1. Birinchi Jahon urushining Turkiston o`lkasiga tasiri
Turkiston o`lkasi mahalliy xalqlarining farmonga munosabati
Download 329.87 Kb.
|
2-JAHON URUSHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston o`lkasi mahalliy xalqlarining farmonga munosabati.
- 1916 yil qo`zg`olonining turli viloyatlardagi o`ziga xos xususiyatlari (Xo`jand, Samarqand, Toshkеnt, Farg`ona, Jizzax va boshqalar).
Turkiston o`lkasi mahalliy xalqlarining farmonga munosabati. Qishloq xo`jaligida yig‘im terim ishlari boshlanib, ro`zg‘or yurituvchi, oila boquvchi erkaklarning noma’lum muddatga uzoq o`lkalarga mardikorlikka safarbar etilishi chorizmning mustamlaka siyosatidan, mahalliy boylarning siquvidan ezilib ketgan xalqning sabr kosasini to`ldirib yubordi.
Mustamlaka ma’muriyati zulmiga qarshi qo`zg‘olonlarning eng kattasi Jizzax shahrida bo`lib o`tdi. Nazirxo`ja eshon boshchilik qilgan bu qo`zg‘olon shu qadar katta bo`ldiki, bu tarixda “Jizzax qo`zg‘oloni” nomini oldi. 1916-yil 12-13 iyul kunlari boshlangan g‘alayonlar natijasida qo`zg‘olonchilar qo`llariga nima tushsa qurollanib, eski shahardan yangi shahar tomon yo`l oldilar, uezd ma’muriyatini yakson qildilar. Jizzaxning yangi shahar bilan eski shahar o`rtasida yordamga kelgan jazo otryadi qo‘zg‘olonchilarni o`qqa tutdi. To`qnashuvlarda 11 kishi halok bo`ldi. Olomon orqaga qaytishga majbur bo`ldi.
17-iyulga kelib butun Turkiston o`lkasida harbiy holat e’lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma’murlarga juda katta huquqlar berildi. Shu munosabat bilan aholining ko`cha va maydonlarda to`planishi taqiqlandi. Imperiya ma’murlari harbiy kuch ishlatib, bu yerdagi qo`zg‘olonni bostirishga mavaffaq bo`ldilar. Jizzax qo`zg‘oloni bo`yicha mingga yaqin kishi qamoqqa olindi. 151 kishining ishi sudga berildi. Shulardan 84 kishi osib o`ldirishga hukm qilindi, biroq bu jazo ham keyinroq “yumshatilib” boshqa jazolar berildi. Download 329.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling