1. bob psixologik tashviqot − ta’lim tizimidagi psixologik xizmat vazifasi sifatida


Diagnostik-korreksion ishni o’tkazish bosqichlari


Download 81.18 Kb.
bet6/7
Sana09.07.2023
Hajmi81.18 Kb.
#1659387
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
23 mavzu

2.2. Diagnostik-korreksion ishni o’tkazish bosqichlari
Psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish haqida gapirish mumkin emas. Psixologik xizmatda diagnostik-rivojlantiruvchi yo’nalishlar ishning yagona yo’nalishlardir. D.B. Elkoninning ta’kidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik taraqqiyotni nazorat qilishga yo’naltirilgan maxsus diagnostika zarur. Uning fikricha, taraqqiyotda bo’lishi mumkin bo’lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarur. Amaliyotchi psixolog faqatgina diagnoz qo’yish bilan cheklanmasdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi, o’zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni o’zi ham olib beradi.
Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bo’lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga, kam o’rganilgandir. Bu jarayon birinchi bo’lib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o’rganishga bag’ishlangan pedagogik tadqiqotlarda L.S. Vigotskiy tomonidan qo’llangan. I. SHvansara shaxs taraqqiyotini diagnostika qilishning bosqichli eksperimental-psixologik nuqtai nazarini taklif etadi.
Bu bosqichlar quyidagilar:
1. Psixologga rasmiy iltimos.
2. Psixologik muammoni aniqlash.
3. Tadqiqot metodini tanlash.
4. Psixologik diagnoz qo’yish.
5. Amaliy tavsiyalar.
Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtai nazar sifatida psixologning yoki o’qituvchining tarbiyasi qiyin o’quvchiga nisbatan ma’lum ijtimoiy talabiga javobini ko’rsatish mumkin. Bu holda o’quvchiga «tarbiyasi qiyin» tashxisi o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar ishi bo’yicha nazorat xodimlari tomonidan qo’yilgan bo’ladi. Psixologning vazifasi - qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (Korreksiya) metodlarini topishdan iborat.
Eksperimental-psixologik tadqiqot o’tkazishdan oldin peda­gog- tadqiqotchi bola bilan suhbatlashadi. Bunda u bola bilan ijobiy hissiy aloqa o’rnatib bajariladigan topshiriqning maqsad va vazifalarni tushuntirib beradi. Suhbat psixologik tadqiqot metodi sifatida bola haqida ma’lumot olishga imkon beradi. Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o’tkazilishi yoki ixtiyorsiz xarakter kasb etishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaga, uning oilasiga yoki tengqurlariga tegishli bo’lgan, bolaga yoqmaydigan savollarni bermasligi kerak. Suhbatda bola shaxsining xususiyatlari, o’zining jismoniy va psixik holatiga, ishchanligiga baho berishi aniqlanadi, tekshiruvchining ijtimoiy-madaniy darajasi, ma’lumoti, qiziqishlari, ehtiyojlari, o’zaro fikrlashuv qobiliyatlari aniqlanadi. Ba’zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik maqsadlarda o’tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo’rqinch, xavotirlanish, o’ziga ishonmaslik kabi holatlar yo’qotiladi. SHunday qilib, tarbiyachi suhbat jarayonida tadqiqot oldiga qo’ygan vazifaga bog’liq ravishda bola hayoti haqida muhim ma’lumot olishi kerak.
Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimada qiynalayotganini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Ko’rsatmaga kiritilgan barcha qo’shimcha va o’zgartirishlar haqidagi barcha ma’lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo’yiladi.
Olingan ma’lumotlarni bir joyga to’plab, tadqiqotchi sinaluvchi shaxsining xarakteri, aqli, xotirasi, hissiyoti, psixik buzilishlar mavjudligi yoki yo’qligi haqida xulosa chiqariladi.
Tadqiqotning so’nggi qismidagi xulosalar shaxsga psixologik diagnoz qo’yish, sinaluvchi psixikasidagi o’zgarishlarni oldindan aytib berish, olingan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog’liq ravishda hamda pedagog amaliy faoliyatida tavsiyalar berish maqsadida qiziqarlidir. SHuni esda tutish zarurki, eksperimental vaziyat bola uchun odatdagidan boshqacha bo’ladi. SHuning uchun olingan natijalar har doim ham haqiqiy ko’rsatkichlarga mos tushmasligi mumkin.
Eksperimental tadqiqot xarakteriga bog’liq ravishda undan olingan natijalarni o’quv tarbiya jarayonida foydalanish mumkin.
Bolalarning eksperimental-psixologik o’rganish natijalaridan o’quv mashg’ulotlari vaqtida psixik jarayonlarining ixtiyoriyligini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin.
Tadqiqot o’tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi — psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, o’tgan ta’lim va tarbiyasi amalga oshrilayotgan sharoit;
v) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o’rnatish xususiyatlari.
Tanlangan eksperimental psixologik metodikalarning qiyinlik darajasi o’sib borish tartibida bo’lishi kerak.

XULOSA
Psixologik xizmat metodologiyasi uchun individual psixologik farqlanish nazariyasining yaratilishini va bu borada o’nlab yirik tadqiqotlarning mavjudligini muhim manbalardan biri sifatida hech mubolag’asiz e’tirof etish mumkin. Differensial psixologiyaning mahsuli bo’lgan bu yo’nalish, dastavval, nemis psixologi V.Shtern nomi bilan bevosita bog’liqdir. U o’zining 1901-yilda yozgan "Individual farqlanish psixologiyasi haqida" nomli asarida har bir individning o’ziga xos psixologik olami mavjudligini eksperimental tarzda tadqiq qiladi.
F.Gal’ton, A.Bine, F.Lazurskiy, R.Kettell kabi olimlar bu sohada yangi bir yo’nalishni kashf qildilar. SHundan so’ng differentsial psixologiya har bir individ yoki guruhdagi qiziqishlar, ustanovkalar, hissiy qo’zg’alishlarni o’lchash va farqlash ob’ekti sifatida maydonga chiqdi.
Psixologik xizmat metodologiyasi uchun ahamiyatli tomoni shundaki, har bir individ yoki shaxsning o’zigagina xos psixologik parametrlarini aniqlash va tegishli ilmiy mulohaza yurita olishga xizmat qiluvchi kompleks testlar, usullar, metodikalar majmuasi yaratildi.
Binobarin, chet el ilg’or psixologiyasida psixologik xizmat metodologiyasi uchun muhim o’rin tutuvchi quyidagi yo’nalishlarga asos solindi:
1) CH.Spirmen tomonidan "ikki omil" nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga muvofiq insonning har bir faoliyatida barcha faoliyatlar uchun umumiy bo’lgan (1-omil) va aynan mazkur faoliyatga mos bo’lgan (2-omil) barcha xususiyatlar o’zaro bog’liqlikda tadqiq qilinadi. Tadqiqotchi ushbu omillarning inson va faoliyat uyg’unligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan psixologik mohiyati va mazmunini ochib beradi.
2) L.Terstoun, Dj.Gilford tomonidan yaratilgan "Multifaktor" nazariyasiga binoan birlamchi aqliy qobiliyatlar (idrok tezligi, xotira assotsiatsiyalari va hokazo) ning har bir individdagi tarkib topganlik ko’lami tadqiq qilindi va shu asosda har bir shaxs faoliyatiga alohida yondashuvni taqozo etuvchi psixologik xizmatning metodologik tamoyillari ishlab chiqildi. Umuman, psixologiyada individual farqlanishning 56 xil yo’nalishidagi tipi ma’lum va mashhur. Masalan, ob’ektiv va sub’ektiv tip (dastavval, A.Bine tajribalarida qayd etilgan) fikrlovchi faol tip (A.M.Djordantu bo’yicha), ratsionalistlar va empiriklar (U.Djems tadqiqotlari bo’yicha) "chuqur-tor" va "mayda-keng" tip, (G.Gross ma’lumotlari bo’yicha), nazariy, iqtisodiy, estetik, ijtimoiy, siyosiy, diniy tiplar (E.SHpranger tadqiqotlari bo’yicha); shizotimik va tsiklotimik tiplar (E.Krechmer tadqiqotlari bo’yicha); visserotonik, somatomik, serebrotonik tiplar (U.SHeldon bo’yicha); ekstrovert va introvert tiplar (K.T.Yung va G.Yu.Ayzenk ma’lumotlari bo’yicha) haqidagi empirik ma’lumotlarning qayd etilishi, shular jumlasidandir.


Download 81.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling