1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi: 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; 
ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish zarurligi haqidagi masalani hal etish 
uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan 
tartibda protest kiritadi; 
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda 
tutilgan tartibda to‘xtatib turadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning 
majlislarida raislik qiladi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi; 
ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati ko‘rib chiqishi uchun ularning 
vakolatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni kiritadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq 
emasligi aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi; 
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish 
to‘g‘risida, shuningdek sudlar tashabbusi bilan kiritilgan muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 
normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqida 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to‘g‘risida, sudlov hay’atlari 
tarkiblari haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’atining (bundan buyon matnda 
Sudyalar oliy malaka hay’ati deb yuritiladi) qarorlari, xulosalari ustidan O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashiga taqdimnomalar kiritadi; 
rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparatining xodimlari bilan mehnat shartnomalarini 
tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi; 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning 
tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi; 
buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi; 
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning 
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham 
amalga oshirishi mumkin. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling