1 bob informatika va axborot olami
-bob. KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI
Download 31.32 Kb.
|
5-sinf informatika testlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. KOMPYUTER DASTURLARI
2-bob. KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI
1. Inglizcha "computer" so'zi nima ma'noni anglatadi ? А hisoblagich 2.Kompyuter bu ... ? A axborotni katta tezlikda qayta ishlovchi universal avtomatik qurilma 3.Zamonaviy kompyuter necha turlari xozirda mavjud? A 6 (Desktop, Monoblock, Laptop, Tablet, Nettop, Palmtop) 4. Desktop (shaxsiy yoki office) kompyuter - bu ... ? A shaxsiy va albatta stol usti joylashadigan kompyuter 5.Laptop (notebook) kompyuter - bu ... ? A bloknot ko'rinishidagi kompyuter 6.Nettop (netbook) kompyuter - bu ... ? A ixcham qutida joylashgan va internet ilovalar bilan ishlashga mo'ljallangan kompyuter 7. Palmtop (smartfon) kompyuter - bu ... ? A cho'ntak kompyuter 8.Tablet kompyuter - bu ... ? A planshetli shaxsiy kompyuter 9.Monoblok kompyuter - bu ... ? A monitor va tizimli blok birlashtirilgan kompyuter 10.Shaxsiy kompyuter nechta asosiy qurilmalardan iborat ? A 4 ta (tizimli bloki, monitor, klaviatura, sichqoncha) 11.Ma'lumotlarni ekranda namoyish qilish qurilmasi - ? A monitor 12.Keys deb nomlanuvchi maxsus qoplama ichida joylashgan asosiy plata, protsessor, xotira va boshqa qurilmalar qism - ... ? A tizimli blok 13.Kompyuterga ma'lumotlarni kiritish va u bilan muloqot qilish qurilma - ... ? A klaviatura 14.Kompyuterni oson boshqarish va dasturlar bilan qulay ishlash uchun qurilma - ...? А sichqoncha 15.Monitorlar necha xil bo'ladi ? A 4 (elektron nurli trubkali, plazmali, suyuq kristalli, sensorli) 16. Tizimli blok ichida nima joylashadi ? А asosiy plata, qattiq disk, videokarta operativ xotira, tovush karta, mikroprotsessor 17. Qushimcha qurilmalar bu - ...? A printer, skaner, faks, modem, WiFi-router, web-kamera, ovoz kuchaytirgich, quloqchin, plotter, proektor, raqamli kamera 18.Qushimcha qurilmalardan ma'lumotlarni qog'ozga chop etish uchun muljallangan - printer qurilmasi necha turi mavjud ? A 4 (matritsali-ignali, lazerli, purkagishli, termo-issiqliq) 19.Qushimcha qurilmalardan qog'ozdagi ma'lumotlarni xotiraja kiritish uchun muljallangan - skaner qurilmasi necha turi mavjud ? A 3 (barabanli, planshetli, qo'l skaneri) 20. Ushbu qurilmalarning qaysinisi ovoz bilan bog'liq? A quloqchin, mikrofon, ovoz-kuchaytirgich 21. Ushbu qurilmalardan qaysinisi katta hajmdagi ma'lumotlarni chop etish bilan bog'liq? A plotter (grafikyasagich), keng formatli printer, 3-D printer 22.Qushimcha qurilmalardan tovushli (analog) signallarni raqamli signallarga va aksincha o'g'irib berish uchun muljallangan - modem qurilmasi necha turi mavjud ? A 4 (tashqi, ichki, USB, WiFi) 23.Ushbu qurilmalarning qaysinisi video tasvirlar bilan bog'liq? A web-kamera, proektor, raqamli kamera 24.Aqilli (smart) texnologiyalar asosan qayerda qo'llaniladi ? A ta'lim 25. Ushbu qurilmalarning qaysinisi smart texnologiyar bilan bog'liq? A Elektron doska, Virtual shlem (ko'zaynak), Elektron ruchka 26.Foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasida muloqot o'rnatishga muljallangan asosiy qurilma bu - ... ? А klaviatura 27. Klaviaturani bajargan vazifalariga ko'ra klaviatura tugmachalari nechta guruhlarga ajratish mumkin ? A 6 (alifbo-raqamlar, kursorni boshqarish, maxsus vazifalar bajaruvchi, funksional, yordamchi raqamlar va indikatorlar guruhi) 28.Eng ko'p ishlatiladigan, lotin, kiril harflar, raqam va belgilar ko'rsatilgan tugmalar guruhi - bu ... ? A alifbo-raqamlar tugmalari 29. Kursorni boshqarish tugmalar guruhiga tegishli bo'lgan tugmachalar ? А Home, End, Page Up, Page Down 30. Kursorni satr yoki web-hujjat boshiga tezkor o'tqazish tugmasi ? A Home 31.Kursorni satr yoki web-hujjat oxiriga tezkor o'tqazish tugmasi ? A End 32. Kursorni hujjatning avvalgi sahifasiga tezkor o'tqazish tugmasi ? A Page Up 33.Kursorni hujjatning keyingi sahifasiga tezkor o'tqazish tugmasi ? A Page Down 34. ESC - tugma vazifasi ... ? A oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish 35.ENTER - tugma vazifasi ... ? A buyruq yoki amallarni tasdiqlash 36.SHIFT - tugma vazifasi ... ? A bosh harfni yoki tugma yuqorisidagi belgini yozish 37.CAPS LOCK - tugma vazifasi ... ? A faqat bosh harflarni yozish rejimini faollashtirish 38.BACK SPACE - tugma vazifasi ... ? A kursordan chapda turgan belgini o'chirish 39.DELETE (Del) - tugma vazifasi ... ? A kursordan o'ngda turgan belgini o'chirish 40.BREAK/PAUSE - tugma vazifasi ... ? А dastur bajarilishini tuxtatish 41. INSERT (Ins) - tugma vazifasi ... ? A belgini almashtirib yoki siljitib yozish 42.TAB - tugma vazifasi ... ? A keyingi elementga o'tish yoki matnda o'nga sakrash 43.SCROLL LOCK - tugma vazifasi ... ? А kursorni boshqarishni ekran boshqarishi bilan bog'lash rejimini faollashtirish 44.NUM LOCK - tugma vazifasi ... ? A yordamchi raqamlar guruhhini faollashtirish 45.Faqat boshqa tugmalar bilan birgalikda ishlatilish uchun muljallangan tugmalar - bu ... ? A maxsus vazifa tugmalari 46.Maxsus vazifa tugmasi bo'lgan tugmalarni ko'rsating ? A ALT, CTRL, SHIFT 47.Ekran holatini xotiraga rasm qilib saqlash tugmasi? A PRINT SCREEN 48. Sichqoncha chap tugmasini bir marta bosilishi - bu? A ob'ektni tanlash yoki faollashtirish 49.Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosilishi - bu ... ? A ob'ektni ochish yoki ishga tushirish 50.Sichqoncha o'ng tugmasini bir marta bosilishi - bu? A ob'ekt kontekst (asosiy amallar) menyusini faollashtirish 51.Sichqoncha chap tugmasini ikki marta tezkor bosilishi - bu ... ? A matn so’zini belgilab olish 52.Sichqoncha chap tugmasini uch marta bosilishi - bu? A matn abzatsini belgilab olish 3-bob. KOMPYUTER DASTURLARI 1. Kompyuter tushuna oladigan tilda yozilgan buyruq va ko'rsatmalarning tartibli ketma-ketligi bu - ...? А dastur 2. Turli SOFT (dastur) bir-biridan eng avvalo nima bilan ajralib turadi? A interfeys 3. Dastur ishga tushirilganda uning ekrandagi ko'rinishi va foydalanuvchiga beriladigan imkoniyatlar - bu ... ? A interfeys 4. Dasturiy ta'minot necha turga bo'linadi ? A 3 - tizimli, amaliy, uskunaviy (dasturlovchi) 5.Kompyuterni boshqaruvchi, dasturlarni va qo'rilmalarni to'g'ri ishlashini ta'minlovchi dasturlar guruhi - bu ... ? A Tizimli 6. Aniq bir sohadagi ma’lumotlar turiga ishlov berish va ularni qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar guruhi - bu ... ? A Amaliy 7.Kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlashni yengillashtiruvchi dasturlar guruhi - bu ... ? A Uskunaviy (dasturlovchi) 8.Tizimli dasturlar guruhiga mansub dasturlar : ... ? A Windows, IOS, MacOS, Android, MSDOS, Unix, Linux, DOPPIX 9. Amaliy dasturlar guruhiga mansub dasturlar ? A Word, Excel, PowerPoint, PhotoShop, Access, Flash 10.Uskunaviy (dasturlovchi) dasturlar guruhiga mansub dasturlar ? A Scratch, Python, C++, Go, R, Java, Ruby 11.Kompyuter yoqilgach ishga tushadigan, foydalanuvchi va kompyuter o'rtasida muloqot o'rnatadigan, barcha qurilma va dasturlarni boshqara oladigan maxsus dasturlar - bu ... ? A Operatsion tizimlar 12.Windows dasturi qaysi korporatsiya tomonidan ishlab chiqarilgan ? A Microsoft 13. Birinchi Windowsning 1.0 versiyasi qachon ishlab chiqarilgan ? A 1990 14. Windows so'zi nima ma'nosini anglatadi ? А igliz tilida - oynalar, lavhalar, darchalar 15.Windows operatsion tizim ishga tushirilganda monitorda hosil bo'ladigan ko'rinish nima deb nomlanadi ? A ish stol 16. Kompyuter xotirasida joylashgan kerakli dasturni qidirib, topib va ishga tushirish Windowsda nima orqali amalga oshiriladi ? A Bosh menyu 17.Ichki va tashqi xotiralarga murojaat qilish va tizimga taalluqli masalalarni hal qilish uchun xizmat qiluvchi Windowsning maxsus dastur nomi - ...? А Mening kompyuterim (Kompyuter) 18.Ishlash jarayonida yaratilgan hamda boshqa manbalardan ko'chirib olingan hujjatlarni saqlashga mo'ljallangan Windowsning maxsus dastur nomi - ... ? A Mening Hujjatlarim (Hujjatlarim) 19.Ortiqcha yoki keraksiz bo'lgan ma'lumotlarni vaqtincha saqlab turuvchi Windowsning maxsus dastur nomi - ... ? A Savatcha 20. Google korporatsiyasi tomonidan mobil telefonlar uchun yaratilgan operatsion tizim nomi (qariyb 80% smartfonlarda ishlaydi)? A Android 21.Apple korporatsiyasi tomonidan maxsus qurilmalar uchun yaratilgan operatsion tizim nomi (qariyb 20% smartfonlarda ishlaydi) ? A iOS 22.Kompyuterning xotirasida umumiy bir nom bilan saqlangan har qanday ma'lumot - bu ...? А fayl 23.Kompyuterdagi ma'lumotlarni tartibli saqlanib, ajratilib ketmasligi uchun ularni alohida nomlangan maxsus diskdagi joylar - bu ... ? A katalog (papaka) 24. Kompyuterning xotirasida joylashgan dastur yoki faylni oson va tezkor ochish (ishga tushirish) uchun muljallangan rasmli obyekt (piktogramma) - bu ... ? A yorliq 25. Tashki xotiraga nimalar kiradi ? А yumshoq (magnit) va qattiq (vinchester) disklar; CD va DVD disklar; flesh disk va memory-card 26. Fayl nomi nechta qismdan iborat bo'ladi ? A 2 27. Fayl nomining qaysi qismini foydalanuvchi o'z xohishga ko'ra nomlaydi ? A 1 qism - fayl nomi 28. Fayl nomining qaysi qismini dastur o'zi avtomatik tarzda belgilanadi? A 2 qism - fayl kengaytmasi 29. Fayl atributi bo'lgan javobni ko'rsating ? А arxivlangan yoki tizimli; faqat o'qish uchun; yashirilgan 30. Fayl parametrlari bo'lgan javobni ko'rsating ? А o'cham ; yaratilish sana ; oxirgi o'zgartirilgan vaqti 31.Fayl nomida qaysi belgilardan foydalanish mumkin emas ? А / , \ , |, *, ? , : , >, < , " 32. Fayl nomi nechta belgidan oshmasligi mumkin ? A 255 33.Fayl kengaytmasi nechta belgidan oshmasligi mumkin ? A 4 34.Bir nechta papka va ostki papkalarning saqlanadigan joy - bu ... ? А disk 35. Papka ustidan qanday amallarni bajarib bo'ladi ? A hosil qilish va qayta nomlash; ochish va o'chirish ; nusxalash va uzatish 36.Microsoft Word dasturida yaratilgan fayl kengaytmasi ? A .doc yoki .docx 37.Microsoft Excel dasturida yaratilgan fayl kengaytmasi ? A .xls yoki .xlsx 38. Microsoft Power Point dasturida yaratilgan fayl kengaytmasi ? А .ppt yoki .pptx 39. Tasvir va rasmli fayl kengaytmasi ? A .bmp yoki .jpg 40. Musiqali fayl kengaytmasi ? A .mp3 41. Videoli fayl kengaytmasi ? A .avi yoki .mpeg yoki .mov yoki .mp4 42.Harakatli animatsion fayl kengaytmasi ? A .gif 43.Kompyuter yoki mobil ustuna uchun dasturni ishga tushirish fayl kengaytmasi ? A .exe yoki .apk 44.Faylgacha yo'l "D:\Hujjatlarim\Dasturlar\5-sinf.docx" ning BOSH KATALOG ni ko'rsating ? A D: 45.Faylgacha yo'l "D:\Hujjatlarim\Dasturlar\5-sinf.docx" ning ONA KATALOG ni ko'rsating ? A Dasturlar 46.Faylgacha yo'l "D:\Hujjatlarim\Dasturlar\5-sinf.docx" ning QUYI KATALOG ni ko'rsating? A Hujjatlarim Download 31.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling