Puxtalanish (qattiqlanish) va uning ahamiyati.
Kesish jarayonida fakat kesib olinadigan qatlam plastik deformatsiyaga duch kelib kolmasdan, balki yunilgan yuzadan ma`lum chuko’rlikdagi qatlam xam deformatsiyalanadi. Metallni kesishda yuzaga keladigan plastik deformatsiyaning tarqalishi sxematik ravishda ko’rsatilgan. Bunda ko’rinib turibdiki, deformatsiya zonasi kesuvchi qirradan oldinda tarkalib boradi va ishlanadigan yuzaning ostiga qirib boradi. Plastik deformatsiyaning yunilgan sirtida qancha chuko’rlikka (h) va kesuvchi tig oldiga qancha masofa ( ) ga qirib borishi kesish rejimiga, asbob geometriyasiga boglik bo’lib, uning mikdori ℓ=5…15 mm h=0,1…1,5 ni oraligida bo’ladi. Kesish jarayonida yuzaga kelgan plastik deformatsiya natijasida deformatsiyalangan zonada puxtalanish (qattiqlanish) xosil bo’ladi. Deformatsiya zonasida qattiqlik oshishi bilan birga, murtlik xam oshadi, metallning strukturasi uzgaradi; yuza qatlamning donalari kesish bosimi va temperaturasi ta`siri ostida maydalanadi, buning natijasida esa, puxtalangan qatlamning qattiqligi ortadi. Masalan, alyuminiyda bu qatlamning qattiqligi 2 barobar, yumshoq pulatda esa 1,5 barobar ortadi. Masalan, puxtalangan katlmning chuko’rligi (h) urtacha qattiqlikdagi pulat uchun keskich bilan xomaki yo’nishda 0,4 …. 0,5 mm ni, tozalab yo’nishda 0,07 … 0,08 mm ni, jilvirlashda 0,002…0,04 mm ni tashkil etadi. Puxtalangan qatlam detalning eyilishiga chidamliligini oshiradi. Ammo bu qatlam murt bo’ladi, qattiqlanadi va kuchlangan xolatga utadi.
Yo’nilgan yuza ostidagi puxtalangan qatlam tozalab yo’nishda sifatiga va detalning termik ishlanishiga ta`sir etadi. SHuningdek, kesuvchi asbobning tezrok eyilishiga olib keladi. Odatda, yumshoq va plastik metallar qattiq va murt metallar (chuyan, bronza kabilar) ga karaganda kuprok puxtalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |