1 bob. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
bob. GRAFIK AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH
Download 476.9 Kb.
|
1 bob. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi
2 bob. GRAFIK AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASH.
1. Model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash imkoniyatlariga ega yo‘nalish ? a) Kompyuter grafkasi 2. Kompyuter qurilmalari yordamida qandaydir axborotni tasvir ko‘rinishida yaratish, unga ishlov berish, uni turli ko‘rinishlarda tahrirlash ? a) Kompyuter grafkasi 3. Кompyuter grafikasi turlari ? a) rastrli, vektorli, fraktal, uch o‘lchovli 4. Rastrli grafika nimalardan iborat –... ? a) Nuqtali 5. Vektorli grafika nimalardan iborat – bu ... ? a) Chiziqli 6. Fraktal grafika nimalardan iborat – bu ... ? a) Matematik formula 7. Uch o‘lchovli nimalardan iborat – bu ... ? a) Tekislik 8. Rastrli grafakada tasvirlar tashkil topagan rangli nuqtalar to‘plami nima deb ataladi? a) piksellar deb ataladi 9. Rastrli grafikada tasvirda piksellаr soni qаnchа ko‘p bo‘lsа, yaratilgan rаsm, shаkl va chizmalаr nima bo’ladi? a) shunchа sifatli va yaqqol ko‘rinib turаdi 10. Rastrli grafkadan nimalar yaratishda keng foydalaniladi? a) ekran, chop etilgan va foto rasmlar 11. Vektorli tasvirlar deb, nima ataladi? a) tuzilish jihatidan murakkabroq va har xil ko‘rinishga ega geometrik obyektlar to‘plamiga aytiladi. 12. Vektorli grаfkаdа tаsvirning аsosiy elementi deb nima hisoblanadi? a) chiziq 13. Vektorli grafkadan nimalar yaratishda keng foydalaniladi? a) chizma va animatsiyalar 14. Fraktal so‘zi nima ma’nolarni anglatadi? a) lotincha fractus - maydalangan, bo‘lib chiqilgan 15. Fraktal grаfkаdа tаsvirning аsosiy elementi deb nima hisoblanadi? a) tenglаmаlаr yoki ulаrning sistemаlаridаn 16. Fraktal grafkadan nimalar yaratishda keng foydalaniladi? a) o‘ziga o‘xshash qismlardan iborat shakllar 17. 3D so‘zi nima ma’nosini anglatadi? a) ingliz tilidan 3 dimensions – 3 o'lchovli 18. Uch o'lchovli tasvir deganda qanaqa tasvirlar tushuniladi? a) bo'yi, eni va balandligiga ega bo'lgan tasvirlar 19. Uch o‘ lchovli (3D) grafka deb nima nomlanadi? a) virtual voqelikda hajmli obyektlarni yaratish usullarini o‘rganuvchi soha 20. Kompyuter grafikasi qanaqa yo‘nalishlarga bo‘linadi? a) 8 ta: ilmiy , tijorat , konstruktorlik , animatsion , illyustrativ , badiiy , namoyish qilish , muhandislik (injenerlik) grafka 21. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlashda qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...? a) ilmiy kompyuter grafikasi 22. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlarni aniq ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...? a) tijorat kompyuter grafikasi 23. iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa sohalarda loyihalash ishlarini yengillashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avtomatlashtirishni ta’minlashda qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...? a) konstruktorlik kompyuter grafikasi 24. Yaratilgan modellarning turli ko‘rinishlarda harakatlanishini ta’minlaydigan kompyuter grafikasi – bu ...? a) animatsion kompyuter grafikasi 25. Xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida foydalaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...? a) illyustrativ kompyuter grafikasi 26. San’at asarlarini yaratishda keng qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...? a) badiiy kompyuter grafikasi 27. Matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarning mashinaviy tasvirini hosil qilib, uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladigan kompyuter grafikasi – bu ...? a) namoyish qilish kompyuter grafikasi 28. Chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladigan kompyuter grafikasi – bu ...? a) Muhandislik (injenerlik) kompyuter grafikasi 29. Kompyuter grafikasida yaratilgan obyektlar chiroyli, jozibali va aslidagidek ko‘rinishi uchun nima muhim rol o‘ynaydi? a) rang 30. Rang modeli bu - ... ? a) ranglarni tasvirlash usuli 31. Kompyuter grafikasining nechta turlari mavjud ? a) 4 ta : RGB , CMYK , HSB (HSV) , LAB ranglar modeli 32. RGB rang modeli bu - ... ? a) Red - qizil, Green - yashil va Blue - ko‘k ranglarining aralashtirish natijasida turli boshqa ranglar hosil qilinishi ususli 33. RGB rang modelida tasvirlar asosan qaerda qo’llash uchun ishlatiladi? a) monitor ekranida namoyish qilish 34. CMYK rang modeli bu - ... ? a) moviy - Cyan, pushti - Magenta, sariq - Yellow va qora - Black ranglar aralashmasidan paydo bo‘ladi ranglarining aralashtirish natijasida turli boshqa ranglar hosil qilinishi ususli 35. CMYK rang modelida tasvirlar asosan qaerda qo’llash uchun ishlatiladi? a) tipografk chop etish ishlari uchun 36. HSB rang modeli bu - ... ? a) rang toni - Hue, to‘yinganlik - Saturation va yorqinlik - Brightness qiymatlari asosida turli ranglar hosil qilinishi ususli 37. LAB rang modeli bu - ... ? a) yoritish - L , yashil rangdan binafsha ranggacha bo‘lgan ranglar sxemasi – A va ko‘kdan sariq ranggacha bo‘lgan ranglar – B qiymatlari asosida turli ranglar hosil qilinishi ususli 38. Qizil rang nimani anglatadi ? a) kuch, ehtiros va buyuklikni 39. Sariq rang nimani anglatadi ? a) iliqlik, ijodkorlik, qiziqarli va ijobiy o‘zgarishlar 40. Ko’k rang nimani anglatadi ? a) tinchlanish, dam olish va ishga moslashish 41. Olov rang nimani anglatadi ? a) uyning tafti va qulayligini 42. Yashil rang nimani anglatadi ? a) sog‘lom turmush tarzi, tabiat, tabiiylik, sport va osoyishtalik, muvozanat va osoyishtalikni, shifo va sog‘likni 43. Binafsha rang nimani anglatadi ? a) aristokratlar, qirollar, donolik, maxfy bilim, hurmat, ishonchning, zodagonlar va sehr 44. Kompyuter grafk fayl formatlari - ... ? a) GIF, JPEG, PNG, TIFF, BMP 45. GIF ma’nosi - ... ? a) Graphics Interchange Format 46. JPEG ma’nosi - ... ? a) Joint Photographic Experts Group 47. PNG ma’nosi - ... ? a) Portable Network Graphics 48. TIFF ma’nosi - ... ? a) Tagged Image File Format 49. BMP ma’nosi - ... ? a) BitMap Picture 50. Turli tasvirlar yaratish, ularni qayta ishlash, ularga turli effektlar berish imkoniyatlari yaratuvchi dasturlar? a) grafk muharrirlar 51. Effekt so’z ma’nosi - ...? a) lotin tilidan effectus - harakat, faoliyat, natija 52. Taniqli grafk muharrir dasturlar ? a) Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Adobe Lightroom, CorelDRAW Graphics Suite, Afnity Designer, Autodesk 3ds Max 53. Adobe Photoshop dasturi kim tomonidan ishlab chiqilgan? a) Tomas Noll 54. Rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng mashhur dastur ? a) Adobe Photoshop 55. Adobe Photoshop dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi? a) *.psd 56. Adobe Photoshop qaysi rang modellari bilan ishlaydi ? a) RGB, LAB va CMYK 57. Vektorli grafkalarni yaratish va ular bilan ishlashda yordam beruvchi Adobe paketidagi dastur ? a) Adobe Illustrator 58. Adobe Illustrator dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi? a) *.ai 59. Raqamli fotosuratlar bilan ishlashda yordam beruvchi dastur ? a) Adobe Lightroom 60. Ajoyib dizayn, rasm va grafkalarni yaratish uchun mo‘ljallangan vektorli va rastrli grafk dastur ? a) CorelDRAW Graphics Suite 61. CorelDRAW Graphics Suite dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi? a) *.cdr 62. Ajoyib dizayn, rasm va grafkalarni yaratish uchun mo‘ljallangan vektorli va rastrli grafk dastur ? a) CorelDRAW Graphics Suite 61. CorelDRAW Graphics Suite dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi? a) *.cdr 62. Professional grafka dizaynerlari uchun yaratilgan veb, badiiy, tipografya, maket, naqsh, bosma loyihalar kabi dizayn vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan vektorli va rastrli grafk dastur ? a) Afnity Designer 63. Animatsiya va 3D grafkani yaratuvchi hamda tahrir qiluvchi to‘liq funksiyali professional dastur? a) Autodesk 3ds Max 64. Autodesk 3ds Max dasturda yaratilgan fayllar kengaytmasi? a) *.max 65. Adobe Photoshop dasturi oynasi necha qismdan tashkil topgan? a) 9 ta: bosh menyu, boshqaruv paneli, uskunalar paneli, dastur ishchi sohasi, holat qatori, Ranglar/ Namunalar/ Gradiyentlar/ Naqshlar oynalari, Xususiyati/ Tuzatish/ Kutubxona oynalari, Qatlamlar/ Kanallar/ Konturlar oynalari, oyna tizimli tugmalari 66. Bosh menyu bu - ... ? a) tasvir ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan barcha amal, effekt va sozlashlarni o‘z ichiga oladigan qism 67. Boshqaruv paneli bu - ... ? a) biror uskuna tanlanganida, uni sozlash va ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun xizmat qiladigan qism 68. Uskunalar paneli bu - ... ? a) asosiy amallar bajarilishini ta’minlovchi uskunalar jamlanmasi 69. Dastur ishchi sohasi bu - ... ? a) tasvirni qayta ishlash uchun ajratilgan joy bo‘lib, yuqori qismida fayl nomi, kengaytmasi, rang tizimi va tasvirlash masshtab %-foizi ko‘rsatiladi 70. Holat qatori bu - ...? a) ishlanayotgan obyekt haqida qo‘shimcha ma’lumot beradigan qism 71. Ranglar/ Namunalar/ Gradiyentlar/ Naqshlar (Color/ Swatches/ Gradients/ Patterns) panel bu - ... ? a) tasvirda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ranglarni tanlash, yangisini qo‘shish, tayyor stil va naqshlarni qo‘llash uchun xizmat qiladigan qism 72. Xususiyati/ Tuzatish/ Kutubxona (Properties/ Adjustments/ Libraries) panel bu - ... ? a) ishlanayotgan tasvirga turlicha o‘zgartirishlar kiritish, tahrirlash uchun xizmat qiladigan qism 73. Qatlamlar/ Kanallar/ Konturlar (Layers/ Channels/ Paths) panel bu - ... ? a) tasvirni tashkil etuvchi barcha qatlamlar, rang kanallari va konturlar bilan ishlashni ta’minlaydigan qism 74. Oyna tizimli tugmalari qismi – bu ... ? a) Yig‘ib оlish (Minimize), Yoyish (Maximize) va Yopish (Close) tugmalari – ilоva оynasini masalalar panеliga yig‘ib оlish, butun yoki o’rtacha ekranga yoyish va ilоvani yopish tugmalari joylashgan qism 75. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Move Tool (V) tugmasi vazifasi ? a) oyna tasvirda belgilangan maydon yoki qatlamni siljitish uchun xizmat qiladi 76. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Rectangular Marquee Tool (M) tugmasi vazifasi ? a) to‘g‘ri to‘rtburchak, ellips, gorizontal yoki vertikal satr shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo‘llaniladi 77. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Lasso Tool (L) tugmasi vazifasi ? a) turli shakldagi maydon yoki obyektlar chegaralarini belgilash uchun ishlatiladi 78. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Object Selection Tool (W) tugmasi vazifasi ? a) tanlanadigan rang yoki obyektni o‘z shaklida avtomatik tarzda belgilaydi 79. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Crop Tool (C) tugmasi vazifasi ? a) tasvir chetlari hamda keraksiz qismlarni kesib tashlash uchun qo‘llaniladi 80. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Frame Tool (K) tugmasi vazifasi ? a) rasmlar uchun ramka joylashtirgichlarni yaratadi 81. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Eyedropper Tool (I) tugmasi vazifasi ? a) tasvirdagi asosiy yoki tasvir foni rangini o‘zgartiradi, pipetka orqali tasvirda ishtirok etayotgan rang asosiy yoki fon rangi sifatida tanlanadi 82. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Healing Brush Tool (J) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna, asosan, rasmdagi dog‘larni o‘chirishda ishlatiladi 83. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Brush Tool (B) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna tasvirni sifatli bo‘yash maqsadida ishlatiladi 84. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Clone Stamp Tool (S) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna tasvirdagi kichik bir bo‘lak nusxasini ko‘chirish uchun hamda tasvirdagi ayrim nuqson, dog‘larni yo‘qotish, eski rasmlarni tiklashda keng qo‘llaniladi 85. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot History Brush Tool (Y) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna rasm qismlarining oldingi holatini tiklaydi 86. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Eraser Tool (E) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna tasvirni o‘chirish uchun ishlatiladi 87. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Gradient Tool (G) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna tasvirdagi belgilangan maydonda ranglar kombinatsiyasi hosil bo‘ladi 88. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Blur Tool (R) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna tasvirdagi yorqinlik ortadi, ammo Alt klavishi bilan qo‘llanilganda esa tasvir xiralashadi 89. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Dodge Tool (О) tugmasi vazifasi ? a) uskuna yordamida piksellardagi ranglar yorqinlashadi , ammo Alt klavishi bilan qo‘llanilganda esa piksellardagi ranglar xiralashadi 90. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Pen Tool (Р) tugmasi vazifasi ? a) nuqtalar yordamida shakllar chizish va ularni o‘zgartirish mumkin 91. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Type Tool (Т) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna yordamida tasvirga turli matnlarni kiritish mumkin 92. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Path Selection Tool (А) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna yaratilgan tasvirlarni butunligicha belgilaydi va siljitadi 93. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Rectangle Tool (U) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna yordamida turli geometrik shakllarni chizish mumkin 94. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Hand Tool (H) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna tasvirning ko‘zga tashlanmay turgan qismlarini ko‘rsatadi 95. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Zoom Tool (Z) tugmasi vazifasi ? a) Uskuna tasvir masshtabini kattalashtirish yoki kichraytirish uchun xizmat qiladi 96. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Spot Edit Toolbar tugmasi vazifasi ? a) uskunalar paneli ko‘rinishini tahrirlaydi 97. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Set Background Color tugmasi vazifasi ? a) kerakli rang tanlanlash 98. Adobe Photoshop dasturi uskunalar panelidagi Change Screen Mode (F) tugmasi vazifasi ? a) oyna holatlari bilan ishlash tugmachalar 99. Adobe Photoshop dasturida sohani tanlash yoki obyektni belgilash qanaqa uskunalari mavjud ? a) 3 ta: Rectangular Marquee yoki Elliptical Marquee Tool (M), Lasso yoki Polygonal Lassо yoki Magnetic Lasso Tool (L), Object Selection yoki Magic Wand Tool (W) 100. Adobe Photoshop dasturida tasvirlarga rang berish qanaqa uskunalari mavjud ? a) 3 ta: Gradient , Paint Bucket va 3D Material Drop Tool 101. Kompyuter grafikasida obyektlar joylashtiriladigan tekislik bu - ... ? a) Qatlam 102. Adobe Photoshop dasturida qatlamlar bilan ishlash palitra bu - ...? a) Layers (Qatlamlar) palitrasi 103. Layers (Qatlamlar) palitrasini ekranda hosil qilish uchun nima qilish kerak ? a) asosiy menyuning Window (Oyna) bo‘limidagi Layers bandini yoki F7 tugmasi orqali 104. Layers (Qatlamlar) palitra qaysi qismlardan iborat? a) 3 ta: Layers (Qatlamlar), Channels (Kanallar) va Paths (Konturlar) 105. Layers (Qatlamlar) palitra yordamida qatlamlar ustidan qanaqa amallarni bajarish mumkin? a) qatlamni tanlash, qatlam shaffofigini yoki rang to‘ldirish zichligini boshqarish, qatlamni aralashtirish rejimini tanlash, qatlam ko‘rinishini yashirish yoki ko‘rsatish, tanlangan qatlamlarni bir-biri bilan bog‘lash, qatlam uslublari (effektlarini) sozlash, niqob qatlam yaratadi, qatlamlarni bir guruhga birlashtirish, yangi qatlam yaratish, qatlamni o’chirish, 106. Adobe Photoshop dasturida yangi qatlam yaratish tugmalari ? a) Shift + Ctrl + N 107. Adobe Photoshop dasturida qatlam nusxasini yaratish tugmalari ? a) Ctrl + J 108. Adobe Photoshop dasturida qatlamlarni bittaga birlashtirish tugmalari ? a) 2 ta: pastga joylashgan qatlam bilan - Ctrl + E, barcha ko’rinib turgan qatlamlarni – Shift + Ctrl + E 109. Adobe Photoshop dasturida qatlamni uyg‘unlashtirish xususiyat nomi? a) Opacity 110. Adobe Photoshop dasturida qatlamni bloklash xususiyat nomi? a) Lock 111. Matn bloki – bu ... ? a) matnlarni ma’lum shaklda kiritish mumkin bo‘lgan soha. 112. Kontur – bu ... ? a) geometrik shakl yoki obyekt chegarasini anglatuvchi yopiq chiziq. 113. Deformatsiya (lot. deformation) so‘zi manosi - ... ? a) „buzish“ degan ma’noni anglatadi. 114. Adobe Photoshop dasturida tasvirga matn blokini qo’shish uchun nima qilish kerak ? a) uskunalar panelidan „Type Tool“ uskunasi yoki klaviaturadagi „T“ tugmachasi bosiladi. 115. Adobe Photoshop dasturida matn blok parametrlar satrida qanaqa tugmalar joylashgan ? a) matn yo‘nalishini o‘zgartirish; shrift shriftini o‘zgartirish; matn o‘lchamini o‘zgartirish; matn ko‘rinishi (qirrasi)ni o‘zgartirish; matnning tekislanishini o‘zgartirish; matn rangini o‘zgartirish; matn shaklni o‘zgartirish (deformatsiya); Character (belgilar) va Paragraph (xat boshi) oynasini chiqarish; o‘zgarishlarni bekor qilish; o‘zgarishlarni saqlash; 3D ko‘rinishga o‘tkazish. 116. Adobe Photoshop dasturida matn blokini shaklini o’zgartirish yoki deformatsiya qilish qaysi tugma yordamida amalga oshiriladi ? a) “Create Warped Text” 117. Adobe Photoshop dasturida matn blok deformatsiyasining qanaqa effektlari mavjud ? a) Arc, Arch, Bulge, Shell, Flag, Wave, Fish, Rise, Fisheye, Inflate, Squeeze, Twist 118. Adobe Photoshop dasturida qatlamga filtr stil effektlarni qo’shish qaysi tugma yordamida amalga oshiriladi ? a) Blending options, Drop shadow, Inner shadow, Outer glow, Inner glow, Bevel and Emboss, Sation, Color overlay, Gradient overlay, Pattern overlay, Stroke. 119. Sayt maketi – bu ... ? a) Internet resursining prototipi. 120. Saytni sayqallash – ... ? a) sayt tuzilmasini sayt maketi asosida ishlab chiqish. 121. Slayder – bu ... ? a) ma’lum bir kenglikdagi saytning bloki. U ma’lumotlarni animatsiya yordamida aks ettirishda ishlatiladi. 122. Sayt maketidan foydalanishning afzalliklari? a) 5 ta: vizual kamchiliklarni loyihaning dastlabki bosqichlarida aniqlash; saytning dizayn g‘oyalarini vizual ravishda ko‘rsatish; sayt dizayneri va dasturchisi ishini yengillashtirish; tayyor sayt qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini ko‘rsatish; bloklar, menyular joylashuvi va hokazolarni aniqlash. 123. Sayt maketi asosan qaysi bandlardan iborat bo’ladi? a) Header qismi, menyu satri, kontent qismi, footer qismi 124. Sahifaning „Header“ qismida nimalar joylashadi? a) logotip, qidiruv formasi, tilni tanlash tugmasi, aloqa qilish ma’lumotlari. 125. Sahifaning „Menyu“ qismida nimalar joylashadi? a) sahifaning sarlavhasidan keyin joylashtiriladi va sayt bo’limlar ro’yxati joylashadi. 126. Sahifaning „Kontent“ qismida nimalar joylashadi? a) sahifa asosiy matni 127. Sahifaning „Footer“ qismida nimalar joylashadi? a) sayt tarkibi bo’yicha ma’lumot, sahifa mualliflari va kontak ma’lumotlari Download 476.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling