1-bob: Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish


-bob: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish


Download 55.03 Kb.
bet5/16
Sana17.06.2023
Hajmi55.03 Kb.
#1536328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
g`ayrat

2-bob: Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
Sudyaning ongida – adolat, tilida – haqiqat, dilida – poklik bo‘lishi kerak”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakat sud tizimi vakillari, o‘zbek sudyalari oldiga ana shunday haqqoniy talabni qo‘ydi. Bu talabning mohiyati va ahamiyati nimada?
– Keyingi yillarda mamlakatimiz sudyalarining amaliy shioriga aylangan ushbu g‘oya ilk bor davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 iyunda sudyalar bilan bo‘lib o‘tgan birinchi tarixiy uchrashuvida so‘zlagan nutqida yangragandi. Bu dasturiy nutq zamirida sud tizimini fuqarolarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qiladigan adolat qo‘rg‘oniga aylantirishdek ustuvor maqsad o‘z mujassamini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, «Sudlarning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirishdan iborat. Buning uchun sud har bir ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishi lozim».
Ayni chog‘da, bunga qadar – 2016 yil 21 oktyabrda davlatimiz rahbari tomonidan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilinganini alohida ta’kidlash lozim. Chunki mazkur hujjat mamlakatimizda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tardi.
Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslarini rivojlantirishda Harakatlar strategiyasi qanday rol o‘ynadi?
– Sud-huquq tizimidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlashda Prezidentimiz tomonidan Konstitutsiyamiz normalari asosida ishlab chiqilgan va 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu milliy taraqqiyot strategiyasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan ikkinchi ustuvor yo‘nalishi doirasida sohada ulkan islohotlar amalga oshirildi.
Harakatlar strategiyasi o‘tgan besh yillik davrda davlat va jamiyatni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichiga asos soldi. Bu muhim hujjat, tom ma’noda yangi O‘zbekistonni bunyod etishning mustahkam huquqiy poydevori ekanini amalda namoyon etdi.
Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish uchun asos bo‘ldi. Bunda Konstitutsiyamiz Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan demokratik islohotlarni amalga oshirishning konstitutsiyaviy asosi sifatida xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muhim o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar bu borada alohida o‘rin tutadi.
Sud hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslarini takomillashtirishda aynan qanday ustuvor vazifalardan kelib chiqildi?
– Xususan, 2017 yil 6 aprelda Konstitutsiyaning 7 ta moddasiga kiritilgan tuzatishlarda quyidagi 3 ta ustuvor vazifa:

Download 55.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling