1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sud raisini, rais o‘rinbosarini lavozimga saylash va tayinlash tartibi


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

70-modda. Sud raisini, rais o‘rinbosarini lavozimga saylash va tayinlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi
o‘rinbosari, rais o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atining raisi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati tomonidan saylanadi.
Viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent shahar
ma’muriy sudi raisi, rais o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga
tayinlanadi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raisi, rais
o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti bilan kelishib olingan xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan
saylanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi raisi, rais o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud raisi, rais o‘rinbosari O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
71-modda. Sudyaning vakolatlari muddati va uni hisoblash tartibi
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va lavozimda
bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi.
Sudyaning vakolatlari muddati uning sudyalik lavozimida bo‘lgan umumiy stajidan kelib
chiqqan holda hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi yetmish
yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun — oltmish besh yoshni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi o‘zining
roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yilgacha, boshqa sudlar
sudyasining yoshi esa O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan xuddi shunday
besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling