1-bob. Suv resurlari ning qisqacha tasnifi va orol muammosi


II-BOB. Kanal, suv omborlari va suv resurslaridan oqilona foydalanish


Download 149.52 Kb.
bet4/7
Sana26.09.2023
Hajmi149.52 Kb.
#1687922
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ichki suvlar rejimining o

II-BOB. Kanal, suv omborlari va suv resurslaridan oqilona foydalanish.
2.1. Kanallarning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati
Kanal. Maxsus qazilgan suv yoʻli, sugʻorish sistemasining asosiy qismi. Kanal oʻtaydigan vazifasiga qarab, magistral (dare, suv ombori va shahrikanal suv manbalaridan sugʻoriladigan yerlarga suv oqib keladigan); taqsimlaydigan (magistral kanallardagi suvni tuman yoki xoʻjaliklarga tarqatadigan); xoʻjalik (suvni tumanlararo yoki xoʻjaliklararo KANALdan olib, xoʻjalikning sugʻoriladigan yerlariga oqizadigan), suvni egatlarga taqsimlash uchun xizmat qiladigan muvaqqat (ariq) turlarga boʻlinadi. KANAL suv olish inshootlaridan boshlanadi. Suv olish inshootlari orqali suv KANALga oʻzi oqib oʻtadi (oʻzioqar kanallar) yoki nasos st-yasi (mashina kanallari) orqali koʻtarib beriladi. KANAL qazilma, koʻtarma, yarim qazilma-yarim koʻtarma tarzda qurilishi mumkin. Odatda, uning koʻndalang kesimi trapetsiya shaklida boʻladi. Ayrim hollarda, KANAL oʻzani beton yoki temir beton bilan krplanadi, hozirgi davrda yigʻma temir-beton konstruksiyalaridan keng foydalanilmoqda. Magistral, tumanlararo vaxoʻjaliklararo KANALlar boʻylab uni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl va aloqa liniyasi oʻtkazish uchun yer-qirgʻoq polosasi ajratiladi. Bir KANALdan ikkinchisiga suv taqsimlanadigan joylarda rostlagich zulfinlari va suv oʻlchagich moslamalar bilan taʼminlanadigan suv taqsimlagich inshootlar quriladi,; KANALning daryo, yoʻl, jar va shahrikanal toʻsiqlar bilan kesishgan joyida akveduk, dyuker va boshqa gidrotexnika inshootlari kuriladi. KANAL trassasi, uning oʻlchamlari va quriladigan inshoot tiplari maxsus texnik-iqtisodiy va gidravlik hisoblar asosida tanlanadi. Yirik sugʻorish sistemalarida magistral KANALlar uzunligi bir necha yuz km ga yetadi. KANALning asosiy ekspluatatsiya koʻrsatkichlari: suv oʻtkazish imkoniyati (maksimal suv sarfi kanalning koʻndalang kesimi boʻylab vaqt birligida oʻtadigan suv hajmi, m³/s); kanalning foydali ish koeffitsiyenti (kanal oxiridagi suv sarfining uning bosh qismidagi suv sarfiga nisbati, hisoblanayotgan uchastkada mayda kanallarga berilgan suv sarfi chegirib tashlanadi. KANAL tubiga shimiladigan suvni kamaytirish va kanalning foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida KANAL oʻzani polietilen plyonka va boshqa sunʼiy materiallar bilan qoplanadi).
Qishloq xoʻjaligi, asosan, sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Oʻrta Osiyoda juda yirik KANALlar, jumladan, Turkmanistonda Krrakum kanali, Tojikistonda Katta Hisor kanali, Oʻzbekistonda Amu-Buxoro mashina kanali, Karshi magistral kanali, Katta Fargʻona kanali, Janubiy Mirzachoʻl kanali, Doʻstlik kanali va boshqa qurilgan (jadvalga q.). Oʻzbekistonda umumiy suv sarfi sekundiga 2500 m3 dan ortiq 74 kanal bor. Xoʻjaliklararo kanallarning umumiy uz. 32,4 ming km dan ortiq (2000).
Oʻrta Osiyodagi yangi oʻzlashtirilayotgan yerlarda xoʻjalik KANALlari qurishda temir-betondan yasalgan novlar (lotoklar) keng qoʻllanilmoqda. Qadimdan sugʻorib kelinayotgan maydonlardagi sugʻorish tarmoqlari qayta qurilmoqda — ochiq xoʻjalik KANALlari suv oʻtkazgich quvurlar bilan almashtirilmoqda. KANALlar avtomatik boshqarish sistemasi tarkibiga olinmoqda, bu esa suvni behuda sarflash va boshqa ekspluatatsisi nobudgarchilikka barham beradi, uni isteʼmolchilarga optimal taqsimlashni taʼminlaydi (Oʻrta Osiyoda birinchi suv xoʻjaligini avtomatik boshqarish sistemasi Zarafshon daryosi havzasida 1978-yilda tashkil etilgan). KANALlardan foydalanishni sugʻorish tarmogʻi boshqarmalari va maxsus boshqarmalar amalga oshiradi. Boshqarmalarning asosiy vazifalari: suvdan foydalanish rejalariga muvofiq suvni yetkazib berish, hisobga olish va taqsimlash; KANALni, inshoot va aloqa tarmoqlarini yaxshi holatda saqlash, joriy va avariya taʼmirini oʻtkazishdan iborat. Yillik joriy ishlarga (KANALni loyqa va oqiziq choʻkmalaridan tozalash, qisman buzilgan joylarni tuzatish ishlari va shahrikanal) suv isteʼmolchi xoʻjaliklar jalb qilinadi. Bunday hollarda sugʻorish boshqarmalari texnika nazoratini amalga oshiradi.

Download 149.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling