1. Birja tarixi


Tovar birjasining tashkil etish bosqichlar


Download 94.64 Kb.
bet19/26
Sana11.11.2023
Hajmi94.64 Kb.
#1767401
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
1. Birja tarixi-fayllar.org

33. Tovar birjasining tashkil etish bosqichlar.
Agsosiy masala tovar birjasi joylashadigan joyni va u erda sotiladigan mahsulot turlarini tanlash hisoblanadi. Jahon tajribasining guvohlik berishicha, birjalar, qoidaga ko'ra, ko'proq eng mujassamlangan moddiy resurslar manbalariga maksimal yaqinlikdagi yirik markazlarda joylashishi lozim.Birinchi bosqichda bu ishning tashabbuskorlari ular birja rivojlanishining dastlabki bosqichida va kelajakda bozor tomon harakatlanishda nimani olishi mumkinlini va istayotganini aniq belgilab olishi zarur. Ikkinchi bosqichda birja sotishga ixtisoslashadigan tovarlarni oldindan tanlab olish kerak. Birja tovarining belgilari:
1. Standartlashtirilganlik;
2. Bir-birni almashtira olish;
3. Monopoliyalashuv darajasi pastligi;
4. Ishlab chiqarishning ommaviyligi.
Qoidaga ko'ra, birja tovari kelajakda undan kutish mumkin bo'lgan barqaror talab kabi tavsifga ham ega bo'ladi. Tovar birjasi tashkil etiladigan shaharni tanlashga keladigan bo'lsak, avvalo, ombor binolari va rivojlangan axborot tarmoqlarining mavjudligi kabi omillarni hisobga olish zarur. Uchinchi bosqichda tovar birjasi yaratishning tashabbuskorlari uning potentsial ta'sischilarini tanlaydilar. Buning uchun tashabbuskorlar tomonidan xo'jalik faoliyati jarayonida to'plangan axborot, shuningdek, boshqa tashkilotlarda, masalan, statistika boshqarmasida mavjud axborotdan foydalaniladi. Potentsial ta'sischilarni tanlash ularda birjani yaratish uchun moliyaviy mablag'lar kiritish imkoniyatining mavjudligi, birja savdolariga moddiy resurslarni jalb qilish, korxona va tashkilotlar bilan keng aloqalardan kelib chiqib amalga oshiriladi.Keyingi, to'rtinchi bosqichda asosiy e'tiborni tovar birjasini uning bo'lajak ta'sischilariga reklama qilishga qaratish lozim. Har qanday tovar birjasi ikkita asosiy faoliyat yo'nalishiga ega: bir tomondan, ulgurji savdo va boshqa tomondan, narx kotirovkasi.Tovar birjasi, qoidaga ko'ra, tijorat tashkiloti hisoblanmayd. Katta foyda olish uning maqsadi emas. Ma'lum bir shartlilik bilan tovar birjalarini manfaatdor ishlab chio'aruvchilar va vositachi firmalar tomonidan uning qatnashchilaridan har biriga sotuv va xarid operatsiyalvri o'tkazishni ta'minlaydigan, tartibga solinadigan tovarlar bozorini tashkil qilish loyihasini birgalikda amalga oshirish uchun yaratiladigan konsortsium shaklida ifodalash mumkin. Qatnashchilar oladigan foyda tijorat ishlarini o'tkazishga xarajatlarni tejash bilan ta'minlanadi.Birja bu ulgurji tovarni shakllantiradigan klassik bozor iqtisodiyoti instituti. Birja quyidagilarga ega:
tashkiliy asoslar;
• iqtisodiy asoslar;
• yuridik asoslar.


Download 94.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling