orasidan yoki kon jinslari orasidan o‘tkazish lozimligini belgilab beradi. Massivdagi geologik buzilishlar uni qazib olish ishlarini murakkablashtiradi. Shu sababli qazish tizimini tanlash va uning elementlarini asoslash, shuningdek, qazish jarayonlari uzluksizligini taʼminlash masalalarini geologik buzilishlarni hisobga olgan holda hal qilish lozimdir. Qazish tizimini tanlashga kon jinslarining darzdorligi, ularning yo‘nalishi, og‘ish burchagi, ruda tanasi qalinligi, qazish chuqurligi, qazib olish yo‘nalishiga mos kelishi yoki kelmasligiga ham taʼsir ko‘rsatadi. Darzliklarning mavjudligi va ularning yo‘nalish tarzi kavjoylarini cho‘ziqlik bo‘yicha qanday joylashtirish lozimligi, kavjoy oldi bo‘shlig‘i shipining turg‘unligi, mehnat unumdorligi va xavfsizligi kabi ko‘rsatkichlarga ham sezilarli taʼsir ko‘rsatadi.
Qazish tizimini tanlashga taʼsir etuvchi omillar soni juda ko‘p. Shu sababli ularning har birini o‘rganib, qazish ishlari tizimini tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Qazib olish tizimining qo‘llanilish sharoiti.
Qazib olish tizimining asosiy 8 ta sinf mavjud bo‘lib, ularning har - biri o‘ziga xos ahamiyatga ega. Har – bir guruhning o‘z qo‘llanilish sharoitlari mavjud. Masalan, qazib olish yo‘nalishi, ruda tanasining yotish elementlari, cho‘ziqlik bo‘yicha shakllari, ruda tanasi qalinligi, qiyalik burchagi, qazish chuqurligi, atrof tog‘ jinsi mustahkamligi, kon-geologik, kon-texnik sharoitlari, massiv turunlik ko‘rinishlari, ruda tanasi shakli, fizik-mexanik xususiyati, darzdorligi,foydali qazilmaga qo‘yilgan tannarx kabi omillarga tayanadi.
Foydali qazilma konlarini qazib olishda quyidagi talablarga rioya qilish shart:

  1. Xavfsiz mehnat sharoitini yaratish.

  2. Mehnat unumdorligining texnikaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori darajada bo‘lishiga erishish, mahsulotni yuqori sifatli bo‘lishini taʼminlash, kapital qo‘yilmalarning yuqori samaradorligi va foydaliligi, rudani qazib olish va qayta ishlash jarayonida imkon darajasida foydali komponentalar kam yo‘qotilishiga, mahsulot tannarxining minimal o‘lchamda bo‘lishiga erishishdan iborat.

  3. Rudnikning berilgan qazib chiqarish rejasini va ruda sifat ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini taʼminlash.

Men ushbu bitiruv malakaviy ishida konning kon-geologik va kon texnik sharoitlaridan kelib chiqqan holda kon sharoitida mapqbul qazib olish tizimi va uning tarkibiy qismi hisoblanuvchi tayyorlash va qirqish ishlarini tanlash maqsadida rudani magazinlab qazib olish tizimining 2 xil varianti, yaʼni:
-rudani magazinlab qazib oilsh va qazib olingan rudani blok ro‘parasidan chiqazish varianti;
- rudani magazinlab qazib oilsh va qazib olingan rudani blok ostidan chiqazish variantlarini tanladim hamda ushbu variantlarini texnik iqtisodiy jihatdan taqqoslashni o‘z oldimga maqsad qilib oldim.



Download 16.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling