1. bob. Moliyaning mohiyati zarurligi va funksiyalari
Moliya tizimini boshqarish
Download 36.53 Kb.
|
M U N D A R I J A moliy
2.1 Moliya tizimini boshqarish
Moliya tizimini boshqarish O`zbekiston Respublikasida moliyaviy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va tuman (shahar) xokimliklari qoshidagi moliya organlari va boshqa organlar tomonidan boshqariladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlok vakolatlari jumlasiga boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish; Vazirlar Maxkamasining takdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining budjetini kabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish… kiradi. Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining moliya bo`yicha me`yoriy xujjatlar doirasida moliyaviy masalalarni Respublika mikiyosida muvofiqlashtirishda, moliyani markazlashgan tartibda boshqarilishini ta`minlashda ahamiyati katta. Moliya tizimini boshqarishda O`zbekiston Respublikasi VazirlarMaxkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi aloxida vakolatga ega. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1992 yil 23 noyabrdagi 553 – sonli karor bilan tasdiklangan «O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi haqidagi nizom»ga asosan faoliyat ko`rsatadi. Nizomda Moliya Vazirligining asosiy vazifalari,funksiyalari va hukuklari hamda uni faoliyatini tashkil qilish tartibi belgilab berilgan.Nizomga ko`ra Moliya Vazirligining bosh vazifasi bo`lib, davlat budjetini tayyorlash va uni moliyalashtirish hisoblanadi. Bu asosan qo`yidagilarni o`z ichiga oladi: Davlat budjeti loyixasini tayyorlash Davlat budjeti loyixasi va uni bajarilishi to`grisidagi hisobotni Vazirlar Maxkamasi orqali Respublika Oliy Majlisi tasdigiga kiritish. Davlat budjeti bajarilishini moliyalashtirish. Davlat budjeti daromadlari va harajatlari yuzasidan nazorat va boshqalar. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga Vazir raxbarlik qiladi va u O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va Oliy Majlis tasdigidan o`tadi. Moliya Vazirining o`rinbosarlari vazirning tavsiyasi asosida Vazirlar Maxkamasi tomonidan tayinlanadi. O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi mamlakatda moliyaviy faoliyat huquqiy asoslari mustaxkamlanishini ta`minlaydi, qonun loyixalari bo`yicha moliyaviy xulosa beradi, o`z hukuki doirasidagi masalalar bo`yicha qonunchilikning amalda ko`llanilishini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni Vazirlar Maxkamasiga takdim etadi, hamda o`zining vakolati doirasida me`yoriy xujjatlarni ishlab chiqadi va ularni bajarilishini nazorat qiladi. Joylardagi moliya organlari o`z ishlarini hududning xajmi va unga tegishli moliyaviy rusurslar chegarasida tashkil etadi. Mamlakatimizda soliq to`lovlarini to`gri hisoblanishi, ularni davlat budjetiga to`liq va belgilangan muddatlarda kelib tushishini ta`minlash O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Ko`mitasi va uning joylardagi boshqarmalari hamda inspeksiyalari zimmasiga yuklatilgan. Boj to`lovlarining to`g`ri hisoblanishi va budjetga to`liq va o`z vaqtida kelib tushishiga O`zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Ko`mitasi va uning joylardagi bo`linmalari mas`uldir. Davlat budjetning gazna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab kuyiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bulinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy tizim risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv) uchun imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Pul resurslarini moliyaviy tizim yordamida ko‘chirib o‘tkazishga o‘xshab, risk ham ko‘chirib o‘tkaziladi. Moliyaviy tizimda vositachilar, masalan, riskni ko‘chirish bilan bog‘liq faoliyatga ixtisos-lashtirilgan sug‘urta kompaniyalari mavjud. Bu kompaniyalar o‘zlarining risklilik darajasini kamaytirishni xoxlovchi mijozlardan maxsus sug‘urta pullarini undiradilar va ularni ma’lum bir mukofot evaziga sug‘urta talablarini to‘lashga va riskni bo‘yniga olishga rozilik beradigan investorlarga beradilar. Ko‘pincha kapital va risk birgalikda (o‘zaro) bog‘liq bo‘lib, bir vaqtning o‘zida moliyaviy tizim yordamida o‘tkaziladi (ko‘chiriladi). Buning natijasida moliyaviy oqim risk oqimini ham tavsiflaydi. Keling, buni korxonalar moliyasi va ularning riskni o‘tka-zishi (ko‘chirishi) misolida ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, Siz biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldingiz va buning uchun Sizga 100,0 mln.so‘mlik kapital kerak. Modomiki, Sizda shaxsiy jamg‘armalar yo‘q ekan, Siz defitsit iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz birorbir xususiy investorni (erkin mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) aksiyalaringizni sotib olish hisobiga Sizga 70,0 mln. so‘mlik kapital ajratishiga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldingiz. Buning uchun Siz unga korxona foydasining, aytaylik, 75%ini to‘lash majbu-riyatini olasiz. Bundan tashqari, Siz bankdan yillik 6% ustama haq bilan 30,0 mln. so‘mlik kredit olishga erishdingiz. 100,0 mln. so‘m miqdoridagi umumiy oqim boshqa manbalardan Siz tomonga kelayotgan moliyaviy oqim sifatida tasvirlangan. Lekin Sizning korxonangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda riskni kim o‘z zimmasi (bo‘yni)ga oladi?. Axir, hayot – tasodiflarga boy. Uning bundan xoli bo‘lishiga hech kim kafolat beraolmaydi. Shuningdek, “Korxonangiz o‘z faoliyati davomida faqat muvaffaqiyatga erishadi. Uning peshonasiga muvaffaqiyatsizlik yozilmagan. Bunga men kafilman!”, - deydi-gan “mard” hayotda uchramaydi. Unday “mard”ni kunduzi chiroq yoqib qidir-sangiz ham topaolmaysiz. Shu sababli, ushbu misolda asosiy riskni Sizning aksiyadoringiz o‘z bo‘yniga oladi. Zero, korxona inqirozga yuz tutsa, u o‘zining 70,0 mln. so‘mini qaytarib ololmaydi. Biroq, bankning harakatlarida ham ma’lum bir risklilik darajasi (riskiy daraja) mavjud bo‘lishi mumkin. Bu quyidagicha izohlanadi: Siz inqirozga yuz tutgan holda, bank ham qarzning asosiy summasi va uning foizini to‘lig‘icha ololmasligi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, yilning oxirida biznesingizning jami bahosi 20,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu holatda investor o‘zi investitsiya qilgan hamma summani yo‘qotadi. Bank esa Sizga qarzga bergan 30,0 mln. so‘mdan 10,0 mln. so‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun, kreditorlar aksiyadorlar bilan bir qatorda xususiy firma faoliyati riskining ma’lum bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Garchi kapital va risk ko‘pincha birlashib ketsa-da, ular bo‘linishi ham mumkin. Biznes qilish uchun 30,0 mln. so‘m miqdoridagi qarz olish misolida shunday vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, bank Sizdan ushbu qarzning Siz tomondan qaytarilishiga kafolat bera oladigan yaqin qarindoshla-ringizdan birini 40 olib kelishingizni talab qilyapti. Ushbu talabni taklif etgan holda bank Siz tomondan kredit shartnomasi shartlarining baja-rilmay qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zining riskini oilangiz a’zosiga o‘tkazadi. Bu holda bank Sizga 30,0 mln. so‘m miqdoridagi kreditni o‘zi uchun eng kam risk bilan taqdim etadi. Qarz bo‘yicha asosiy risk esa Sizning qarindoshingizga o‘tadi. Tobora ishonch hosil qila borganimizdek, moliya olamidagi ko‘plab moliyaviy shartnomalar pul resurslarini ko‘chirmasdan turib riskni ko‘chirishni nazarda tutadi. Bu, masalan, aksariyat sug‘urta shartnomalari va kafolatlarga tegishlidir. Shuningdek, bularga fyuchers, opsion va svoplar kabi hosila instrumentlar ham kiradi. Download 36.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling