Fan: Operatsion tizimlar 18-19 ma’ruzalar. Ma’lumotlarni kiritish-chiqazish tizimi. O’qituvchi: Abdirazakov F


Download 265.2 Kb.
bet1/5
Sana03.11.2023
Hajmi265.2 Kb.
#1744702
  1   2   3   4   5
Bog'liq
OT18019

Fan: Operatsion tizimlar 18-19 ma’ruzalar. Ma’lumotlarni kiritish-chiqazish tizimi.

O’qituvchi: Abdirazakov F


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi

REJA

  • Ma’lumotlarni kiritish-chiqazish tizimi
  • Kiritish-chiqarish qurilmalari
  • Kiritish-chiqarish kontrollerlari
  • Disklar va ular ustidagi bajariladigan amallar
  • Foydalanuvchi interfeysi qurilmalari: klaviatura, sichqoncha, monitor
  • Kiritish-chiqarishning dasturiy ta'minoti
  • Drayverlar
  • Kontrollerlarning DMA xotiraga to‘g‘ri murojati
  • Energiya tejamkorligini boshqarishda operatsion tizimlarning roli

Operatsion tizimlarda kiritish-chiqarish tizimi

  • Operatsion tizim (OT) jarayonlar, manzilli fazo va fayllar tizimi kabi abstraktsiyalardan tashqari kompyuterga ulangan barcha kiritish-chiqarish qurilmalarini ham boshqaradi. U qurilmalarga buyruqlar berishi, uzilishlarni ushlab turishi va xatoliklarni hal qilishi kerak. Kiritish-chiqarish ost tizimi kodi OTning muhim qismidir. Ushbu ma’ruzada asosiy e'tibor OT qurilmalarni va kiritish-chiqarish jarayonini qanday boshqarishi haqida ma’lumotlar beriladi.
  • Turli mutaxassislar kiritish-chiqarish qurilmalar haqida turli farazlari bor. Elektronika muhandislari mikrosxemalar, simlar, quvvat manbalari va boshqa fizik qismlarga e'tibor berishadi. Dasturchilar asosan dasturiy interfeysga (apparat qabul qiladigan buyruqlar, bajaradigan funktsiyalar va xabar berishi mumkin bo'lgan xatolarga) e'tibor berishadi.

Kiritish-chiqarish qurilmalari

  • Kiritish-chiqazish qurilmalari shartli ravishda ikki turga bo'lish mumkin: blokli qurilmalar va belgili (simvolli) qurilmalar.
  • Blokli qurilmalar - ma'lumotlarni fiksirlangan uzunlikdagi bloklarda saqlashga mo’ljallangan bo’lib, har biri o'z manziliga ega.
  • Odatda, blok o'lchamlari 512 dan 65 536 baytgacha bo’ladi.
  • Ma'lumotlarni uzatish bir butun yoki bir nechta (ketma-ket) bloklardan iborat paketlarda amalga oshiriladi.
  • Blokli qurilmalar har bir blokni boshqa barcha bloklardan mustaqil ravishda o‘qish yoki yozish imkoniyatiga ega.
  • Eng keng tarqalgan blokli qurilmalarga qattiq disklar, Blu-ray disklari va USB flesh-disklar kiradi.

Download 265.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling