1. Birinchi Jahon urushining Turkiston o`lkasiga tasiri


Download 329.87 Kb.
bet6/7
Sana07.02.2023
Hajmi329.87 Kb.
#1175386
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-JAHON URUSHI

Viloyatlarda harbiy gubernatorlik tizimi barham toptirilib, viloyat komissarlari instituti vujudga keltirildi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan bolsheviklar, mensheviklar va eserlar partiyalarining Turkistondagi mahalliy tashkilotlari etakchiligida o’lkaning bir qator yirik shaharlarida ishchi, askar deputlari sovetlari tashkil topdi. Tez orada mahalliy aholi vakillaridan iborat musulmon ishchi va askar deputlari sovetlari ham tuzila boshlandi. Muvaqqat hukumatning 1917 yil may oyi boshlarida chiqargan farmoniga binoan Turkistondan jalb qilingan mardikorlar o’z ona yurtlariga qaytib kela boshladi. Yurt istiqboli va istiqloli uchun qayg’uruvchi vatanparvar, hurriyatparvar kuchlar harakat qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun ko’p yillar fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining rahnamolari alohida o’rin tutdi.


Ular mahalliy aholining siyosiy ongini o’stirish, hal qiluvchi kurashlarga etaklab borish maqsadida o’lkaning ko’plab shaharlarida vaqtli matbuot nashrlari - gazeta va jurnallar chiqara boshladilar. Masalan, Toshkentda “Xurshid”, “Sadoi Turkiston”, “Turk eli”, “Najot”, “Kengash”, “Sho’roi islom”, Samarqandda “Oyna”, “Hurriyat”, Buxoroda “Turon”, “Buxoroi sharif”, Qo’qonda “Sadoi Farg’ona”, “Tirik so’z” nomli matbuot nashrlari o’z sahifalarida markazdagi siyosiy vaziyatni, joylardagi ahvolni, o’tkir ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishda, mahalliy aholi ommasini siyosiy - g’oyaviy jihatdan tayyorlab borishda muhim rol o’ynadi. Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917 yil aprelidan chiqarila boshlagan “Turon” gazetasining ilk sonida “Yashasin xalq jumhuriyati” shiori birinchi bor yangragan edi. Unda aniq maqsad -maslak: “Musulmonlar orasida ko’p yillardan buyon davom etgan umumga zo’rlik, bid’at odatlarni bitirmak, kelajakda bo’ladigan jumhuriy idoraga xalqni tayyorlamoq” g’oyasi ilgari surilgan edi.

Xuddi shuningdek, Munavvar Qorining o’sha yili “Najot” gazetasining 26 mart sonida bosilgan «Xurriyat berilmas, olinur”, degan xitob ham jadidlarning xalq ozodligi va istiqloli yo’lida jiddiy kurashga bel bog’laganliklaridan dalolat berardi. Sho’roi Islomiya Turkiston jadidlari faqat targ’ibot-tashviqotchilik ishlari bilangina cheklanib qolmasdan, shu bilan birgalikda siyosiy tashkilotlar, partiyalar tuzish, ularning faoliyatini islohotchilik maqsadlari sari yo’naltirish bilan ham jiddiy shug’ullanib bordilar. Chunonchi, 1917 yil 14 martda Toshkentda “Sho’roi Islomiya” tashkiloti tuzildi. Hur va demokratik Turkiston uchun kurash uning asosiy g’oyasi va bosh maqsadi edi. 15 kishidan iborat rayosat tarkibidan Munavvar qori Abdurashidxonov (etakchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo’minboev, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Salimxon Tillaxonov singari yurt rahnamolari o’rin olgan edilar. O’lkaning turli joylarida “Sho’roi Islomiya”ning quyi shu’balari tuzilib, ular aholi orasida qizg’in faoliyat yuritdilar. Shuningdek, “Sho’roi Islomiya” ta’sirida joylarda turli nomlarda tashkilotlar tuzildi.

  • Xuddi shuningdek, Munavvar Qorining o’sha yili “Najot” gazetasining 26 mart sonida bosilgan «Xurriyat berilmas, olinur”, degan xitob ham jadidlarning xalq ozodligi va istiqloli yo’lida jiddiy kurashga bel bog’laganliklaridan dalolat berardi. Sho’roi Islomiya Turkiston jadidlari faqat targ’ibot-tashviqotchilik ishlari bilangina cheklanib qolmasdan, shu bilan birgalikda siyosiy tashkilotlar, partiyalar tuzish, ularning faoliyatini islohotchilik maqsadlari sari yo’naltirish bilan ham jiddiy shug’ullanib bordilar. Chunonchi, 1917 yil 14 martda Toshkentda “Sho’roi Islomiya” tashkiloti tuzildi. Hur va demokratik Turkiston uchun kurash uning asosiy g’oyasi va bosh maqsadi edi. 15 kishidan iborat rayosat tarkibidan Munavvar qori Abdurashidxonov (etakchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo’minboev, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev, Salimxon Tillaxonov singari yurt rahnamolari o’rin olgan edilar. O’lkaning turli joylarida “Sho’roi Islomiya”ning quyi shu’balari tuzilib, ular aholi orasida qizg’in faoliyat yuritdilar. Shuningdek, “Sho’roi Islomiya” ta’sirida joylarda turli nomlarda tashkilotlar tuzildi.

Download 329.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling