1 bob. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi


bob. ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI


Download 476.9 Kb.
bet3/14
Sana06.10.2023
Hajmi476.9 Kb.
#1693119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1 bob. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi

3 bob. ANIMATSIYA TEXNOLOGIYASI.
1. Animatsiya bu – ... ?
a) qandaydir vaqt oralig‘ida obyekt o‘lchami, holati, rangi yoki shaklining o‘zgarish jarayoni
2. Animatsiya jarayoni bu - ... ?
a) izchil tasvirlar (kadrlar)ning ketma-ketlikda namoyish etilishidir.
3. Animatsiya ijro etilishi davomida harakat shunchalik
tekis namoyon bo‘lishi uchun undagi kadrlar almashish tezligi sekundiga nechta kadrdan kam bo‘lmasligi lozim.
a) 12 ta
4. Animatsiyaning dastlabki namunasi qachon va qaerda yaratilgan?
a) taxminan 5000 yil avval Eronda (loydan yasalgan qadimiy qadahda echkining sakrashlari va palma daraxti yaproqlarini yeyishi aks ettirilgan)
5. Animatsiya so’zi qaysi tildan olingan va nima ma’nosini anglatadi?
a) lotincha - animare so‘zi, “jonlantirish” degan ma‘noni anglatadi.
6. Kadrlar bu – ... ?
a) obyekt yoki uning qismlari harakatining ketma-ket fazasi tasvirlari.
7. Illyuziya qaysi tildan olingan va nima ma’nosini anglatadi?
a) lotincha - illusion so‘zi, “yanglish tasavvur qilish“, „idrok etish“ degan ma’noni anglatadi.
8. Kompyuter animatsiyasi bu – ... ?
a) kompyuter yordamida animatsiya yaratish.
9. Animatsiya yaratish texnologiyasi nechta elementdan iborat?
a) 3 ta: animatsiya turi, animatsiya usuli, animatsiya uslubi.
10. Animatsiya turi bu – ... ?
a) animatsiyani namoyish etish usuli yoki shakli (chizilgan tasvirlar, qo‘g‘irchoqlar va boshqa ko‘rinishlar)
11. Animatsiya usuli bu – ...?
a) animatsiya yaratiladigan texnik xususiyatlar (kadrlar bo‘yicha animatsiya, dasturlashtiriladigan animatsiya va boshqalar);
12. Animatsiya uslubi bu – ...?
a) animatsiyada ishlatiladigan badiiy uslublar (voqelik, multflm va boshqalar).
13. Kompyuter animatsiyasini yaratuvchi shaxs ... ?
a) animator
14. Gif-animatsiya bu - ...?
a) animatsiyasini yaratishda rastrli grafkadan foydalanish.
15. Flash-animatsiya bu - ... ?
a) animatsiyasini yaratishda vektorli grafkadan foydalanish.
16. Kompyuter animatsiyasini yaratishning nechta usuli mavjud?
a) 2 ta: kadrlar bo‘yicha animatsiya; hisoblangan animatsiya (animatsiya obyekti harakatlari va shakl animatsiyasi).
17. Kadrlar bo‘yicha animatsiya bu - ... ?
a) yaratishda obyekt harakatining barcha bosqichlari chizib chiqiladi.
18. Hisoblangan animatsiya bu - ... ?
a) veb-sahifalardagi effektlarni, shuningdek, reklama, o‘quv va ko‘ngilochar flmlarni yaratishda ishlatiladi.
19. Animatsiyaning nechta usuli mavjud ... ?
a) 4 ta: an’anaviy (klassik) animatsiya; 2D vektorli animatsiya; 3D kompyuter animatsiya; qo‘g‘irchoq animatsiyasi
20. An’anaviy (klassik) animatsiya – bu ... ?
a) ketma-ket chizilgan rasmlar bir-birining ortidan tez kelishi natijasida harakat illyuziyasini yaratish uchun rassom har bir kadrni alohida chizadi;
21. 2D vektorli animatsiya bu - ... ?
a) kadrlar bo‘yicha animatsiyalarni qayta-qayta chizish o‘rniga ular komponentlaridan nusxa olinib, yangi kadrlar yaratish imkoni beriladi.
22. 3D kompyuter animatsiya bu - ... ?
a) obyektni yaratish raqamli ravishda amalga oshiriladi, ya’ni obyektning 3D modeli yaratiladi va u harakatlantiriladi
23. Qo‘g‘irchoq animatsiyasi bu - ... ?
a) an’anaviy kamera bilan olingan fotosuratlarni jonlantirish texnologiyasi (suratga olishga asoslangan video yaratish)
24. Videografya bu – ... ?
a) matnlarn video ko‘rinishida aks ettirish.
25. Adobe Animate nimalar yaratish imkonini beruvchi amaliy dastur hisoblanadi?
a) televizion dasturlar, onlayn videoflm, SWF fayl, animatsiyali banner, veb-sayt, veb-ilova va video o‘yinlar shablonini loyihalash hamda vektorli grafka va animatsiyalar
26. Adobe Animate dasturida natijalar qanaqa formatlarida nashr etiladi?
a) Animatsiyalar HTML5, WebGL, SVGda, shuningdek, eski Flash Player (SWF) va Adobe AIR
27. Adobe Animate dasturida yaratilgan fayllar qanaqa formatda saqlanadi?
a) *.fla kengaytmasida
28. Adobe Animate dasturining imkoniyatlari?
a) tayyor rasmlar ustida ishlash yoki uni chizish; turli formatdagi rasmlarni import qilish; shablonlar kutubxonasining mavjudligi; 3D obyektlar bilan ishlash; kadrlar tezligini sozlash va tovush effektlarini o‘rnatish; 4K va HD formatlarga eksport qilish; animatsiyalarni dastur kutubxonasi bilan sinxronlashtirish; yaratilgan animatsiyani boshqa kompyuter, ishchi guruhda tahrir qilish va davom ettirish.
29. Toom Boom Harmony dasturining imkoniyatlari?
a) 2D tasvirlarni 3D formatga o‘zgartirish; tasvirni eskiz qog‘ozidan skanerlash va kameradan import qilib olish; dastur animatsiya yaratish uchun zarur asosiy chizish uskunalari, maxsus effektlar kutubxonasi, rasm va animatsiya vositalarini taqdim etadi
30. Toom Boom Harmony dasturi yordamida qanaqa multflmlar yaratilgan ?
a) “Qirol sher 2“, “Mulan 2“, “Tarzan“
31. Renderforest onlayn tizimi imkoniyatlari?
a) onlayn animatsiya, slayd-shou va musiqiy treklarni yaratish imkonini beradi
32. Renderforest onlayn tizimida qanaqa fayllarni eksport qilish mumkin?
a) bepul - 3 minutgacha va past sifatli 360p videolar; pulli - 5 dan 120 minutgacha davom etadigan HD yoki Full HD formatidagi videoanimatsiyalarni eksport
33. Easy GIF animator dasturi imkoniyatlari?
a) animatsiyani oson yaratish
34. Easy GIF animator dasturida natijalar qanaqa formatlarida nashr etiladi?
a) *.gif, *.avi, *.fash va *.html kengaytmali
animatsiya
35. Adobe Animate dasturi interfeysi nechta asosiy qismdan tashkil topgan?
a) 11 ta: menyular bandi, interfeys sozlamasi, uskunalar paneli, hodisalar, xususiyatlar paneli, kutubxona, sahna, qatlamlar, holatlar qatori, vaqt chizig‘i, faol hujjat nomi
36. Adobe Animate dasturi interfeysining - Menyular bandi vazifasi?
a) bir qancha menyular mavjud bo‘lib, har bir menyuga o‘ziga xos buyruqlar biriktirilgan
37. Adobe Animate dasturi interfeysining - Interfeys sozlamasi bandi vazifasi?
a) dastur yaratiladigan animatsiyalar uchun maxsus soha va uskunalarni ajratib beradi
38. Adobe Animate dasturi interfeysining - Uskunalar paneli bandi vazifasi?
a) grafk obyektlarni yaratish, tahrirlash va sahnaga joylashtirishda yordam beradigan qator komponentlar mavjud. Ayrim uskunalar maxsus guruhlarga ajratilgan bo‘ladi.
39. Adobe Animate dasturi interfeysining - Hodisalar qismi bandi vazifasi?
a) Action Script tilida dasturlash kodlarini yozish mumkin qism.
40. Adobe Animate dasturi interfeysining - Xususiyatlar paneli bandi vazifasi?
a) tanlangan element, sahna yoki uskuna parametrlarini sozlash imkonini beradi.
41. Adobe Animate dasturi interfeysining - Kutubxona bandi vazifasi?
a) dasturda yaratilgan yoki ish jarayonida ishlatish uchun import qilingan mediafayllarni o‘zida saqlaydi. Har bir hujjat uchun alohida kutubxona yaratiladi.
42. Adobe Animate dasturi interfeysining - Sahna bandi vazifasi?
a) yaratilgan animatsiya namoyish etiladigan aniq o‘lchamdagi maxsus soha. Undan tashqaridagi barcha hodisa va obyektlar ko‘rsatilmaydi. Sahna animatsiyalarni loyihalashda grafka, matn va boshqa ma’lumotlarni saqlash uchun bo‘sh joy sifatida ishlatiladi.
43. Adobe Animate dasturi interfeysining - Qatlamlar bandi vazifasi?
a) yaratilayotgan animatsiyadagi obyektlarni tartibga solish imkonini beradi. Boshqa qatlamdagi obyektlarga ta’sir qilmagan holda bitta qatlamdagi narsalarni chizish va tahrirlash mumkin.
44. Adobe Animate dasturi interfeysining - Holatlar qatori bandi vazifasi?
a) namoyishlarni boshqarish, avvalgi va keyingi kadrlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
45. Adobe Animate dasturi interfeysining - Vaqt chizig‘i bandi vazifasi?
a) yaratilgan grafk obyektlarning qandaydir vaqt oralig‘idagi holati (raqamlangan kadrlardan tashkil topgan), rangi va pozitsiyasini o‘zgartirish jarayonini boshqaradi.
46. Adobe Animate dasturi interfeysining - Faol hujjat bandi vazifasi?
a) yaratilgan joriy hujjat bo‘lib, „Untitled“ nomi bilan tartibga solinib boradi.
47. Adobe Animate dasturi interfeysining uskunalar paneli qanaqa guruhlarga ajratish mumkin?
a) belgilash uskunalari, chizish va matn qo’shish uskunalari, ranglar bilan ishlovchi uskunalar, navigatsiya uskunalari, rang to‘ldirish uskunarlari.
48. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - Selection Tool tugma vazifasi?
a) Tanlash va ko‘chirish uskunasi.
49. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - Subselection Tool tugma vazifasi?
a) Tanlash va chiziqni tahrirlash uskunasi.
50. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - Free Transform Tool tugma vazifasi?
a) O‘zgartirish, o‘lchamini o‘zgartirish, aylantirish uskunasi.
51. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - Gradient Transform Tool tugma vazifasi?
a) Gradientli o‘zgartirish uskunasi
52. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - 3D Rotation Tool tugma vazifasi?
a) 3D aylantirish uskunasi
53. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - 3D Translation Tool tugma vazifasi?
a) 3D ko‘chirish uskunasi
54. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - Polygon Tool tugma vazifasi?
a) Ko‘pburchakli belgilashni tanlov uskunasi
55. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - Lasso Tool tugma vazifasi?
a) Ixtiyoriy maydonni belgilash uskunasi
56. Adobe Animate dasturi interfeysining belgilash uskunalar panelidagi - Magic Wand Tool tugma vazifasi?
a) Tanlangan rangni ajratib ko‘rsatish uskunasi
57. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Pen Tool tugma vazifasi?
a) Vektorli egri chiziqlar yaratish uskunasi
58. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Add Anchor Point Tool tugma vazifasi?
a) Egri chiziqqa nuqta qo‘shish uskunasi
59. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Delete Anchor Point Tool tugma vazifasi?
a) Egri chiziqdagi nuqtani olib tashlash uskunasi
60. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Convert Anchor Point Tool tugma vazifasi?
a) Egri shaklni tuzatish uskunasi
61. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Text Tool tugma vazifasi?
a) Matnli maydon qo‘shish uskunasi
62. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Line Tool tugma vazifasi?
a) Chiziqlar yaratish uskunasi
63. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Rectangle Tool tugma vazifasi?
a) To‘rtburchaklar yaratish uskunasi
64. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Rectangle Primitive Tool tugma vazifasi?
a) O‘zgaruvchan to‘rtburchaklar yaratish uskunasi
65. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Oval Tool tugma vazifasi?
a) Ovallar yaratish uskunasi
66. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Oval Primitive Tool tugma vazifasi?
a) O‘zgaruvchan ovallar yaratish uskunasi
67. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - PolyStar Tool tugma vazifasi?
a) Ko‘pburchaklar va yulduzlar yaratish uskunasi
68. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Pencil Tool tugma vazifasi?
a) Qalam uskunasi
69. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Paint Brush Tool tugma vazifasi?
a) Bo‘yoq mo‘yqalami uskunasi
70. Adobe Animate dasturi interfeysining chizish va matn qo’shish uskunalari panelidagi - Brush Tool tugma vazifasi?
a) Mo‘yqalam uskunasi
71. Adobe Animate dasturi interfeysining ranglar bilan ishlovchi uskunalari panelidagi – Bone tugma vazifasi?
a) Kinematik obyektlar
72. Adobe Animate dasturi interfeysining ranglar bilan ishlovchi uskunalari panelidagi – Bind Tool tugma vazifasi?
a) Kinematik obyektlarni bog‘lash nuqtalarini qo‘shish uskunasi
73. Adobe Animate dasturi interfeysining ranglar bilan ishlovchi uskunalari panelidagi – Paint Bucket tugma vazifasi?
a) Rang to‘ldirish
74. Adobe Animate dasturi interfeysining ranglar bilan ishlovchi uskunalari panelidagi – Ink Bottle tugma vazifasi?
a) Rangni qo‘llash va o‘zgartirish
75. Adobe Animate dasturi interfeysining ranglar bilan ishlovchi uskunalari panelidagi – Eyedropper tugma vazifasi?
a) Rangdan namuna olish
76. Adobe Animate dasturi interfeysining ranglar bilan ishlovchi uskunalari panelidagi – Eraser tugma vazifasi?
a) O‘chirg‘ich
77. Adobe Animate dasturi interfeysining ranglar bilan ishlovchi uskunalari panelidagi – Width tugma vazifasi?
a) Kenglik
78. Adobe Animate dasturi interfeysining ranglar bilan ishlovchi uskunalari panelidagi – Asset Warp Tool tugma vazifasi?
a) Burish nuqtalarini o‘rnatish uskunasi
79. Adobe Animate dasturi interfeysining navigatsiya uskunalari panelidagi – Camera tugma vazifasi?
a) Kamera qatlamini qo‘shish uskunasi
80. Adobe Animate dasturi interfeysining navigatsiya uskunalari panelidagi – Hand tugma vazifasi?
a) Sahnani tahrirlash va ko‘chirish uskunasi
81. Adobe Animate dasturi interfeysining navigatsiya uskunalari panelidagi – Rotation Tool tugma vazifasi?
a) Sahnani aylantirish uskunasi
82. Adobe Animate dasturi interfeysining navigatsiya uskunalari panelidagi – Zoom tugma vazifasi?
a) Masshtab uskunasi
83. Adobe Animate dasturi interfeysining rang to‘ldirish uskunalari panelidagi – Stroke Color tugma vazifasi?
a) Chiziq rangini tanlash
84. Adobe Animate dasturi interfeysining rang to‘ldirish uskunalari panelidagi – Fill Color tugma vazifasi?
a) Obyektni to‘ldirish rangini tanlash
85. Adobe Animate dasturi interfeysining rang to‘ldirish uskunalari panelidagi – Black and White tugma vazifasi?
a) Standart rang bilan to‘ldirish (qora-oq)
86. Adobe Animate dasturi interfeysining rang to‘ldirish uskunalari panelidagi – Swap Colors tugma vazifasi?
a) Ranglarni almashtirish
87. Adobe Animate dasturining Pencil Tool uskunasi chiziqlarni nechta rejimi mavjud?
a) 3 ta: Straighten (to’g’ri), Smooth (tekkislangan), Ink (egri)
88. Adobe Animate dasturining Selection Tool uskunasida qanaqa tahrirlash ishlarini amalga oshirish mumkin?
a) 2 ta: obyekt burchaklarini ko‘chirish, obyekt konturi bo‘yicha o‘zgartirish
89. Adobe Animate dasturining Free Transform Tool uskunasida qanaqa obyektni o‘zgartirish rejimlarni amalga oshirish mumkin?
a) 4 ta: Rotate and Skew (burish va qiyshiq holatga keltirish), Scale (masshtablash), Distort (buzish), Envelope (konvertlash).
90. Kompozitsiya – (lot. compositio – tuzilish, birlashish, bog‘lanish) bu – ...?
a) badiiy asar qismlarining mazmun, xarakter hamda maqsad jihatdan uzviy bog‘langan holda joylashishi.
91. Qatlam (Layer) bu – ...?
a) bir necha obyektning mustaqil harakati, o‘zgarishi va ustma-ust joylashishi natijasida yaxlit tasvir hosil qilinadigan joy, shaffof qog‘oz.
92. Adobe Animate dasturida yangi qatlam yaratish nechta usuli mavjud ?
a) 2 ta: yangi qatlam yaratish tugmachasi, dastur menyusining Insert – Timeline – Layer buyrugi yordamida
93. Adobe Animate dasturining Kutubxona (Library)sida qanaqa obyektlar saqlanadi ?
a) 3 ta: grafk (Graphic) , tugmacha (Button) va klip (MovieClip)
94. Adobe Animate dasturining Kutubxona (Library)sidagi grafk (Graphic) obyektlar bu - ...?
a) bitta kadrli tasvirdan iborat animatsiya
95. Adobe Animate dasturining Kutubxona (Library)sidagi tugmacha (Button) obyektlar bu - ...?
a) foydalanuvchi harakatlariga javob beradigan va boshqaradigan tugmachalardan iborat animatsiya
96. Adobe Animate dasturining Kutubxona (Library)sidagi klip (MovieClip) obyektlar bu - ...?
a) tarkibi bir necha kadrdan iborat animatsiya
97. Adobe Animate dasturida obyektni kutubxonaga o‘tkazish uchun nima qilish kerak ?
a) obyekt belgilab olinadi va klaviaturada „F8“ tugmachasi bosiladi
98. CGI (ingl. computer-generated imagery) qisqartma so‘zi bu - ... ?
a) kompyuterda yaratilgan tasvirlar ma’nosini bildiradi (xayoliy qahramonlarni jonlantiradi, aql bovar qilmaydigan virtual olamlarni yaratish).
99. Animator bu – ... ?
a) animatsiya texnologiyalaridanfoydalangan holda, multflm qahramoni yoki kompyuter o‘yini harakati illyuziyasini yaratuvchi rassom.
100. CGI yordamida yaratilgan flmlarning aksariyatida nimalar obrazlari jonlantirilgan?
a) hayvonlar, xayoliy personajlar, robotmashinalar, va boshqa xayoliy qahramonlar ...
101. Animatsiya yaratishning asosiy vositasi bu – ...?
a) vaqt chizig‘i (Timeline).
102. Vaqt chizig‘idagi har bir katak nima hisoblanadi ?
a) kadr (Frame)
103. Vaqt chizig‘idagi faol kadr (Frame) qanaqa aks etiladi?
a) chiziqli qizil to‘rtburchak belgisi bilan
104. Vaqt chizig‘idagi raqamlar nimani anglatadi?
a) kadr tartib raqamlarini
105. Keyframe (kalitli kadr) bu - ... ?
a) tarkibida elementi bor kalitli kadr.
106. Keyframe (kalitli kadr) qanaqa aks etiladi?
a) qora nuqtasi bor kadr
107. Blank Keyframe (bush kalitli kadr) bu - ... ?
a) tarkibida elementi yo‘q kalitli kadr
108. Blank Keyframe (bush kalitli kadr) qanaqa aks etiladi?
a) oq nuqtasi bor kadr
109. Frame (kadr) bu - ... ?
a) oddiy kadr
110. Frame (kadr) qanaqa aks etiladi?
a) nuqtasi yoq kadr
111. Oraliq (motion tween yoki shaping tween) kadr bu - ... ?
a) dastur tomonidan avtomatik ravishda yaratilgan kadr
112. Oraliq (motion tween yoki shaping tween) qanaqa aks etiladi?
a) strelka tasviri bor kadr
113. Klaviaturaning – F5 funksional tugmachalari orqali nima amalga oshiriladi?
a) Insert Frame yoki oddiy kadrni qo‘shish
114. Klaviaturaning - F6 funksional tugmachalari orqali nima amalga oshiriladi?
a) Insert Keyframe yoki kalitli kadrdan nusxa olib yangi kalitli kadr yaratish
115. Klaviaturaning - F7 funksional tugmachalari orqali nima amalga oshiriladi?
a) Insert Blank Keyframe yoki tarkibida elementi yo‘q kalitli kadrni qo‘shish
116. Klaviaturaning - Shift+F5 funksional tugmachalari orqali nima amalga oshiriladi?
a) Remove Frames yoki kadrni o‘chirish
117. Klaviaturaning - Shift+F6 funksional tugmachalari orqali nima amalga oshiriladi?
a) Clear Keyframe yoki kalitli kadrni tozalash
118. Tarkibi faqat kalitli kadrlardan iborat animatsiya nima deb ataladi?
a) kadrlar bo‘yicha animatsiya
119. Dastlabki va oxirgi kadrlar orasidagi obyekt xususiyati (pozitsiyasi, o‘lchami, rangi, effektlar, fltrlar va aylanishlar) uchun turli qiymatlarni ko‘rsatish orqali dastur tomonidan avtomatik yaratilgan animatsiya nima deb ataladi?
a) harakatlar animatsiyasi (Motion Tween)
120. Obyektning tashqi ko‘rinishi (o‘lchami, rangi, shakli)ni yoki bir shakldan boshqa shaklga tekis, bir maromda, silliq asta-sekin o‘zgarish orqali dastur tomonidan avtomatik yaratilgan animatsiya nima deb ataladi?
a) forma animatsiyasi (Shaping Tween)


Download 476.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling