O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar hisobi
Download 439.12 Kb.
|
Moliyaviy hisob-BHA--XAJIBAEV I
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2)O’stiruvdagi va boquvvdagi hayvonlarni hisobga oladigan schotlar
- Etiboringizuchun rahmat
O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar hisobiDavlat soliq qomitasi huzuridagi Fiskal instituti BHA-3121 Bajardi : Xajibaev I, Tekshirdi: Misirov K,. Reja:1)O’stiruvdagi va boquvdagi hayvonlarni hisob obektlari va ular hisobda qollaniladigan hujjatlar2)O’stiruvdagi va boquvvdagi hayvonlarni hisobga oladigan schotlar3)O’stiruvdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish xususiyatlariO’stiruvdagi va boquvdagi hayvonlarni hisob obektlariOlingan nasl Qo’shilgan vazn Yosh chorva mollarini katta guruhga otkazish va asosiy podaga qo’shish Asosiy podadan brak qilingan hayvonlarni boquvga qoyish O’stirish va boquvdagi hayvonlar hisobda qollaniladigan hujjatlar Chorva mollari naslini kirim qilish dalolatnomasi Chorva mollari naslini kirim qilish jamg’arma dalolatnomasi Chorva mollarini guruxdan-guruxga o’tkazish dalolatnomasi Sotish uchun alohida qabul qilingan mollarni qabul qilish hisoblash qaydnomasi Chorva mollari va parrandalarning harakati to’g’risidagi hisobot Chorva mollari va parrandalaning harakatini hisobga olish daftarida qayd etilishi Podachi,Yilqichi daftarida Chorva mollari va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi Chorva mollari va parrandalarni jo’natish qabul qilish tovar transport yuk xati Ostiruvdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oladigan schotlat 1110-”o’stirishdagi hayvonlar” schoti 1120—”Boquvdagi hayvonlar”schoti O’tkazmalari a)Barcha turdagi mahsuldor hayvonlardan olinganda : D-t 1110 “Ostirishdagi hayvonlar”schoti K-t 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”schoti b)Ishchi hayvonlardan nasl olinganda: D-t 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” schoti K-t 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”schoti Asosiy podadan yaroqsizga chiqarib boquvga qo’yiladigan chorva mollari qiymatiga: D-t 1120 – “Boquvdagi hayvonlar” schoti K-t 9210 – “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”schoti Sotib olingan chorva mollari kirim qilinganda: D-t 1110-”Ostirishdagi hayvonlar “schoti K-t 6010-”Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan” schotlar YUqorida ko’rsatilgan hayvonlarni o’stirish va bo’rdoqiga boqish xarajatlari 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" (agar chorvachilik asosiy faoliyat turi bo’lsa) yoki 2710 "Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyotlarida hisobga olinadi. Asosiy podadan yaroqsiz qilingan hayvonlar 1120 "Bo’rdoqidagi hayvonlar" schyotiga, 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditidan (mahsuldor hayvonlar - boshlang’ich qiymatda; ishchi hayvonlar - yaroqsizga chiqarish natijasida olingan haqiqiy miqdorida) hisobga olinadi Nasl sifatida olingan yosh hayvonlar 1110 "O’stirishdagi hayvonlar" schyotining debetiga va nasl beradigan hayvonlarni saqlash xarajatlarni hisobga oluvchi schyotning kreditidan kirim qilinadi. YOsh yirik shoxli qoramollar va boquvdagi (yaylovdagi) hayvonlarning ortgan vaznining qiymati, shuningdek yosh hayvonlar (toylar va boshqalar)ning o’sish qiymati har oyda 1110 "O’stirishdagi hayvonlar" va 1120 "Bo’rdoqidagi hayvonlar" schyotlarining debetiga parvarishlash reja tannarxi bo’yicha ushbu hayvonlarni parvarishlash xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan olib boriladi. Yil oxirida ko’rsatilgan schyotlar bo’yicha yil davomida parvarishlash reja tannarxi bo’yicha hisobga olingan hayvonlarning qo’shilgan vazni yoki o’sish qiymatini, parvarishlashning haqiqiy tannarxigacha to’g’rilash yozuvlari amalga oshiriladi Nobud bo’lgan va noilojlikdan so’yilgan (epizootiya yoki tabiiy ofatdan nobud bo’lganlaridan tashqari) hayvonlarning qiymati moddiy qiymatliklarning buzilishi sifatida 1110 "O’stirishdagi hayvonlar" va 1120 "Bo’rdoqidagi hayvonlar" schyotlarining krediti va 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar" schyotining debetida aks ettiriladi. Nobud bo’lgan va noilojlikdan so’yilgan hayvonlardan olingan terilar, shoxlar, tuyoqlar, texnik yog’lar va shu kabilar foydalanish yoki sotish mumkin bo’lgan narxlar bo’yicha baholanib, qo’shimcha mahsulot sifatida hayvonlarni parvarishlash xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan kirim qilinadi. Epizootiya yoki tabiiy ofatdan nobud bo’lgan yoki so’yilgan hayvonlarning qiymati 1110 "O’stirishdagi hayvonlar" va 1120 "Bo’rdoqidagi hayvonlar" schyotlarining kreditidan bevosita 9720 "Favquloddagi zararlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. "O’stirishdagi hayvonlar" va 1120 "Bo’rdoqidagi hayvonlar" schyotlari bo’yicha analitik hisoblar hayvonlarni o’stirish va boqish xarajatlarini hisobga olish uchun belgilangan hayvonlarni saqlash joylari, turlari, yoshlarining guruhlari va boshqalar bo’yicha yuritiladi. O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish xususiyatlari O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish obyektlari bo‘lib: nasl, ortgan vazn va o‘sish; yosh hayvonlarni katta yoshdagi guruhlarga va asosiy podaga o‘tkazish; asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan chorva mollarning boquvga qo‘yilishi hisoblanadi. Asosiy podaning yaroqsizga chiqarilgan va boquvga qo‘yilgan chorva mollari yaroqsizga chiqarilgan mahsuldor hayvonlarning balans qiymati va yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning sotilishidan kutilayotgan summa bo‘yicha kirim qilinadi. Chetdan kelib tushgan hayvonlarning o‘stirishga va boquvga kirim qilinishi mazkur BHMSning 3-paragrafida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan baholash bo‘yicha amalga oshiriladi. Boquvdagi hayvonlarning tirik vazni, o‘stirish va boqish natijasida oshadi, shuning uchun hayvonlar tirik vaznning o‘sishini hisobga olgan holda muntazam ravishda qo‘shimcha baholanadi. Tirik vaznning o‘sishi hayvonlar biriktirilgan moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha turlari va hisob-ishlab chiqarish guruhlari bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun mazkur guruh hayvonlarining hisobot davri oxirida belgilangan tirik vazniga mazkur yoshdagi guruhdan hisobot davri mobaynida chiqib ketgan hayvonlarning tirik vazni qo‘shiladi va mazkur guruhga tegishli hisobot davrida kelib tushgan hayvonlarning tirik vazni hamda hisobot davri boshida mavjud bo‘lgan hayvonlarning tirik vazni ayriladi Olingan natija hisobot davri mobaynida o‘stirishda yoki boquvda va yaylovda bo‘lgan hayvonlarning yosh guruhi bo‘yicha tirik vaznining o‘sishini aks ettiradi. Yil oxirida olingan nasl va tirik vaznning o‘sishi tannarxiga hisobot kalkulatsiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatish kiritiladi. Etiboringizuchun rahmatDownload 439.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling