1. Birja tarixi
Download 55.02 Kb.
|
birja javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.Fyuchers savdosi haqida
17.Fond birjasi
Fond birjasi – qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldisotdi qilinadigan birja; pul kapitali harakatiga xizmat koʻrsatadigan moliya bozorining dastaklaridan biri. Bozor infratuzilmasining muhim boʻgʻini, qimmatli qogʻozlar (davlat obligatsiyalari, korxonalar aksiya va obligatsiyalari, bank kredit biletlari, tijorat veksellari), valyuta oldisotdisi boʻyicha muntazam va tashkiliy faoliyat koʻrsatadi.Fond birjasining asosiy vazifalari: boʻsh turgan pul va qimmatli qogʻozlarni sotishni tashkil etish orqali jamgʻarilgan pul kapitalini safarbar etish va toʻplash; xususiy xoʻjalik subʼyektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qogʻozlari xaridini tashkil etish yoʻli bilan moliyalashtirish; qimmatli qogʻozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yaʼni qimmatli qogʻoz egalari uchun yoʻqotishlarsiz tezda pul mablagʻlariga aylanishini taʼminlash. Huquqiy maqomiga koʻra, jahon amaliyotida doimiy davlat nazoratida faoliyat koʻrsatadigan yalpi huquqiy, aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi hususiy va davlat kapitali ishtirokidagi aralash Fond birjasi turlari bor.Fond birjasi 16-asrda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida paydo boʻlgan. Jahonda 150 dan ortiq yirik Fond birjasi bor (2003). Oʻzbekistonda birinchi fond birjalari 1991-yildan boshlab tashkil etila boshladi, lekin ularning ko’pi keyinchalik yopildi. 18.Fyuchers savdosi haqida Fyuchers savdosi bu – fyuchers (muddatli) shartnomalari vositasida birja tovari bilan birjada savdo qilish shaklidir. Fyuchers shartnomasi bu – bitim tuzishda tomonlar belgilab qo’ygan narxda shartnomada ko’rsatilgan muddatda tovarni etkazib berishga standart birja shartnomasi. Fyuchers shartnomasi birja savdolari jarayonida aniqlanadigan tovarni etkazib berish narxidan tashqari barcha ko’rsatkichlar bo’yicha standartlashtiriladi. Fyuchers shartnomasini standartlashtirish quyidagi asosiy ko’rsatkichlarni bir xillashtirishni nazarda tutadi: tovarning iste’mol qiymati, uning soni va bozor muomalasi sharoitlari, tovar turi, uning bazis miqdori va qo’shimcha to’lovlar hajmi, tovar partiyasi hajmi, etkazib berish sharti va muddatlari, to’lov shakli, shartnoma shartlarini buzganlik uchun jarima choralari, arbitraj tartibi va b. Fyuchers savdosida shartnoma tuziladigan tovar ko’rinishi, bunday shartnomalar soni, tovar etkazib beriladigan oy va asosiysi – shartnomada ko’rsatilgan tovar narxi ahamiyatga ega. Download 55.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling