1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyalarning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ularga beriladigan


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

85-modda. Sudyalarning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ularga beriladigan
kafolatlar
Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar
muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud
boshqa ish berilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
Sudyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga
saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish
(lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
86-modda. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning sudyalarga nisbatan amal qilishi
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik sudyalarga nisbatan ushbu Qonunda tartibga solinmagan
munosabatlarga oid qismida tatbiq etiladi.
87-modda. Sudyalarning pensiya ta’minoti
Sudyalarning pensiya ta’minoti qonunchilikda belgilanadi.
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
88-modda. Sud apparati
Sud apparati sudning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud
statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini
ta’minlaydi.
Sud apparati xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan
tartibda attestatsiyadan o‘tadi.
Sud apparati xodimlariga mansab darajalarini belgilash va berish tartibi ushbu Qonun bilan
tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
89-modda. Sudlarning tuzilishi va shtatlari
O‘zbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Sudlarning shtatlar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (bundan buyon


matnda Departament deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur bo‘lgan hollarda sudlarning shtatlar
jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling