1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima


“Albatta, siz ham oʻluvchisiz, ular ham oʻluvchidir


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/45
Sana01.05.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1418618
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
Muhammad mustafo vasfi

“Albatta, siz ham oʻluvchisiz, ular ham oʻluvchidir
1
”. 
“Muhammad bir rosul xolos. Undan avval ham rosullar 
oʻtgan. Agar u oʻlsa yoki oʻldirilsa ortingizga oʻgirilib 
ketasizmi? Kim ortiga oʻgirilib ketsa hargiz Allohga biror 
zarar bermas. Yaqinda Alloh shukr qiluvchilarni 
mukofotlaydi”
2

Odamlar qattiq yigʻlashdi
3

Umar dedi: “Allohga qasamki, Abu Bakr tilovat qilgan 
narsani eshitishim bilan oʻzimdan ketayozdim, hatto 
oyoqlarim meni koʻtarolmay qoldi. Oʻqiganini eshitganimda 
yerga yiqilib qoldim. Bildimki, Nabiy sollallohu alayhi 
vasallam oʻlibdilar”
4

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: “Allohga qasamki, 
Abu Bakr roziyallohu anhu ushbu oyatni tilovat qilmagunicha, 
odamlarning hammasi xuddi Alloh buni nozil qilganini 
bilishmagan-u, buni undan endi qabul qilib olgandek 
boʻlishdi. Odam zoti borki, uning oʻshani tilovat qilayotganini 
eshitar edim”
5

U zot sollallohu alayhi vasallamni yuvish 
Chorshanba kuni odamlar Abu Bakr roziyallohu 
anhuning xalifaligiga 
bay’at berib boʻlishgach, Rosululloh 
1
Zumar surasi, 30-oyat. 
2
Oli Imron, 144-oyat. 
3
Buxoriy, 1241, 3667, 3668. 
4
Buxoriy, 4454. 
5
Buxoriy, 4454. 


51 
sollallohu alayhi vasallamni yuvish uchun kerakli narsalarni 
keltirishdi. U zotni yuvmoqchi boʻlishgach aytishdi: “Allohga 
qasamki, xuddi oʻliklarimiz kiyimini yechgandek Rosululloh 
sollallohu alayhi vasallamning kiyimlarini ham yechamizmi 
yoki kiyimlari ustidan yuvamizmi, bilmaymiz”. 
Ular shunday tortishib turishgach, Alloh ularga uyquni 
tashladi, hatto birortalari qolmay uxlab qolishdi. Keyin ularga 
uy tomondan bir gapiruvchi gapirdi: “Nabiy sollallohu alayhi 
vasallamni kiyimlari ustida turgan holda yuvinglar”. Ular 
gapirgan kim ekanini bilishmasdi. Ular turdilarda, 
Rosulullohni kiyimlari ustidan yuvdilar. Kiyimlari tepasidan 
suv quyishar va u zotning koʻylaklari bilan ishqalashar edi
qoʻllari bilan emas.
U zotni Aliy, Abbos, Fazl Ibn Abbos, Qusam Ibn Abbos, 
Usoma Ibn Zayd va u zotning ozod qilgan mavlolari Shuqron 
gʻusl qildirdi. Aliy roziyallohu anhu u zotni koʻksilari tomon 
suyadi. Abbos, Fazl va Qusamlar birga u zotni aylantirishardi. 
Usoma Ibn Zayd bilan Shuqron ustilaridan suv quyib 
turishardi. Aliy roziyallohu anhu esa u zotni yuvardi va aytardi: 
“Ota – onam sizga fido, tirikligingizda ham oʻlganingizda ham 
naqadar xushboʻysiz”
1

1
“Siyrotu Ibn Hishom”, 2/662. 


52 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling