1-bob: metallarni kesib ishlash


Download 391.5 Kb.
bet46/52
Sana05.01.2022
Hajmi391.5 Kb.
#206666
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
Bog'liq
1-bob metallarni kesib ishlash (1)

Tayanch iboralari:

Parmalash, parma utishi, kesib olinadigan qatlam eni, parmaning turganligi.



12-BOB : ZENKERLASH, RAZVYORTKALASH.

  1. Zenkerlashda va razvyortkalashda kesish elementlari

  2. Zenkerlashda va razvyortrkalashda kesish rejimi elementlari

Foydalanilgan adabiyotlar:

Avagimov V.D. Mashinasozlik materiallarini kesib ishlash stanoklar va asboblar. –T: O’qituvchi, 1971-b.62-81.



ZENKERLASHDA VA RAZVYORTKALASHDA KESISH PROTSESSI ELEMENTLARI

Zenkerlash zagotovkada oldin parmalangan yoki kuyish vaktida, shtamplashda yoki boshka usullar bilan xosil kilingan teshikning diametrini zenker yordamida kengaytirish pro-tsessidan iborat. Zenkerlash yo’li bilan to’gri geometrik rasmli va yuzasi juda toza teshiklar xosil kiladi.Zenker bilan ishlov berib, 3—4- va Ra=1,6 mkm tozalikdagi teshiklar xosil kilish mumkin. Parmalashda zenkerlash uchun teshikning xar tomonidan 0,5—3 mm ko’yim koldiriladi. 3enker elementlari. Zenker o’z rasmiga ko’ra spiral parmaga o’xshaydi, ammo unda asosiy kesuvchi qirra ikkita emas, balki uchta yoki to’rtta bo’ladi.

R9 va P18 markali tezkesar po’latdan tayyorlangan zenkerlarda plandagi asosiy burchagi φ =45—60°, T15K6 va VK8 markali qattiq kotishma plastinkalari kavsharlangan zenkerlarda esa φ =60—75° bo’ladi. Zenkernkng kesuvchi qismi kesish protsessida ishtirok etadi, tsilindrik qismi esa tishlardagi faskalar (lentalar) yordamida zenkerning teshikda to’gri bo- rishini va teshikka aniq ishlov berilishini ta`minlaydi. Zenkerda ko’ndalang qirra bo’lmaydi. bu esa zenkerning ishlash sharoitini yaxshilaydi.

Zenker stanok shpindeliga yoki patronga kuyrugi bilan maxkamlanadi. Diametri 35 mm gacha bo’lgan teshiklar uchun mo’ljallangan zenkerlar yaxlit kilib ( -rasm.), diametri 24 dan 100 mm gacha bo’lgan teshiklar zenkerlash uchun (ishlatiladigan zenkerlar esa ko’yma tishli kilib tayyorlanadi. Qattiq kotishma plastinkalari bilan ta`-minlangan zenkerlar o’z konstruktsiyasi jixatidan olganda, yaxlit va ko’yma tishli bo’lishi mumkin.

Po’lat zagotovkalarga parmalangan teshiklarni zenkerlash uchun zenkerning tishlari T15K6 markali qattiq kotishmadan, cho’yanni zenkerlash uchun esa VK8 markali qattiq kotishmadan tayyorlanadi.

Zenkerning oldiigi burchagi γ kesuvchi qirraga tik bo’lgan asosiy kesuvchi tekislik NN da o’lchanadi. Oldingi burchak kiymati zenkerlanadigan materialning xossalariga qarab tanlab olinadi. Tezkesar po’latdan tayyorlangan zenkerlarda po’lat zagotovkalardagi teshiklarni zenkerlash uchun γ =8—15° kilib, cho’yandagi teshiklarni zenkerlash uchun γ =0—8° kilib, rangdor metallardagi teshiklarni zenkerlash uchun esa γ =25—30° kilib olinadi; qattiq kotishma plastinkalari kavsharlangan zenkerlarda po’lat zagotovkalardagi teshiklarni zekkerlash uchun γ burchak — 5 dan 0° gacha, cho’yan zagotovkalardagi teshiklarni zenkerlash uchun esa γ = 0—5° kilib olinadi.

Kesuvchi qirraning kiyalik burchagi λ asosiy kesuvchi qirra bilan tish uchidan o’tuvchi o’k bo’ylab yo’nalgan tekislik orasidagi burchak bo’lib, po’lat va cho’yandagi teshiklarni zenkerlash uchun 0 dan +5° gacha kilib olinadi.

Zenkerlar, odatda, oldingi va ketingi yuzalaridan, burchaklari va lentalaridan eyiladi. Tezkesar po’latdan yasalgan zenkerlarning eyilish kriteriysi sifatida po’lat zagotovkalardagi teshiklarni zenkerlashda ketingi yuzasining eyilishi kabo’l kilinadi; bu eyilish, zenkerlanadigan materialning sifatiga va zenkerning diametriga qarab, hK = 0,4—1,5 mm bo’ladi. Qattiq kotishma bilan ta`minlangan zenkerlar uchun ketingi yuzasining lenta oldidagi eyilishi hK =0,6—1,6 mm bo’ladi.

Pazvyortkalash — teshikni aniq uzil-kesil o’lchamlarga keltirish uchun razvyortka yordamida teshik yuzasidan yupka qirindi kesib olish protsessi. Teshikni razvyortkalash aniqligi 2- klassga, razvyortkalangan yuzaning tozaligi esa 7—9- klasga to’gri keladi. Xomaki razvyortkalash uchun diametrga 0,15—0,5 mm, tozalab razvyortkalash uchun esa diametrga 0,05— 0,25 mm ko’yim koldiriladi. Razvyortkalar, ko’pincha, uglerodli asbobsozlik po’latidan (U10A va U12A markali yo’latlardan), legirlangan asbobsozlik po’latidan (9XS markali po’latdan) va tezkesar po’lat (R9) dan, shuningdek, T15K6 va VK8 markali qattiq kotishmalardan tayyorlanadi.

Razvyortqaning ish qismi kuyidagi elementlardan: uchidagi burchagi 90° bo’lgan yo’naltiruvchi konusdan, kesuvchi qism, kalibrlovchi qism va teskari konusdan iborat. Razvyortqaning kesuvchi qismi asosiy kesish ishini bajaradi. Plandagi φ burchak konus kesuvchi qismining yasovchisi bilan surish yo’nalishi orasidagi burchak bo’lib, kesuvchi konus burchagi 2 φ ni tashkil etadi. Plandagi φ burchakning kiymati razvyortkalashdan ko’zda tuti-ladigan maksadga qarab tanlanadi.

Xar xil materiallardan tayyorlangan zagotovkalardagi berk teshiklarni razvyortkalashda dastaki razvyortkalar uchun φ =45°, mashina razvyortkalari uchun esa φ =60°bo’ladi. Razvyortqaning kalibrlovchi qismi kesish protsessida va teshikning o’lchamini talab etnlgan darajaga etkazishda razvyortqani yo’naltirish uchun xizmat kiladi. Teskari konus razvyortka tsilindrik qismining ravzyortkalanayotgan teshik yuzasiga ishkalanishini kamaytirish va teshikning buzilishiga yo’l ko’ymaslik uchun kilikadi. Dastaki razvyortkalarda konusning bo’yin oldidagi diametri kalibrlovchi qismi diametridan 0,005—0,008 mm kam, mashina razvyortkalarida esa 0,03—0,06 mm kam bo’ladi.

. Razvyortqaning kesib olinadigan qirindi chikadigan arikchalari, ko’pincha, to’rri bo’ladi. Ammo razvyortkalash tozaligini oshirish, shuningdek, shponka yoki shlitsa pazlari bo’lgan teshiklar uchun vintsimon arikchali razvyortkalar ishlatiladi. Vintsimon arikchalar kiyaligi razvyortqaning aylanish yo’nalishiga teskari bo’lishi kerak. Razvyortkalanayotgan teshik devorlari qirrali bo’lib kolmasligi uchun va razvyortkalangan yuzaning tozaligi yukori bo’lishi uchun razvyortka tishlari orasidagi kadamni aylana bo’iicha o’zgartirish tavsnya etiladi. Masalan, sakkiz tishli razvyortka uchun tishlar orasidagi burchak -rasmda keltirilgan (ω1 =42°, ω2 =44°, ω3 =46° va ω4 =48°).

Razvyortka tishlarining soni. Razvyortqaning ish qismida kesuvchi tishlar soni, razvyortqaning diametri va qanday materiallarni ishlashiga qarab, 6 ta va undan ortik bo’ladi. Razvyortka tishlarining soni kuyidagi formulalar yordamida taxminan xisoblab topiladi: mo’rt metallar (cho’yan, bronza) va yukori aniqlikdagi razvyortkalar uchun

kovushok materiallar (pulat, sxemasi mis) uchun



Razvyortkalarning eyilishi. Razvyortkalar ketingi yuzasidan, kesuvchi qismining kalibrlovchi qismiga o’tish joylaridan, lentalarining burchaklaridan eyiladi. Razvyortqaning o’lchamlarning dopusklar chegarasidagi aniqligini va razvyortkalangan yuzalarning yukori darajada toza bo’lishini ta`minlashi kerakligi xisobga olinib, ketingi yuzasidan eyilish kriteriysi sifatida tezkesar po’latdan tayyorlangan raz-vyortkalar uchun hK = 0,6—0,8 mm, qattiq kotishmalar bilan ta`minlangan razvyortkalar uchun esa hK =0,4—0,7 mm kabo’l kilinadi.




Download 391.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling