Misol:
SELECT *
FROM Subject
ORDER BY semester, subj_name;
ORDER BY semester SQL tili 1 ta so’rov ichiga 2-so’rovni joylashtirib ishlatish imkonini beradi.
Misol: birorta talabani familiyasi bo’yicha uning ID sini topish talab etilsa, va bu talabani barcha baholari haqidagi ma‘lumotni ko’rmoqchi bo’lsak, quyidagi so’rovni yozish mumkin.
SELECT*
FROM Exam_marks WHERE student_ID =( SELECT student_ID FROM student
WHERE surname= ‘Petrov’
)
Tasvirlar
Tasvir. Tasvir bir yoki bir nеchta doimiy jadvallar asosida yaratilgan virtual jadvaldir.
Tasvirlar quyidagi komanda orqali yaratiladi:
Misol:
CREATE VIEW info_order
AS SELECT onum, amt, cname FROM orders, customers
WHERE orders.cnum = customers.cnum;
Tasvirlarga murojaat. Tasvirga SQL komandalarini masalan SELECT komandasini qo‘llash mumkin.
Masalan:
SELECT * FROM info_order;
Tasvirga so‘rov asosida yangi tasvir yaratilishi mumkin. Lеkin bu imkoniyatdan amaliyotda kam foydalaniladi.
Joylashtirilgan so‘rovli tasvir. Misol. Eng katta rеytingga ega oluvchilarni ko‘rsatuvchi Cust_Rating_Max nomli tasvir yarating:
CREATE VIEW Cust_Rating_Max AS SELECT cname, city, rating FROM Customers
WHERE rating = (SELECT Max(rating) FROM Customers);
Guruhlanuvchi tasvir. Misol. Har bir sotuvchi uchun buyurtmalar o‘rta narxini ko‘rsatuvchi Sale_Amt_Avg nomli tasvir yarating:
CREATE VIEW Sale_Amt_Avg AS SELECT sname, AVG(amt) FROM Salespeople, Orders
WHERE Salespeople.snum = Orders.snum GROUP BY sname;
Tartiblanuvchi tasvir. Hamma MBBT lar ham tartiblashli tasvirlarni qo‘llamaydi.
Buyurtmalar haqida ma‘lumotni buyurtma summasi bo‘yicha tartiblab chiqaruvchi tasvir yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |