1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

79-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
1) u sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;
2) u yozma ariza bergan taqdirda;
3) tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari
to‘xtatilganidan keyin u sudyalik lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettiravergan
taqdirda;
4) u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan
taqdirda;
5) u O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan yoki uni yo‘qotgan taqdirda;
6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
7) u vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
8) sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra u uzoq vaqt mobaynida sudyalik
vazifasini bajarishga qodir bo‘lmay qolgan taqdirda;
9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga
o‘tishga rozilik bermasa;
10) sudya tomonidan tegishli sudyalar malaka hay’atining qarori bilan sudyaga vakolatlarini
tugatish tarzidagi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishiga sabab bo‘lgan, ushbu Qonun 74-
moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar sodir etilganda.
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari,
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining va rais o‘rinbosarining vakolatlari — O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari,
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining, tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy sudlar
raisining va sudyasining vakolatlari — tegishli sudyalar malaka hay’ati xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi,
tumanlararo, tuman, shahar sudlari sudyasining vakolatlari — O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy kengashining xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi kiritgan
taqdimnomaga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan muddatidan
ilgari tugatiladi.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 
1

3

8
va 
10-bandlarida 
nazarda
tutilgan hollarda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yo‘l
qo‘yiladi.
Sudya tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat
qilishga haqli.
Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar
bo‘yicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 
1

3

9
va 
10-
bandlarida 
ko‘rsatib o‘tilgan asoslar mustasno.



Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling