Qazib olish tizimi


Rudani magazinlab qazib olish va qazib olingan rudani blok ro‘parasidan chiqazish varianti


Download 16.62 Kb.
bet3/3
Sana28.03.2023
Hajmi16.62 Kb.
#1303468
1   2   3
Bog'liq
Қазиб олиш тизими uz-assistant.uz

Rudani magazinlab qazib olish va qazib olingan rudani blok ro‘parasidan chiqazish varianti


Qazib olish tizimining ushbu variantida blokni qazib olishga tayyorlash ishlari quyidagicha amalga oshiriladi: ruda tanasiga parallel ravishda 6-8 metr uzoqlikda atrof tog‘ jinslaridan tashish shtreki o‘tiladi. Tashish shtrekidan ruda tanasiga perpendikulyar ravishda har 4-6 metr masofada ortlar o‘tiladi. Ortlar maʼdan tanasini kesib o‘tadi va to‘xtaydi. 7-8 ta ortlar oralig‘i bitta blok uzunligini tashkil qiladi, yaʼni 40-50 metrlik uzunlikda. Maʼdan tanasi bo‘ylab 1-chi va 8-chi ortlar blokning chegaralari hisoblanadi. 1-chi va 8-chi ortlardan maʼdan tanasidan unig og‘ish burchagiga mos ravishda vosstayuщiylar yuqori qavat gorizontigacha o‘tqaziladi. Vosstayuщiylar o‘tish uchun qulaylik yaratish, yaʼni odam harakati va o‘tish jarayonida portlatilgan tog‘ jinslarini tushirish bo‘linmalarini alohida ajratish va blok ichida qazish jarayonidan vosstayuщiyni saqlab qolish maqsadida, vosstyuщiydan 3-4 metr oralig‘da tutashmalar o‘tiladi.Tutashmalarinng uzunligi 3 metrni tashkil etadi. Qirqish ishlari 2-chi ortdan 7-chi ortgacha, yaʼni 2 chi ortdan 7 chi ortgacha, maʼdan tanasi bo‘ylab 2 metrlik balandlikda kesma shtrek (podsechnoy shtrek) o‘tish bilan boshlanadi. Shu tartibda blok yuqori gorizontga 5-6 metrlik himoya seliklari qolguncha qazib olinadi. Himoya seliklari yuqori gorizont tugatilgan blok ichidagi tog‘ jinslarini pastgi blokga tushishdan saqlaydi. Blokda qazish ishlari tugatilgandan so‘ng, vosstayuщiylardan o‘tilgan burg‘ilash kamerasidan himoya selik bo‘ylab loyiha asosida skvajinalar o‘tiladi va portlatiladi.
Blokni qazish jarayonida qulatilgan rudaning 30-35% chiqaziladi va qazish ishlari tugagandan so‘ng chiqazish ishlari to‘liqligicha amalga oshiriladi.
Download 16.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling