8-mavzu: Toshkent bekligi Reja


Download 381.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.11.2023
Hajmi381.46 Kb.
#1737481
  1   2
Bog'liq
8 maruza



[Введите текст] 

8-mavzu: Toshkent bekligi 
Reja: 
1. Toshkentda alohida mustaqil hokimiyatning yuzaga kelishi.
2.Chor hokimiyatchilik. Toshkent va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi munosabatlar. 
Tayanch tushunchalar: Chirchiq va Ohangaron,
 
Qorasuv, Salor va Joʻn 
arigʻi,
 
Buyuk ipak yoʻli,
 
Yevropa, Hindiston va Xitoy. 
Geografik jihatdan juda qulay, iqlimi moʻʼtadil boʻlgan Chirchiq va Ohangaron 
vodiylarida uzoq oʻtmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan 
aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarning guvohlik berishicha, miloddan 
avvvalgi Ikkinchi ming yillikning oxiri va birinchi ming yillikning boshlarida 
koʻchmanchi chorvador aholining oʻtroqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya 
boshlagan.Hali sugʻorma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati 
boʻlmagan Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan 
suv bogʻlab olishga qurbilari kelmagan boʻlsada, lekin, daryo toshqinlari va 
adirlardan kelgan suvlardan hosil boʻlgan irmoqlar boʻyida, tabiiy zaxob yerlarda 
dehqonchilik qilganlar.Hozirgi Toshkentning Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻidan 
sugʻoriladigan janubiy qismida shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil 
topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval 
shahardan 30 km janubida Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufayli tarix 
fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur boʻlgan.Milloddan avvvalgi 6—
4 asrlarda Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad 
koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib 
ochilgan qalʼa xarobasidir.1980—82 yillarda olib borilgan qazish ishlari uning mil. 
av. 6-4-asrlar va 2-1-asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir 
tomoni Joʻn arigʻiga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq, marza bilan 
oʻralib, qalʼa, istehkom qiyofasini olgan. qadimgi aholisi chorvachilik 
(qoramolchilik, yilqichilik, qoʻychilik hamda tuyachilik) bilan shugʻullangan. 
Qadimgi 
shoshtepaliklar jez va temirdan qurol-yarogʻ 
va 
asboblar 
yasashni, kulolchilik hamda toʻqimachilikni yaxshi 
bilgan. 
Shubhasiz, 
bu 
qishloqlarda, keyinchalik Toshkent vohasida shahar madaniyati shaqllanib, qadimgi 
Toshkentning asta-sekin qad koʻtarishiga zamin boʻldi.Mil. av. 2-1-asrlarda 
Shoshtepada qadimgi shahar belgilari paydo boʻddi. Qadimgi qishloq xarobalari 
ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼa 
(qoʻrgʻon) qad koʻtardi. Mil. 2-1-asrlarda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) 
qadimgi Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 smli bu suyak qalamning bir tomoni yozish 
uchun uchli qilib, ikkinchi oʻchirgich tomoni esa qiyshiq koʻp burchak shaklida 


[Введите текст] 

kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham 
xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi.Shoshtepadagi arxeologik obidalar 
shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli meʼmoriy majmuoti, 
hunarmandchilik buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar 
milod 
boʻsagʻasida 
Toshkent 
vohasida 
shahar 
madaniyati 
rivojlanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini 
koʻrsatadi. Shoshtepani oʻrganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi 
huddi shu davrdan boshlangan, yaʼni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb 
baholashga imkon berdi.lodning 1-asriga kelib Chirchiq, Salor, Qorasuv 
boʻylaridagi vohaning qariyb yarmidan koʻprogʻi oʻzlashtirilib obod etilgan. Salor 
yonida joylashgan Choch shahri bu davrda har tomonlama yetakchi mavqega ega 
boʻlib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb 
hisoblaydilar.Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining 
Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol oʻynagan. Bu 
shahar 6—8 asrlarda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk xoqonligi tarkibiga 
kirishi, uning Qoramozor togʻlaridagi konlar yaqinida joylashganligi, 
hunarmandchilik mahsulotlariga doimo muhtoj dasht koʻchmanchilarining 
yondoshligi, shuningdek, asosiy karvon yoʻllari, xususan, Buyuk ipak 
yoʻli vohaning shimoliy hududlaridan oʻtishi uni tezda Choch davlatining poytaxti 
boʻlib qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan oʻrab 
olinib, maxsus saroyqalʼa qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab 
chiqarish qurollari va uyroʻzgʻor buyumlari bu yerda yuksak madaniyat boʻlganidan 
dalolat beradi. Manbalarga koʻra, shahar, Ichida saroy, ibodatxona boʻlgan ark, 
amaldorlarning uylari joylashgan shahriston, hunarmandlar mahallalari oʻrnashgan 
ichki va tashqi rabodlardan iborat boʻlgan.Shahar atrofida ozod jamoalarning keng 
ekinzorlari, qishloqlari, ilk zamindorlik dehqonlarining qoʻrgʻon va bogʻ-rogʻlari, 
istehkomlari paydo boʻlgan. Ekinzor yerlar va bogʻlar chekkasida — 
koʻchmanchilar dashtiga tutash chegaralarda mudofaa istehkomlari qurilgan. Arab 
manbalarida bu shahar Chochning poytaxti — „Madinat ash Shosh“ (Shosh shahri) 
deb atalgan.Choch poytaxti hunarmandlari metalldan mehnat qurollari, yarogʻ-
aslahalar, zeb-ziynat va roʻzgʻor buyumlari yasashgan, koʻnchilik bilan 
shugʻullanishgan, paxta va junshisha idishlar, zargarlik buyumlari yasab, ichki va 
tashqi savdoni taʼminlashgan.Shahar qizgʻin savdo markazi ham boʻlgan. 
Gʻarbda Vizantiyadan tortib, sharqsa Xitoygacha boʻlgan davlatlarning Toshkent 
hududidan topilgan tangalari shundan dalolat beradi. Choch hokimi ham oʻz 
tangalarini zarb qildirgan. IV—VII asrlarda Chochda kumush tangalar 
chiqaradigan zarbxona boʻlgan.Qadimgi 
Choch hukmdorlari old tomoniga 
mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki 
sulolaviy ayri tamgʻa tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning huddi shu davrda 


[Введите текст] 

zarb etilgan baʼzi tangalari orasida hukmdor bilan yonma-yon turgan malika tasviri 
tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk oʻrta asr ijtimoiy 
va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga 
ega boʻlganligini koʻrsatadi. Ular „Shoʻrxon xotun“ va „Kabachxotun“ (uy malikasi) 
kabi sharafli nomlar bilan ulugʻlanib, shahar tashqarisida joylashgan soʻlim 
qarorgohda istiqomat qilganlar. Bunday oyimlar yashagan joy „Achabat“ (Katta ona 
qoʻnogʻi) deb yuritilgan. Savdosotiq va hunarmandchilik bilan birga madaniyat ham 
yuksalgan. Manbalarga koʻra, tasviriy sanʼat va, ayniqsa, musiqa rivoj topgan.Arab 
qoʻshinlari Chochga ilk bor 713-yilda bostirib kelishgan. Tabariyning yozishicha, 
Chochni zabt etish uchun arablar 20 ming kishilik qoʻshin tortgan. Shahar aholisi 
arablarga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatgan. Pekin, arablar koʻp oʻtmay Chochni 
bosib olganlar va talon-toroj qilib katga oʻlja bilan qaytganlar. Arab istilochilari 
tomonidan vayron etilgan shahar oʻzini oʻnglay olmadi. Faqat 9-asrga kelib, avvalgi 
oʻrnidan 4– 5 km shimoli-gʻarbroqda, Boʻzsuv kanalidan chiqarilgan Kaykovus 
(Kolkohdiz) arigʻi yonida yangitdan vujudga kedli va yana Chochning poytaxtiga 
aylanib, jadal taraqqiy eta boshladi. Bu yangi shahar arab manbalarida Binkat 
(uzoqdan koʻrinib turuvchi yoki quyi shahar) deb tilga olinadi. Bu nom 9— 10-
asrlarda zarb etilgan kumush va chaqa tangalarda Shosh va Madinat ash Shosh 
nomlari bilan bir qatorda uchraydi. Bu shaharda ham hunarmandchilik va savdo-
sotiq tez rivoj topdi. Arablar dashtlik chorvador kabilalar hujumidan hosildor 
yerlarni muhofaza qilish maqsadida 8-asrning 70-yillarida Chirchiq vohasining 
shimoli-gʻarbiy chegaralari boʻylab Soyliq qishlogʻi yonidagi togʻlardan 
to Sirdaryogacha devor qurdirganlar. Uning xarobalari Kampir devor nomida 
saqlanib qolgan.9—10-asrlarda 
Shosh Somoniylarga tobe 
boʻlgan. Yozma 
manbalar va arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, Binkat shahrining 
keyingi asrlardagi oʻrni Shosh Toshkentning toʻrt dahasida, asosan, uchtasi — 
Sebzor, Koʻkcha, Beshyogʻoch hududida joylashgan boʻlib, u alohida qalin devorlar 
bilan oʻrab olingan 4 qism: ark (oʻrda), shahriston (shaharning asosiy qismi) hamda 
ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan iborat boʻlgan va bir necha 
qator mudofaa devori bilan oʻralgan. Shu davrdagi ark (maydoni 3 ga) va shahriston 
(maydoni 15 gektarcha) shahar markazida hozirgi Shayxontohur tumani hududidagi 
Eski joʻva bozori va undan sharqdagi katta tepalikda joylashgan. Qalʼada hukmdor 
saroyi va zindon boʻlgan. Saroyning bir darvoza (qopqa)sidan shahristonga, 
boshqasidan shaharning ichki rabodiga chiqilgan. Shahar markazida bozor boʻlgan, 
u „Joʻba“ deb yuritilgan. Markaz bilan shahar darvozalari koʻchalar orqali 
bogʻlangan. Bir va ikki qavatli paxsa yoki sinchkori devorli hovlili qilib turar joylar 
qurilgan. Ichki va tashqi rabod devorlari oraligʻi 4 km boʻlgan. Shaharda kulolchilik, 
oʻqyoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari ishlab chiqarish. 
rivojlangan.10-asr oxiri — 12-asr oʻrtalarida Choch Qoraxoniylar davlati tarkibiga 


[Введите текст] 

kirdi. 
1214—15 
yillarda Muhammad 
Xorazmshoh qoraxitoylar qoʻshini 
hamda naymanlar xoni Kuchluq bilan jang qilib, Shosh viloyatini ulardan tortib odli 
va viloyat dushmanlar qoʻliga oʻtmasligi uchun Shosh markazi aholisini koʻchirtirib 
yubordi. Shu bois moʻgʻullar 1220-yilda shaharni qarshiliksiz qoʻlga kiritgan 
boʻlishi mumkin. Juvayniyning moʻgʻullar bosqini haqidagi xabarida Toshkent 
shahri tilga olinmagan. 13-14-asrning 1-yarmida Toshkent viloyati Chigʻatoy 
ulusi tarkibida 
boʻldi.14-asrning 
2-yarm 

15-asrning 
80-yillarigacha 
Toshkent Amir 
Temur va Temuriylar tarkibida 
boʻldi. 1404-yilda Ulugʻbek 
ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht chegarasidagi 
kuchli qalʼaga aylandi, uning hududi kengaydi, ishlab chiqarish, savdo-sotiq
madaniyat rivojlandi. Registon, Shayxontohur ansamblidagi maqbaralar, Jome 
masjidi va boshqalar qurildi. Arxeologik topilmalar, meʼmoriy obidalar mahalliy 
anʼanalarning qoʻshni Sharq mamlakatlari madaniyati bilan uygʻunlashib 
ketganligini koʻrsatadi. Temuriylar oʻrtasida boshlangan taxt uchun kurash 
natijasida Toshkent 1485-yilda Moʻgʻuliston xoni Yunusxon ixtiyoriga oʻtdi va 
uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u koʻp hukmronlik qilmay, 1487-
yilda Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning oʻgʻli Sulton 
Maxmudxon oʻtirdi. Uning hukmronligi ham koʻpga bormadi.Toshkent 1503-
yilda Shayboniyxon va Koʻchkunchixon tasarrufiga oʻtdi. 16-asrda Toshkent yana 
obodonlashib, Turkistonning hunarmandlik, savdo-sotiq va madaniy markazlaridan 
biriga aylandi. Shahar yangi devor bilan oʻraldi. Meʼmorlik obidalari qad koʻtardi, 
ularning ayrimlari (Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Koʻkaldosh madrasasi, 
Baroqxon madrasasi) bizning davrimizgacha yetib kelgan. Hunarmandlikning 
taraqqiyoti savdo-sotiq aloqalarining kengayishiga olib keldi. 16-asrning 2-yarmida 
Qozon va Astraxon xonliklarining Rus davlatiga boʻysundirilishi natijasida Rus 
davlati bilan Toshkent shahri oʻrtasida savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-
biriga savdo elchilarini yuboradigan buldilar. 1598-yilda Toshkent qozoq 
xoni Tavakkalning hujumiga bardosh bera olmay Qozoq xonliginig tarkibiga kiradi. 
Shu yili Abdullahon II Tavakkal xoniga qarshi chiqish tayyorgaligida tasodifan 
vafot etadi. Tez orada uning oʻgʻli Abdul-Moʻmin vafot etishi bilan Shayboniylar 
avlodining soʻngi hukmdorligi yaqinlashib qoladi. Qozoq xonligining Ishimxoni 
Buxoroning Pirmuhammad II bilan kelishuv shartnomasiga binoan Toshkent va 
Fargʻona shaharlari Qozoq xonliginig tarkibiga kiradi. 1630-yili Toshkent shahri 
Qozoq xonligining poytaxti deb eʼlon qilinadi 
[1]
. 1743-yildan to 1749-yilgacha 
Toshkentni 
qozoq 
halqi 
orasidagi 
obroʻli 
Toʻla 
biy 
boshqargan.Buxorodagi Ashtarxoniylardan Imomqulixon qozoqlar jungʻor xonligi 
bilan ovora boʻlgan paytda Toshkentni qisqa vaqtga bosib oladi
[3]
. 1611-yilda oʻgʻli 
Iskandarni Toshkentga noib qilib tayinladi. Biroq shahar aholisi isyon koʻtarib, 
qochib ketayotgan Iskandarni tutib oʻldirdi. Bundan gʻazablangan Imomqulixon 


[Введите текст] 

Toshkent aholisidan shafqatsiz oʻch olib, ularni qirgʻin (qatliom) qildi. Jungʻor 
lashkarlarini yengip Qozoq Ishimxoni yanada Toshkentni bosib oladi. Qozoq xonligi 
va Buxoro xonligi orasida 20 yillik urush (1603-1624-yillar) natijasida Toshkent 
Buxoro xonligi tarkibidan chiqib ketadi. 1627-yili Toshkent shahrining tahtiga 
Tursun Muhammad sulton (keyinchalik qozoq xoni) hukmdorlikka keladi va qisqa 
vaqtga qozoq xonligidan mustaqil davlat Toshkent xonligini eʼlon qiladi
[4]

Yunusxoʻja vafotidan keyin Qoʻqon xoni Olimxon qoʻshinlari yurish qilib, 1809-
yilda Toshkentni va unga qarashli Chimkent, Sayram, Qorabuloq va boshqa 
hududlarni Qoʻqon xonligiga boʻysundiradi.1723-yilda Toshkent Jungʻar xoni 
Galdan-Siren qoʻliga oʻtdi. Bu davrda Toshkent aholisi tokchilik, bogʻdorchilik 
hamda poliz ekinlari, bugʻdoy, tariq, arpa, suli, zigʻir, kunjut yetishtirish bilan 
shugʻullanardi. Shahar rastalarida ipak mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar koʻp 
boʻlgan. Rus savdogarlari Toshkentga movut, qunduz terisi va turli boʻyoqlar 
keltirishgan. 
Toshkent 
bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarqand, Koʻlob, Shahrisabzva boshqa 
shaharlar 
oʻrtasida savdo-sotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda ham hali yaxshi taraqqiy 
qilmagan edi. Toshkent aholisiga don va qoramol bilan toʻlanadigan maxsus soliq 
(hosilning 1/101/5 ulushi) solingan. Toshkent Jungʻariya xonligi barham topgandan 
keyin (1758) Katta Oʻrda va qalmoqlarning hujumlari natijasida koʻp zarar koʻrdi. 
18-asr oʻrtalarida garchi shahar qoʻldan qoʻlga oʻtib turgan boʻlsada, Toshkent 4 
daha (qism)ga — Shapxonshohur, Sebzor (Qaffoli Shoshiy), Koʻkcha (Shayx 
Zayniddin), Beshyogʻoch (Zangiota) dahalariga boʻlinib, ularning har birini 
mustaqil hokim boshqargan. Toshkent tarixida bu davr Chorhokimlik deb 
atalgan.1799-yilda Qoʻqon 
qoʻshinlari Toshkentni qamal qildi, ammo 
toshkentliklarning kuchli zarbasiga uchrab orqaga qaytdi. Toshkent davlati tashqi 
kuchlar, ayniqsa, Qoʻqon xonlari tazyiqida boʻlsada, 20 yildan ziyod umr koʻrdi. 
Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida boʻlib, uning maʼmuriyatini „voliy 
viloyat“ lavozimi bilan Yunusxoʻja boshqardi. Keyinroq Yunusxoʻja „Xazrati 
Eshon“ unvonini olib, ayni paytda „xon“ deb ham yuritildi. Yunusxoʻja huzurida 
tuzilgan „xon kengashi“ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va boshqalar kiritilgan. 
Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama 
etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi 
va raislar amalga oshirganlar. Oʻta jiddiy masalalar: oʻgʻirlik, qotillik va 
boshqalarni Yunusxoʻjaning oʻzi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan. Qotillarga 
esa oʻlim jazosi qoʻllanilgan.Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham 
Yunusxoʻjaning oʻzi olib borgan. Anhorning oʻng tarafida xon farmoni bilan baland 
va qalin devor oʻralgan Oʻrda, yaʼni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda 
Yunusxonning 
qarorgohi 
va 
devonxonadan 
tashqari 
zarbxona 
joylashgan. Oʻrdani qoʻriqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus 


[Введите текст] 

harbiy qism („qoraqozon“) tashkil etilgan.Toshkentlik tarixchi Muhammad 
Solihning maʼlumotiga koʻra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamtoʻra, 
parvonachi lavozimiga Odiltoʻra, bosh harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtoʻra, 
qoʻshin boshligʻi lavozimiga Boboxontoʻralar tayinlangan. Davlatning moliya 
ishlari bilan boshchixoʻja shugʻullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat 
qilgan.Yunusxon shimolda Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq xududini ham 
tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar toʻplab berish 
majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram shaharlari, keyinchalik Turkiston 
shahri ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Kirrabuloq, 
Sarapon, Temir mavzelari va boshqa oʻnlab qishloqlar Toshkentga tobe 
boʻlgan.1800-yilda 
Toshkent 
davlatining 
chegarasi janubiy va gʻarbdan Sirdaryo boʻylab, shimoldan Turkiston va Qoratogʻ 
yon bagʻirlari orqali oʻtgan. Sharqda Sayram tizmasi va Ugom daryosining oʻng 
sohili, janubiy sharqda Chatqol Qurama togʻ tizmalarini yoqalab Sangir 
qishlogʻigacha 
choʻzilgan. 
Uning shimoliy va gʻarbiy hududlarida, 
asosan, chorvador koʻchmanchi 
aholi 
yashagan. 1797-yil 
maʼlumotlariga 
qaraganda, barcha soliq va majburiyatlardan ozod, yer va suv bilan taʼminlangan 2 
ming doimiy qoraqozondan tashqari Yunusxon ixtiyorida 50—70 ming atrofida 
lashkar boʻlgan. Maxsus guruxlardan tuzilgan qoraqozon va lashkar navkarlari 
piltali miltiq, oʻqyoy, qilich va qalqon bilan qurollangan. Yunusxon qoʻshinida 20 
ga yaqin toʻp boʻlgan. Oʻqlar asosan, Toshkentning oʻzida Oʻqchi mahallasida 
quyilgan.Toshkentning ikki ming yillik tarixi davomida oʻrni almashdi, hududi ham 
kengayib bordi va undagi aholi joylashuvi kichik maʼmuriy qismlar — mahallalar 
shaklini olgan. Mahallalar, odatda, kattakichik koʻchalar, ariq yoki jarlik kabi tabiiy 
toʻsiqlar orqali chegaralangan hamda jamoa boʻlib yashash zaruriyati yoki kasbkori, 
ijtimoiy holati, etnik tarkibi kabi belgilari asosida shakllangan.Qad. va oʻrta asr 
Toshkent mahallalari haqida yozma maʼlumot juda oz. Toshkent hududida 9-asrdagi 
shahar — Binkat (11-asrdan Toshkent)ning keyingi asrlarda kengayib borishi bilan 
unda mahallalar soni ham koʻpayib borgan va bulardan baʼzilarining nomlari yozma 
manbalarda uchraydi.18-asrga kelib Toshkent maʼmuriy hududiy jixatdan 4 
qism — dahalariga boʻlingan. Dahalar oʻz navbatida bir qancha mahalla va 
guzarlardan tashkil topgan; dahalarda mahallalar soni va ularning kattakichikligi 
turlicha boʻlgan. Baʼzi yirik mahallalar bir nom bilan atalsa ham uning keyinroq 
paydo boʻlgan qismlari tartib raqami bilan (mas., 1, 2, 3, 4Eshonguzar) yoki 
hududiga qarab atalgan (mas., Katta Kamolon va Kichik Kamolon). Aholi soni 
oʻsgan sayin mahallalar kengaygan yoki yangilari paydo boʻlgan. Mahalla maʼmuriy 
holati jihatdan oʻz ichki tartibqoidalariga ega jamoa tashkiloti sanalgan va uni 
mahalla aholisi tomonidan saylangan boshliq (oqsoqol) boshqargan, 20-asr 
boshlariga kelib ular yuzboshi mavqeida koʻrilgan. Oqsoqollarga mahallaning 


[Введите текст] 

jamoat ishlari, marosimlari, yigʻinlarini boshqarish hamda manfaatlarini himoya 
qilish vakolati berilgan.19-asrning 2-yarmiga oid yozma manbalarda Toshkent 
mahallalari haqida statistik maʼlumotlar mavjud. Ularda qayd etilishicha, bir 
mahallada 50 tadan 150 tagacha xonadon boʻlgan. 1910-yil Toshkentda 146 ming 
aholi yashagan, xonadonlar soni 21 mingga yetgan. Shahar markazidagi mahallalar 
chekkalaridagiga nisbatan qad. boʻlib, aholi ham zich yashagan. Baʼzi 
mahallalarning nomlari oʻsha joyda rivojlangan kasbhunarni anglatgan 
(Pichoqchilik, Degrez, Etikdoʻz); boshqalari etnik atamalar (Oʻzbekmahalla, 
Tojikkoʻcha, Moʻgʻulkoʻcha) yoki joyning relyefi (Sassiqhovuz, Chuqurkoʻprik, 
Balandmasjid va hokazo) orqali ifodalangan.Mahallalarning masjidi va choyxonasi 
uning gavjumroq yerida joylashgan, aholining turli maʼrakalari uchun zarur umumiy 
mulki saqlangan. Bir nechta mahallaga bir umumiy markaz — guzar, unda masjid, 
hunarmandchilik ustaxonalari, choyxona, nonvoyxona, doʻkonlar hamda bozorcha 
xizmat koʻrsatgan. Guzarlar, odatda, katta koʻchalar yoki chorrahalarda 
joylashgan.Toshkent mahallalari haqida aniqroq yozma maʼlumotlar dahalardagi 
qozilik daftarlarida, 19-asrning 2yarmida esa ruscha nashrlarda qayd etilgan. Shunga 
koʻra, 1865 i. Toshkentda 140 ta mahalla boʻlgan, aholisi 76 ming kishi. Turkiston 
oʻlkasi statistikasi yilnomasida (1876) Toshkentda 149 ta mahalla (Shayxontohur 
dahasida 48 ta, Sebzor dahasida 38 ta, Koʻkcha dahasida 31 ta, Beshyogʻoch 
dahasida 32 ta) boʻlganligi taʼkidlangan. N. G. Mallitskiy 1927-yil nashr etgan 
roʻyxatda esa Toshkentda 280 ta mahalla va shahar aholisiga tegishli 171 ta mavze 
nomi bor (qarang plansxema). Mavzelar, odatda, shaharliklarning shahar 
tashqarisida joylashgan ekinzorlari va bogʻlaridan iborat boʻlgan; shoʻrolar davrida 
mavzelar 
davlat 
tomonidan 
musodara 
qilinib 
jamoa 
xoʻjaligiga 
aylantirilgan.Toshkentning eng gavjum qismi, uning bozorlari hisoblangan. Eski 
joʻva, Chorsu va Koʻkaldosh madrasasi oraligʻida Registon, Chorsu va Kappon 
(gʻalla) bozorlari joylashgan. Registon bozorida xonliklarda ishlab chiqarilgan 
mollar bilan bir qatorda Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Koshgʻar, Xitoy va 
Rossiyadan keltirilgan mollar ham sotilgan. Toshkent dan savdo karvonlari dasht 
orqali Sibir shaharlari, Koshgʻar, Xitoy, Hindiston, Afgʻoniston va Eron tomon 
qatnagan. Toshkent davlati tashqi va ichki savdoni rivojlantirish maqsadida old 
tomonida „Muhammad Yunusxoʻja Umariy“ deb yozilgan, sirtiga lochin yoki 
yoʻlbars tasvirlari tushirilgan oʻz tangalarini zarb etib, mustaqil ichki va tashki 
siyosat yuritgan. Yunusxoʻja, ayniqsa, Rossiya bilan muttasil savdo aloqalari olib 
borish va uni kengaytirishga intilgan. 1792-yil Yunusxoʻja rus podshosiga xat 
yuborib unga Katta juz biylari bilan ittifoq tuzganligini, Toshkentdan Rossiyaga 
eltadigan karvon yoʻllaridagi talonchiliklar tuxgatilganligani xabar qiladi. 1802-
yilning kuzida Yunusxoʻja vaziri aʼzam Mullajon Oxund Mahzum bilan Ashurali 
Bahodir mingboshini SanktPeterburgga elchi kilib yuboradi. Elchilikdan maqsad, 


[Введите текст] 

faqat savdo aloqalarini kengaytirishgina emas, balki Rossiyadan qurolyarogʻ, 
choʻyan va mis rudalarini sotib olib, oʻz harbiy kuchini mustahkamlash hamda 
Rossiyadan tup kuyuvchi usta va konchilarni Toshkentga taklif etib, bu yerda 
toʻpchilik hunarmandchiligini rivojlantirish va konlarni ishga solish ham koʻzda 
tutilgan edi. 1803-yil mart oyida Toshkent elchilari imperator Aleksandr I va davlat 
kansleri hamda tashki ishlar vaziri graf A. Voronsov qabulida boʻddilar. 
Toshkentning qalʼa devori 19-asr boshlarida Yunusxon farmoni bilan daqalar 
mahallalarining barcha erkaklari ommaviy xasharga jalb qilinib taʼmirlandi. Lashkar 
Qushbegi davrida shahar atrofi boʻylab Qoʻymas, Qoʻqon, Qashqar, Labzak, 
Taxtapul, Qorasaroy, Sagʻbon, Chigatoy, Koʻkcha, Samarqand, Kamolon va 
Beshyogʻoch kabi 12 darvoza bor edi. Muhammad Solihning yozishicha, devor 
boʻylab har ming qadamda bittadan „bord“ (moʻla), har 4 ming qadamda esa bittadan 
burj (minora)lar qurilgan. Shaharning sharqiy darvozasidan to gʻarbiy 
darvozasigacha 8500 qadam, shimoliy dan jan.ga esa 8100 qadam masofa 
hisoblangan. Har bir darvozadan shahar markazi — Registon bozoriga eltuvchi 
koʻchalar va ulardan esa koʻplab tor koʻchalar shoxlab ketgan.Yunusxoʻja vafot 
etgach (1803), uning oʻgʻli Sultonxoʻja Toshkent hokimi boʻldi. Yunusxoʻjaning 
oʻlimidan foydalangan Qoʻqon xoni Olimxon oʻz ukasi Umarxon qoʻmondonligida 
qoʻshin tortib, Toshkentni egalladi va unga Sultonxoʻjaning ukasi Hamidxoʻjani 
hokim qilib tayinladi. Hamidxoʻja Qoʻqonga boʻysunmay qoʻydi. Natijada Olimxon 
shaxsan oʻzi qoʻshin tortib, Toshkentni Qoʻqon xonligiga uzilkesil qoʻshib oldi. 
Shundan boshlab, Toshkentga noib sifatida faqat Qoʻqon xoni tomonidan beklarbegi 
tayinlanadigan boʻddi. Bu davrda shaharning hududi 16 km
2
ni, aholisi 80 ming 
(baʼzi manbalarda 100 ming) kishini tashkil etardi. Shaharda hunarmandchilik, 
toʻqimachilik, yogʻoch oʻymakorligi, degrezlik, temirchilik, koʻnchilik, kosibchilik, 
kulolchilik va b. rivojlangan. Koʻplab nonvoyxonalar, choyxonalar, doʻkonlar 
boʻlgan. Shahar hunarmandchiligining deyarli barcha sohalari mahalliy xom ashyo 
hisobiga ishlardi. Koʻpchilik mahalla aholisi qishda biror kasbhunar bilan 
shugʻullanib, yozda shahar tashqarisidagi yer (mavze)larida dehqonchilik va 
bogʻdorchilik qilgan.19-asr oʻrtalarida Rossiya podsho hukumati yirik strategik 
mavqega ega boʻlgan Toshkentni bosib olish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu 
vaqtda Toshkent va Toshkent viloyati Qoʻqon xonligi tarkibida edi. 1864-yil 1 
oktabrda M. G. Chernyayev boshchiligidagi rus qoʻshinlari Chimkent yoʻlidan kelib 
Oqqoʻrgʻon tepaligiga oʻrnashdilar va shaharni qamal qilib toʻplardan oʻqqa tutdilar. 
Toshkentliklar shaharni qattiq turib himoya qildilar. Qoʻqondan xonlik 
lashkarboshisi Mulla Alimqul mingboshi koʻp ming kishilik qoʻshin bilan 
Toshkentga yetib kelgach, Chernyayev qoʻshinlari bilan Chimkentga chekinishga 
majbur boʻldi. Birok 1865-yil 27 aprelda Chernyayev qariyb 2000 kishilik qoʻshin 
bilan yana Toshkent tomon yoʻlga chiqib, Chirchiqdaryosi boʻyidagi Niyozbek 


[Введите текст] 

qalʼasini egallaydi va shaharni suvsiz qoldirish maqsadida Kaykovus arigʻi (Boʻzsuv 
kanali) suv oladigan toʻgʻonni buzdirib tashlaydi. Lashkarboshi Alimqul ham oʻz 
qoʻshinlari bilan Qoʻqondan Toshkentga yetib keladi. Sulton Saidxon, Alimqul va 
toshkentlik akobirulamolar boshchiligida shaharni himoya qilishga katta 
tayyorgarlik koʻriladi. Chernyayev 7 mayda qoʻshinlari bilan Toshkentga 
yaqinlashadi. Dushman qoʻshinlari Salor arigʻini kechib oʻtib, TarxonSayyod (hoz. 
Darxonota) arigʻining oʻng sohili (hoz. Pushkin koʻchasi)da muqobil turgan 
Toshkent himoyachilariga qarata toʻpdan oʻt ochadilar (qarang Darxon jangi). 9 may 
kuni shaharning shimoli-sharqidagi Shoʻrtepada Toshkent himoyachilari bilan rus 
bosqinchilari oʻrtasida yana qattiq jang boʻladi. Jangda Alimqul ogʻir yarador 
boʻlgach, himoyachilar oʻrtasida parokandalik va vahima boshlanadi. Qoʻqon 
xonligi askarlari Alimqul xazinasini olib oʻz yurtlariga joʻnab ketdilar. 
Toshkentda Qoʻqon xonligining 60 yillik hukmronligi barham topdi. Buxoro 
amirligi, Qoʻqon va Xiva xonliklari Toshkent himoyachilarining yordam soʻrab 
qilgan murojaatlariga rad javobini berdilar. Chernyayev fursatni boy bermaslik 
uchun Toshkentni qamal qildi. Shahar aholisi suvsiz qoldi, oziq-ovqat zaxirasi ham 
tugadi. 14 iyunda dushman askarlari shaharga bostirib kirishga muvaffaq boʻldi, ular 
doʻkon va uylarga oʻt qoʻydilar. Shahar mudofaasida faol qatnashgan toshkentlik 
tarixchi Muhammad Solih „Jadidai tarixi Toshkand“ asarida yozishicha, 
toshkentliklar dushmanga qattiq qarshilik koʻrsatganlar. Bosqinchilar birinchi galda 
Oʻrda saroyini yondirdilar, keyin portlatdilar. Uch kun davom etgan mislsiz jangdan 
soʻng 42 kun suvsiz qolgan va ochlikdan tinkasi qurigan Toshkent himoyachilari 17 
iyunda ertalab taslim boʻlishga majbur boʻldilar. Chernyayev shahar ayonlaridan 
Toshkentning 12 darvozasi ramziy oltin kalitlarini topshirishni talab qildi. Juda koʻp 
odam qurbon boʻldi. Chernyayev buyrugʻi bilan uylar yondirildi, egalari otib 
tashlandi yoki miltiq nayzasi bilan sanchib oʻldirildi. Hech kimga shafqat qilinmadi. 
Shunday qilib, podsho Rossiyasi qoʻshinlari maxsus otryadi bilan Toshkentni bosib 
olishga muvaffaq boʻldi. Toshkent va unga qarashli atrof yerlarda rus davlatining 
xukmronligi oʻrnatildi. Toshkent Rossiyaning keyinroq Turkiston xonliklarini bosib 
olishi uchun tayanch punktiga aylantirildi. Chernyayev, oʻz bosqinchiligini oqlash 
uchun Toshkent goʻyo ixtiyoriy ravishda Rossiya tobeligiga oʻtganligi haqida shahar 
ayonlari nomidan qalbaki hujjat tayyorladi. Bu hujjatni imzolashdan bosh tortgan 
Solhbek Oxund va yana ayonlardan 6 kishi Sibirning Tomsk sh.ga surgun 
qilindi. 1865-yil sentyabrda Orenburg generalgubernatori Krijanovskiy Toshkentga 
kelib shaharni Rossiya imperiyasi tasarrufiga oʻtganligini eʼlon qildi. 1866-yil 
avgustda Rossiya imperiyasining Toshkentni Rossiya tobeligiga olinganligi haqida 
rasmiy farmoni eʼlon qilindi. Toshkent 1867-yilda tashkil etilgan Turkiston 
generalgubernatorligiitsng siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi boʻlib qoldi. 
Anhorning chap sohilida mustamlakachi maʼmurlar va harbiylar uchun Yangi shahar 


[Введите текст] 
10 
qurila boshladi. 1865-yil avgust— oktabr oylarida ruslar Toshkentning Qoʻymas 
darvozasi roʻparasidagi tepalikda Toshkent Tuprokqoʻrgʻoni harbiy qalʼasini barpo 
etishdi. Yangi shahar hududida maʼmuriy idora va mahkamalar joylashdi. 
Anhorning oʻng sohilidagi qad. Toshkent Eski shahar deb atala boshladi. 
Toshkentning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi butun Turkistonni bosib 
olinishini tezlashtirdi.1899-yil Zakaspiy temir yoʻl Toshkentgacha uzaytirildi. 1906-
yil esa Toshkentni Rossiya markazi bilan bogʻlovchi eng yaqin yoʻl Orenburg — 
Toshkent temir yoʻl qurildi. Toshkent asosiy temir yoʻl tuguni, savdo va tranzit 
punktiga, Turkiston oʻlkasining maʼmuriysiyosiy markaziga aylandi. Shaharda 
yangi sanoat korxonalari hamda savdo muassasalari vujudga keldi. Aholisi ham, 
asosan, yevropaliklar hisobiga tez oʻsib bordi. 1913-yilda Toshkentda 111 sanoat 
korxonasi, jumladan, 15 paxta tozalash zavodi, 3,5 mingdan ortiq hunarmandchilik 
ustaxonasi, 22 rus va chet el savdo firmalarining boʻlimlari, 186 ta kattakichik 
doʻkon boʻlgan. Toshkent aholisi, asosan, hunarmandchilik, dehqonchilik, 
bogʻdorchilik va savdosotiqbilan shugʻullangan. Toshkentning Yangi shahar 
qismida yevropaliklar qurgan sanoat va transport korxonalari (paxta tozalash, 
yogʻmoy, vinoaraq, gʻisht, pilla va b. korxonalar, temir yoʻl, tramvay va 
boshqalar)da mahalliy aholi vakillari ham ishlay boshladi. Toshkentdagi Bosh temir 
yoʻl ustaxonasining 800 ishchisidan 120 tasi mahalliy millat vakili boʻlgan. Tramvay 
transporti va elektrenergetika korxonalarida 1000 dan ziyod ishchi ishlagan. 20-asr 
boshlarida Toshkentda 280 ga yaqin mahalla, 170 mavze boʻlgan.1916-yil iyulda 
Toshkent mehnatkashlari oq podshoning mardikorlikka olish haqidagi farmoniga 
qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi. Rossiyada Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar 
Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli 
bilan egallash uchun kurashdilar. 1917-yil 28 oktabrda Bosh temir yoʻl 
ustaxonasining mahalliy millatga mansub boʻlmagan ishchilari hamda askarlar 
qoʻzgʻolon boshladilar. Ular temir yoʻl deposi, tovar omborlari, 1Sibir polki 
kazarmalarini ishgʻol qildilar. Shahar markazi qoʻzgʻolonchilar qoʻliga oʻtdi. 1 (14) 
noyabrda Tuproqqoʻrgʻon ham ishgʻol qilingach, Toshkentda shoʻrolar hokimiyati 
oʻrnatildi. Shu tariqa Toshkentda Rossiyadan badargʻa qilingan bolsheviklar 1917-
yil 1 noyabrda temir yoʻl masterovoylari yordamida toʻntarish oʻtkazib hokimiyatni 
egalladilar. 1918-yil 30 aprel dan Toshkent Turkiston ASSRning poytaxti deb eʼlon 
qilindi. 1924-yilda Oʻzbekiston poytaxti Samarqandga koʻchirildi. 1930-yildan 
Toshkent yana poytaxt boʻldi.Sovet hukumati yillarida Toshkent mahallalari 
boshlangʻich maʼmuriy birlik shaklida saqlanib qoldi, biroq ularning vazifalari koʻp 
tomondan cheklab qoʻyildi.II jahon urushigacha boʻlgan davrda Toshkentda bir 
qancha sanoat korxonasi — tikuvchilik, tamaki, poyabzal fabikalari, toʻqimachilik 
kombinati, metallsozlik, mashinasozlik zavodlari va b. qurildi. Boʻzsuv, Qodiriya, 
Boʻrijar GESlari bunyod qilindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkent sanoati 


[Введите текст] 
11 
butunlay frontga xizmat qildirildi. Sanoat 1943-yilda 1940-yildagiga nisbatan 3 
barobar koʻp mahsulot berdi. Urush yillarida nemislar okkupatsiya qilgan 
viloyatlardan evakuatsiya qilingan 300 ming kishi, shu jumladan, 200 mingga yaqin 
bola Toshkentga joylashtirildi. 1930—40 yillarda Toshkentda asosan, qishloq 
xoʻjaligi.ni texnika bilan taʼminlashga qaratilgan ogʻir sanoat tarmoklari tez surʼatlar 
bilan rivojlantirildi. Yirik sanoat korxonalari — „Uzbekqishloqmash“, ekskavator 
zavodi, „Toshtekstilmash“, „Toshpaxtamash“, „Toshkentkabel“, yogʻmoy 
kombinati, karborund zavodi, mashinasozlik, elektr lampa va elektr mexanika zdlari, 
yirik panelli uysozlik kombinati va b. kurildi.1966-yil 26 aprelda Toshkentda yuz 
bergan zilzila natijasida shahar jiddiy shikastlandi. Zilzila oqibatlari qisqa muddat 
(3,5 y.)da tugatildi (qarang Toshkent zilzilasi). Shahar qiyofasi butunlay oʻzgardi. 
Toshkent hududi atrofga bogʻ va ekinzorlar hisobiga tez oʻsdi, koʻplab turar joy 
massivlari, jamoat binolari, metropoliten qurildi. 1983-yilda shaharning 2000-yillik 
toʻyi oʻtkazildi.1991-yil 31 avgustda Toshkentda Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon 
qilindi. Hoz. Toshkent Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy markazi hamdir. Bu 
yerda Oʻzbekiston Prezidentining qarorgohi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 
Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, ijtimoiy harakat va partiyalarning va b. jamoat 
tashkilotlarining markazlari, chet el elchixonalari, BMT ga qarashli tashkilotlar 
vakolatxonalari joylashgan. Toshkent chet ellardagi birodarlashgan shaharlar bilan 
doʻstona aloqalarni rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda, Toshkent bir qancha 
xorijiy shaharlar bilan birodarlashgan.Toshkentning eng muhim xususiyatlari 
shahar gerbi (ramzi)da aks etgan. U uzoq, tarixga ega. Ilk oʻrta asrlardayoq 
Toshkentning oʻziga xos ramzi yuzaga kelgan. 8-asrda Choch (Shosh) sh.ning 
nishoni qoplon (togʻ barsi) boʻlgan. Buni 8-asr birinchi yarmida hukmdorlik qilgan 
Yabgʻu Tarnovcha nomi bilan zarb qilingan tangalarning old tomonida krplon, 
orqasida esa qangʻarlarning ayri tam/ali va sugʻd yozuvida „Tarnovcha“ deb bitilgan 
muhri tasvirida koʻrish mumkin. Toshkent hukmdorlari koʻpincha oʻz valiaxdlariga 
ham togʻning eng kuchli va epchil jonzodiga qiyosan Elbarsxon, Belbarsxon kabi 
ism qoʻyganlar. Toshkentning Oʻzbekiston mustaqilligi davridagi gerbi 1996-yilda 
tasdiqlangan, 2003-yilda gerb tasviriga qisman oʻzgartirishlar kiritilgan. 

Download 381.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling