1-Bob Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
-Bob. Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
Download 0.7 Mb.
|
Asilbek Mirzaliyev
1-Bob. Nokning xalq xoʻjaligidagi axamiyati
1.Nokning kelib chiqish tarixi Qrim va Shimoliy Kavkaz nok ekiladigan asosiy mintaqalar hisoblanib, G‘arbiy Yevropaning eng yaxshi navlari Asosida istiqbolli navlar yaratilgan. Ular keyinchalik Ukrainaga hamda O‘rta Osiyoga moslashtirilgan.O‘rta Osiyoda boshqalariga nisbatan kam ahamiyatli navlari tarqalgan. Nokning Yevropa navlari (Olivye de serr, Bere bosk, Bon kretyen, Vilyams va hokazolar) XIX asrning oxiridan boshlab ekib o‘stirila boshlandi, lekin havoning quruqligi va issiqligi tufayli xuddi Qrimdagidek keng tarqala olmadi. Nokni tog‘ oldi va tog‘li tumanlarda o‘stirish katta ahamiyatga ega, chunki bunday joylarda yaxshi o‘sadi va mazali meva beradi.Nok olma kabi mo‘’tadil iqlim o‘simligi bo‘lsa-da,issiqlikni ko‘p talab qiladi, sovuqqa kamroq chidamli va olmaga nisbatan uzoq yashaydi, 100-150 yil, ba’zan esa 200-yil gacha umr ko‘radi. Bizning sharoitimizda 10 ga yaqin mahalliy navlari o‘stiriladi. Nokning 60 ga yaqin yovvoyi turlari uchrab,shundan mevachilikda: Jaydari nok, O‘rta Osiyo noki,Turkman noki, Ussuri noki, Nashvati, Tol bargli nok va Regel noki ahamiyatga ega.Nokning 60 ga yaqin yovvoyi turi ma’lum. Mevachilikda nokning quyidagi turlariga asosiy e’tibor beriladi.Raʼnoguldoshlar oilasiga mansub barg to‘kuvchi daraxtlar yoki butalar turkumi, mevali daraxt. Dunyo bo‘yicha urug‘li mevalar ichida (ekilgan maydoni jihatdan olmadan keyin) 2-o‘rinda turadi. Nok daraxti 50-300 yilgacha yashaydi. Nok yorug‘sevar, qurg‘oqchilik va sovuqqa o‘rtacha chidamli, qumli, sho‘rlangan yerlardan boshqa hamma joyda yaxshi o‘sadi. Nok payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Nokzorlar ikki yillik ko‘chatlardan barpo etiladi. Ko‘chatlari 5-6 yilda hosilga kiradi. 21-asrning 10-yillaridan boshlab O‘zbekistonning intensiv bog‘larida nokning pakana va past bo‘yli payvandtaglarga ulangan ko‘chatlari ekilmoqda. O‘rta Osiyoda nokning Yevropa navlari 19-asrning oxirlaridan o‘stirila boshlangan. 20-asrning 50-yillarida G‘arbiy Yevropa va AQSHdan keltirilgan navlar keng tarqaldi. Bugungi kunda O‘zbekiston hududida nokning 17 ta navi yetishtiriladi. Navlariga qarab, mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlarida ekish uchun tavsiya etiladi. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan nok mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, BAA, Rossiya, Turkmaniston kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Nashvati — xalq seleksiyasi. Yoʻli bilan yetishtirilgan nok (olmurut) navlari guruhi. Qishki Nok, kuzgi oq Nok, chillaki Nok, yozgi Nok. Kabi navlar shu guruhga oid. Oʻzbekistonda Nokning murut, olmurut deb ataladigan yovvoyi turi — Korjinskiy noki (P. Korshinskyi Litv.) togʻ etaklari va yon bagʻirlarida, soylarda oʻsadi. Mevasi dumaloq yoki noksimon-choʻziq. Oʻzbekistonda qadimdan ekib kelinadi. Madaniy Nok Navlari koʻchatlari yovvoyi nok urugʻlaridan yetishtirilgan paivandtaglarga payvand kdiib yetishtiriladi. 4—6-yili hosilga kiradi. Daraxti balandligi 8–12 m. Boshka nok navlariga qaraganda erta gullaydi. Mevasi navyga qarab iyun oxiridan oktabr boshlarigacha boʻlgan davrda pisha-di, ogirligi 120—250 g (baʼzan 500— 700 g), koʻpchiligi sargʻishkoʻkish, ay-rimlari rangdor, usti moysimon gʻuborli, silliq. Eti och sariq yoki koʻkish-oq, kuvrak, suvli, nordonshirin, urugʻi yirik; kechpisharlari mart—aprelgacha saqlanadi. Nok bizlarga tarixgacha boʻlgan davrda yetib kelgan. Uning vatani aniq oʻrnatilmagan. Yetishtirilgan nok Qadimgi Yunonistondan kelib chiqqan (er. Old. 1000-yil oldin). Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling