1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

32-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining
tarkibi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais o‘rinbosarlari —
fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq


maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish
yuritadi:
rayosat;
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati;
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati.
33-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining
vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi sifatida ko‘radi;
tumanlararo, tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi;
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
sudyalar va sud apparati xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi qonunga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
34-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining
rayosati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning
sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari
zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi va rayosat a’zolarining ko‘pchiligi
hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining qarorlari ovoz
berishda ishtirok etgan rayosat a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sudning
raisi tomonidan imzolanadi.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling