1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari:
1) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki
ishlar vazirligi qo‘shinlari va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalar
harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida bo‘lgan davrda harbiy xizmatga majburlar
tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni;
2) harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining
qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini hamda
harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilar huquq va
erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;
3) alohida holatlar tufayli sudlar ish yuritmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat
ishlarini;
4) davlat sirlariga taalluqli ishlarni;
5) qonun bilan o‘z vakolatlariga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni
ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham ko‘rishi
mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 
1-bandida 
ko‘rsatilgan shaxslar harbiy yoki unga
tenglashtirilgan xizmatni o‘tash davrida sodir etgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar, agar ular ish sudda
ko‘rilish paytiga kelib xizmatdan bo‘shab ketgan bo‘lsa ham, harbiy sudlar tomonidan ko‘riladi.
Ushbu modda birinchi qismining 
1-bandida
ko‘rsatilgan shaxslar harbiy yoki unga
tenglashtirilgan xizmatga chaqirilgunga yoki kirgunga qadar sodir etgan jinoyatlar va ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi sudloviga:
generallar tarkibidagi mansabdor shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek
ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar;
sodir etilganligi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishi mumkin
bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar;
polkovnik, 1-darajadagi kapitan harbiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarning yoxud brigada
komandiri lavozimidagi shaxslar hamda xizmat mavqeyi bo‘yicha ularga teng shaxslarning
jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar
tegishlidir.



Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling