Talaba F. I. Sh qoraxonov Mansur


Download 246.72 Kb.
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi246.72 Kb.
#1789078
  1   2   3   4
Bog'liq
Qoraxonov Mansur oraliq


15-variant





  1. TOPSHIRIQ


Talaba F.I.SH Qoraxonov Mansur
Guruh MMT 93-2




  1. Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish.

Nomoddiy aktivlar xo‘jalik yuritish faoliyatida uzoq vaqt (bir yo‘ldan ko‘p vaqt) mobaynida foydalanilgan moddiy ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mulk obyektlaridir.


Nomoddiy aktiv deb e‘tirof etish uchun mulk obyekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi.
- foydalanish evaziga iqtisodiy yoki boshqa turdagi samara, daromad (foyda) keltirishligi;
- xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lishi mumkin;
- moddiy ashyoviy asosga ega bo‘lmasligi;
- qiymatga ega bo‘lishligi va uni aniq o‘lchash mumkinligi.
Intellektual mulk obyektlari iqtisodiy obyekt sifatida o‘zining o‘rni va roliga egadir. Intellektual mulkni boshqa mulk obyektlaridan farqi shundaki, u inson salohiyatini hosilasini tashkil etadi. Intelektual mulk uning kelib chiqishi va tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib hamda mualliflik huquqi himoyalanishi jihatidan ikkita turga ajratiladi: sanoat mulki; asarlar.
Sanoat intellektual mulki tarkibiga tegishli hukumat muassasasi tomonidan berilgan patent bilan e‘tirof etilgan ixtirolar kiradi. Lekin barcha turdagi ixtirolar ham to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lavermaydi. Patent orqali himoyaga olingan ixtironing mualliflik guvohnomasi bilan himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent egasigina qo‘llash huquqiga egadir. Mualliflik guvohnomasi esa iqtidorni istisno sifatida faqat davlat tomonidan qo‘llanilishi mumkinligini e‘tirof etadi, muallifga esa mukofot to‘lovi huquqini beradi.

Nomoddiy aktivlarga investitsiyalar keskin raqobat muhitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida etishtirilgan tovar mahsulot va xizmatlarni ilgari surishni, ular aylanma muddatini qisqartirishni, iste‘molchilarga qisqa muddatlarda etkazilishini ta‘minlaydi, ko‘maklashadi. Nomoddiy aktivlar raqobatbardoshlikni yangi texnologiya, mahsulot patentlari, litsenziyalar va boshqa nomoddiy aktivlar turlarini xarid etish yo‘li bilan xo‘jalik yuritish subyekti faoliyatini yangilanib borishga, zamonaviylashtirishga va bozor talablariga javob bera oladigan tovar va xizmatlarni yaratilishiga zamin yaratiladi



  1. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi ijobiy omillarni aytib bering.



Mamlakatning investitsiya muhitini shakllantiradigan omillar majmuini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin. Har qanday davlatga investitsiyalarning kirib kelishi va rivojlanishi mazkur mamlakatdagi investitsiya muhitiga ta‘sir etuvchi omillarga bevosita bog‘liq bo‘ladi.


  1. Xorijiy investitsiyalar deganda nimani tushunasiz va ularni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati qanday?



Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt oʻtgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig oʻziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi.

  1. Real investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari.

Real investitsion loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri xisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish quyidagi manbalar xisobiga amalga oshirilmoqda.
1. Investorning o‘z moliyaviy resurslari va ichki xo‘jalik rezervlari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, maxsus zahira fondlari);
2. Investorning qarz mablag‘lari (bank krediti, byudjet krediti, obligatsiya bo‘yicha qarzlar);
3. Jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining pay va boshqa ko‘rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari);
4. Budjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va byudjetdan tashqari
fondlar mablag‘lari).
5. Chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi, qo‘shma korxonalar ko‘rinishida);
6. Lizing va seleng (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turi bo‘lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga yoki intellektual mulkdan foydalanish huquqini berish tushiniladi).

  1. Investitsiyaning obyekti va subyektlari.


Download 246.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling