1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/45
Sana01.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1418618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Muhammad mustafo vasfi



 
 



Bismillahir rohmanir rohiym 
Muqaddima 
Alloh taologa oʻzi rozi boʻlgunicha hamdu sano
paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovat 
va salomlar boʻlsin. Ammo baʻd: 
Alloh taolo bizga nabiyyimiz Muhammad sollallohu 
alayhi vasallamni haq din ila, olamlarga rahmat oʻlaroq jonatar 
ekan, bizni u zotga itoat qilishimizni, u zotni yaxshi koʻrish va 
haq-huquqlarini oʻz oʻrniga qoʻyishimizni buyurdi. Alloh 
taolo jannat uchun eshiklar qilgan. Bu eshiklar faqatgina u 
zotning yoʻlidan yurganlargagina ochiladi
1
. Bizlarga ham ana 
shu eshiklar ochilishini istasak, u zotning yoʻllarini, 
siyratlarini oʻrganib, u zotga ergashmogʻimiz kerak. 
Qoʻlingizdagi ushbu risola Doktor Xolid Ibn Mahmud Al-
Juhaniyning “Ad-Durrul mujtaba fiy vasfil-mustofa” asariga 
tayanib yozildi.
Istardimki, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyida 
keladigan goʻzal sifatlari har bir musulmon oilasida takror 
takror oʻqilsin. Toki zehnlarimizda u zotning sahih 
koʻrinishlari va xulqlari gavdalansin. Quyidagi bitiklar oz 
boʻlsa ham u zotni yaqinroq tanishga hissa qoʻshadi degan 
umiddaman. 
1
Ibnul Qoyyim, “Zadul ma’ad” 1/36-37. 



Ushbu risola uch qismdan iboratdir: 
1) 
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tashqi 
koʻrinishlari 
2) 
U zot sollallohu alayhi vasallamning xulqlari 
3) 
U zot sollallohu alayhi vasallamning xususiyatlari 
Risolada kelgan har bir maʻlumot manbasi pastda 
havolada keltirildi. Duolarning arabcha matni bilan oʻzbekcha 
harflarda oʻqilishi va maʻnolari keltirildi. Arabchaga xos 
boʻlgan baʻzi tovushlarni oʻzbekcha harfda toʻliq ifoda qilib 
boʻlmagani uchun, arabcha oʻqishni bilmaydiganlar 
biladiganlarga oʻqitib, keyin duolarni yodlaganlari afzal. 
Alloh taolodan ushbu qilingan ojizona harakatni qabul 
qilishini, 
xato-kamchiliklarimni 
magʻfirat 
qilishini, 
shuningdek, ota-onamni va ustozlarimni ham Firdavs 
jannatlari bilan siylashini, hamda, shu risolani oʻqib foyda 
olgan va uni boshqalarga ham ulashganlarni magʻfirat qilib, 
darajalarini koʻtarishini soʻrayman. Amiyn.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling