Natija:
Ma'lumotlar bazasidan, ma'lumotlarni chiqarishda mantiqiy amallar orqali( + , — , * ,/ ,() ), ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritib, ekranga chiqarishimiz mumkin bo‘ladi.
SELECT name, year+15, num*10 FROM misol;
Natijani ko‘rsangiz, so‘rov tili orqali, ma'lumotlarni o‘zgartirganimizni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
yoki bo‘lmasa quyidagicha
Agar bazadagi ustun nomlari sizga yoqmasa, siz ularni o‘zingiz hohlaganday nom bilan ekranga chiqarishingiz mumkin bo‘ladi, bunda ma'lumotlar bazasidagi ustun nomlari o‘zgarmaydi, faqat ekranda o‘zgargan ko‘rinishi chiqadi. Bunda bizga " as" kalit so‘zi yordam beradi.
Agar nomlarni qo‘shtirnoq ichiga olsangiz, qo‘shtirnoqdagi katta kichik harflar farqli bo‘lib qoladi.
SELECT name as "IsM",
surname as "FamiliyA" FROM misol;
Agar 2 ta ustun natijalarini birlashtirib, ekranga chiqarmoqchi bo‘lsangiz "||" belgisidan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
SELECT year||num, name FROM misol;
yoki
SELECT year||'OK'||num, name FROM misol;
Agar chiqarayotgan natijaning davomiga qandaydir belgilar(qo‘shtirnoq, vergul, nuqta) chiqarmoqchi bo‘lsangiz, maxsus "q" va qo‘shtirnoq belgilari orasiga kerakli belgilarni yozishingiz mumkin bo‘ladi.
SELECT name||q'[ , so? it's ]' FROM misol;
Nazorat savollari
DDL komandalarini ayting.
DML vazifasi va uning ishlatilishini ko`rsating.
SQLda toifa tushunchasi nima?
SQLda toifalar nima maqsadda qo`llaniladi?
SQL tilining ikkita asosiy komponentasi va ularning funksiyalarini ko`rsating.
SELECT operatori asosiy konstruksiyalari va ularga qo‘yiladigan cheklanishlarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |