Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan расчетно графическая работа
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Расчетно графическая работа 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: SIQT-1
- TOSHKENT shahrining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi Reja 1 Toshkent tarixi 2
Mintaqaviy iqtisodiyot fanidan РАСЧЕТНО ГРАФИЧЕСКАЯ РАБОТА Bajardi: SIQT-1 guruhi, 2-bosqich talabasi ABDULLAYEVA DILAFRUZ Qabul qiluvchi:_________________ Toshkent 2023 TOSHKENT shahrining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi Reja 1 Toshkent tarixi 2 Grafik joylashuvi, iqlimi, transpot, aholisi 3 Xulosa Qadimgi Toshkent Geografik jihatdan juda qulay, iqlimi moʻtadil boʻlgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq oʻtmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarnint guvohlik berishicha, miloddan avvvalgi Ikkinchi ming yillikning oxiri va birinchi ming yillikning boshlarida koʻchmanchi chorvador aholining oʻtroqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan. Hali sugʻorma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati boʻlmagan Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bogʻlab olishga qurbilari kelmagan boʻlsada, lekin, daryo toshqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil boʻlgan irmoqlar boʻyida, tabiiy zaxob yerlarda dehqonchilik qilganlar. Hozirgi Toshkentning Qorasuv , Salor va Joʻn arigʻidan sugʻoriladigan janubiy qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km janubida Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufayli tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʻlgan. Milloddan avvvalgi 6—4 asrlarda Qorasuv , Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. 1980 — 82 yillarda olib borilgan qazish ishlari uning mil. av. 6—4- asrlar va 2—1-asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Joʻn arigʻiga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan oʻralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling