1-Bob. Lokomotivlarni ta’mirlash zavodining tavsifi


Download 109.29 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi109.29 Kb.
#1571842
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-glava TRZ



Перв.примен.




Справ.№










Подп. и дата




Инв.№ дубл.




Взам.инв.№




Подп. и дата




Инв.№ подл.









1-Bob. Lokomotivlarni ta’mirlash zavodining tavsifi


1.1.Sexlarni vazifalari va ishlab chiqarish dasturi.
Tortuv harakat tarkiblarini ta’mirlashning joriy ta’mir JT-3 va kapital turlari (KT-1, KT-2, KTU) “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” UK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi tomonidan yoki shartnomalar asosida tuziladigan yillik rejalar asosida bajariladi. Tortuv harakat tarkiblarini zavodga ta’mirlash uchun “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar korxonasiga olib kelish muddatlari, zavod va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Tortuv harakat tarkibi zavodga ishlamayotgan (sovuq) xolda keltiriladi. Bunda avtoblokirovka va radiostansiya yechilgan, tizimlardan moy, suv, yoqilg‘i, qum, yong‘inga qarshi qurilmadan suyuqlik to‘kilgan, sanitar uzel tozalangan va dezinfeksiya qilingan, tashqi qismlari turli ifloslanishlardan tozalangan bo‘lishi kerak.
Tortuv harakat tarkibi bo‘yicha ishlar hajmini aniqlash byurosi (ro‘yxatga olish byurosi) xodimlari tomonidan belgilanadi. U o‘zaro uzluksiz bog‘langan ta’mirlash bo‘yicha ishlar hajmini aniqlash va sarf xujjatlari asosida topshirish funksiyalarini bajarish bo‘yicha markazlashtirilgan organ sifatida tuzilgan.
Qabul qilish, ta’mirlash ishlarini ro‘yhatga olish namunaviy hujjatlarini yuritish quyidagilarni ta’minlaydi:
- tortuv harakat tarkibini ta’mirlash bo‘yicha ishlar hajmini to‘g‘ri aniqlash;
- alohida sexlar va uchastkalar bo‘yicha ta’mirlash ishlari bo‘yicha topshiriqlarni belgilash;
- ish haqi, yangi detall va materiallar sarfini ta’mirlash qoidalari, soha standartlari va amaldagi yo‘riqnomalarga muvofiq, tortuv harakat tarkibini ta’mir sifatiga zarar yetkazmaydigan xolda me’yorlash;
- ta’mirlash ishlarini detallar va operasiyalar bo‘yicha, almashtirilayotgan yig‘ish birliklari va detallarni olish, shuningdek sarflanadigan materiallarni qayd qilish hujjatlarini tuzish jarayonini yengillashtirish.
Ta’mirlash ro‘yxatini yuritish va tortuv harakat tarkibini temir yo‘l, depo va korxonalar vakillaridan ta’mirga qabul qilishni to‘g‘ri rasmiylashtirish yetishmayotgan va katta yedirilishlarga ega detallar va yig‘ish birliklarini o‘z vaqtida tayyorlash, ta’mirlash vaqtini kamaytirish imkonini beradi va zavodni temir yo‘l va boshqa korxonalar bilan o‘zaro munosabatlarini normallashuviga hizmat qiladi.
Tortuv harakat tarkibini kapital ta’mirlash jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topgan:
1. Qabul qilish (bitta lokomotivga ikki kungacha). Ta’mir hajmini aniqlash byurosi xodimlari tomonidan quyidagi aktlarni rasmiylashtirish orqali o‘tkaziladi:
- ta’mirga keltirilgan tortuv harakat tarkibini qabul qilish va dastlabki tashqi texnik ko‘rikdan o‘tkazish;
- yetishmaydigan detallar bo‘yicha;
- kuchli yedirilishlarga ega detallar ya’ni yaroqsiz detallar bo‘yicha;
- tortuv harakat tarkibi kapital ta’miri tavsifi tarkibiga kirmaydigan ishlarni bajarish.
2. Jihozlarni yechib olish (qolgan yoqilg‘i va moyni to‘kib olish; yoqilg‘i va moy tizimlarini yuvish va bug‘ bilan tozalash, anjomlarni yechib olish).
3. To‘liq qismlarga ajratish (yig‘ish birliklarini yechib olish va ta’mirlash sexlari va ixtisoslashgan uchastkalarga uzatish, kuzov va ramani ichki va tashqi tozalash).
4. Detallargacha qismlarga ajratish, ta’mirlash sexlari va ixtisoslashgan uchastkalarda bajariladi.
5. Detallarni yuvish va nuqsonlarni aniqlash, ta’mirlash ro‘yhatini tuzish, yig‘ish birliklari va ishchilarga naryadlarga talabnomalar tayyorlash.
6. Tortuv harakat tarkibi yig‘ish birliklarini tiklash.
7. Yig‘ish birliklarini yig‘ish, sinash va rostlash, teplovoz sexiga belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan xolda uzatish.
4-7 bandlarda keltirilgan ishlar tortuv harakat tarkibini ta’mirlash jarayoni asosiy liniyasiga parallel ravishda bajariladi.
8. To‘liq yig‘ish, ko‘zdan kechirish va nuqsonlarni bartaraf etish, yonilg‘i, moy, suv quyish, dizel generator qurilmasini sinash uchun ishga tushirish.
9. Reostat sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish.
10. Yurgazib ko‘rishga tayyorlash va yurgazib ko‘rish, nuqsonlarni bartaraf etish, texnik nazorat bo‘limiga ishlab turgan xolda topshirish, yonilg‘i, moy, suvni to‘kib olish.
11. Bo‘yash va quritish (ichki tomonlari ikki marta, tashqi tomondan uch marta bo‘yaladi).
12. Texnik nazorat bo‘limiga qabul qilib olish aktini rasmiylashtirib topshirish, asboblar, uskunalar, signal moslamalari bilan ta’minlash, ro‘yhatga olingan depo yoki korxonaga jo‘natish.
«O‘ZTEMIRYO‘LMASHTA’MIR» UK temir yo‘l harakat tarkiblarini kapital ta’mirlash va modernizasiyalashni amalga oshiruvchi Markaziy Osiyodagi yirik korxona hisoblanadi. Bu yerda yuk tashishiga mo‘ljallangan teplovozlar turi UzTE16M, 2TE116, TE10M, manyovr ishidagilar qo‘llaniladigan teplovozlar TEM2, CHME3, yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljalangan TEP70BS teplovoz JT-3 zavoda amalga oshiriladi shuningdek ВЛ60K, ВЛ80С elektrovozlari kapital ta’mirlanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda foydalanishda bo‘lgan “O‘zbekiston” “O‘z-Y”, “UzEL”, “UzELR” 2-UZ UY elektrovozlarini hamkelajakda kapital ta’miri ham shu yerda amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotiv parki xizmat muddati 30 yil bo‘lib, ularning asosiy qismi hozirgi kunda xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan. Ularni hizmat muddatini uzaytirish va TE10M, turidagi teplovozlarning texnik holatini tiklash uchun 10D100 turidagi dizellarni, tejamkor bo‘lgan zamonaviy 1A-9DG dizellarga almashtirish, shuningdek lokomotivning ko‘taruvchi qismlarini tiklash lozim.
“O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ va Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YBRR) 2001 yilning noyabr oyida dizelli lokomotivlar parkini modernizasiyalash loyihasi bo‘yicha kredit kelishuvini imzoladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 26 dekabrdagi 451-sonli “Dizelli lokomotivlar parkini Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki ishtirokida modernizasiyalash loyihasini amalga oshirish chara-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan mazkur loyiha texnik-iqtisodiy asoslangan. Loyihani amalga oshirish davomida dizelli lokomotiv parki modernizasiyalangan.
Loyihada poyezdlar harakati havfsizligi, mehnat muhofazasi, atrof-muhit himoyasi, yonilg‘i-energetika resurslari va foydalanish sarflarini tejashni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 18 martdagi PQ-1047 sonli “2009-2013 yillarda temiryo‘l sohasini rivojlantirish va modernizsiya qilishning kompleks dasturi to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 90 seksiya teplovozlar 10D100 dizel-generatorlarini “Kolomna zavodi” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan 1A-9DG (3 ishlanmasi) dizel-generatorlariga almashtirish yo‘li bilan modernizasiyalandi.
Korxona asosiy: lokomotivlar yig‘uv, dizellarni ta’mirlash, ta’mirlov-butlov, g‘ildiraklar, elektr mashinalarni ta’mirlash, elektr apparatlarni ta’mirlash, temirchilik, mexanika sexlaridan va yordamchi: asbob-uskunalar, energetika issiqlik kuch, ta’mirlash-mexanika, ta’mirlash-qurulish va transport sexlaridan tashkil topgan.

Download 109.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling